«Tabel hisobi» moduli
yordamida maxsus ajratilgan xodim
yoki ish haqi bo‘yicha mutaxassis tomonidan ish vaqtining har
kungi hisobi olib boriladi yoki muayyan davr uchun tabel (ishda
bo‘lmaslik–ta’tillar, kasallik, xizmat safarlari va hokazolar)
shakllantiriladi. Bu tabel bo‘limlar bo‘yicha ham, umuman,
korxona (tashkilot) bo‘yicha ham shakllantirilishi mumkin.
Oy davomida ishlangan vaqt har bir xodim bo‘yicha hamda
ishlangan vaqtning har bir turi bo‘yicha jamlanib, ish haqini
hisoblab chiqishda qo‘llash uchun «Ish haqi hisobi» moduliga
uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |