Ko`nikma – insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati.
Ko`nikma – bu shunday aqliy va jismoniy harakatlar, usullar va yo`l – yo`riqlardan iborat bo`lib, ular yordamida rejalashtirilgan maqsadga erishiladi yoki muayyan bir faoliyat amalga oshiriladi.
Ba’zan ko`nikmalar shaxsga malaka hosil qiladi va uning malakali ishlashiga yordam beradi, ba’zilari, aksincha, shaxsdagi malakalik sifatiga salbiy ta’sir etadi va uni o`zgartiradi. Bunday hol malaka va ko`nikmalarning o`zaro ta’siri deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |