Norasmiy guruhlar ixtiyoriylik asosida, muayyan maqsadlarga erishish uchun tashkil topgan kichik ijtimoiy guruhlar hisoblanadi. Ular rahbar buyrug’i yoki farmoyishi bilan emas, balki jamoa a’zolarining qiziqishlari, istaklari, manfaatlari, boshqa xususiyatlari asosida tarkib topadi
Rasmiy guruh turlari
- Rahbar guruhi korxona rahbari, uning bevosita o’rinbosarlari va yordamchilaridan iborat bo’ladi
- Funksiyali guruh funksiyali bo’linma (xizmat, bo’lim, sho’ba, guruh)rahbari va mutaxassislarini birlashtiradi. Bunday guruh umumiy boshqaruv funksiyasi, yaqin kasbiy maqsad va qiziqishlarga egadir
- Ishlab chiqarish guruhi boshqaruvni quyi bo’g’ini (brigada, uchastka)da muayyan mehnat faoliyati bilan band rahbar va ishchilardan iborat bo’ladi
- Qo’mita korxona ichidagi guruh hisoblanib, yuqori bo’g’in rahbariyati unga biror loyiha va topshiriqni bajarish uchun o’z vakolatini beradi. Ba’zan qo’mita kengash, hay’at, boshqaruv, loyiha guruhi deb ataladi. Boshqa rasmiy guruhlardan farqli ravishda, qo’mitada qarorlar birgalikda qabul qilinadi
Norasmiy guruhlarga birlashishning eng muhim belgilari:
- Mansublik. Insonning o’z qiziqishlari , istaklari, manfaatlari bo’yicha muayyan ijtimoiy guruhga birlashish- ehtiyojni belgilaydi
- Yordam. Rasmiy guruhda xodim rahbarning doimo band bo’lishi , hamkasblari tomonidan tanqidga uchrashi ehtimoli va boshqa sabablarga ko’ra o’zi muhtoj bo’lgan yordamni ololmaydi. Norasmiy guruhlarda esa bunday ehtiyoj hech bir muommosiz qondiriladi
- Himoya. Bu insonlarning guruhlarga birlashish uchun eng qadimiy ehtiyoji hisoblandi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida keskin raqobat, ishsiz qolish xavfi sababli xodimlar ijtimoiy himoyaga katta ehtiyoj sezadilar.
- Muloqot
- Yoqtirish
Norasmiy guruh samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar:
- Guruh miqdorlari
- Guruh tarkibi
- Vazifalarni taqsimlash
- Ruhiy muhit
- Jipslik
- Bir fikrlilik
- O’zgarishlarga qarshilik ko’rsatish
2. Jamoani tashkil etish
Jamoa – birgalikda mehnat qiladigan shaxslar guruhi bo’lib, unda kishilar bir – birlari bilan o’zaro munosabatda bo’ladilar, har bir xodim hamkasbiga murojaat qiladi, ayni vaqtda uning ta’sirini ham his etadi. Jamoalar kichik ( 3-5 kishidan iborat ayrinma bo’linma shaklida) va ko’p ming kishilik bo’lishi mumkin.
Jamoani tavsiflash uchun uning asosiy belgilovchi alomatlarini ajratib ko’rsatish mumkin :
Jamoada barcha a’zolar maqsadlarining mushtarakligi jamoadagi shaxslarni birlashtiradi. Agar bu holda gap korxona ishlab chiqarish jamoasi haqida ketsa, u holda maqsadlar tashqaridan belgilab beriladi. Bunda boshqaruv funksiyalaridan biri – maqsadni to’g’ri shakllantirish.
Rahbarlik – boshqaruv organisiz jamoa bo’lmaydi, kimdir rahbarlik vazifasini o’z zimmasiga olishi, odamlarni jipslashtirishi, ular o’rtasida topshiriqlarni taqsimlashi lozim bo’ladi. Busiz har qanday birgalikdagi faoliyatni oqilona tashkil etish mumkin emas
Intizom, ya’ni mazkur jamoa uchun qabul qilingan me’yorlarga omgli ravishda rioya qilish. Odatda, bu me’yorlar faqat mazkur guruhning, jamoaning o’ziga taaluqli bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |