Mavzu: “Pedagogika” fanining metodologik asoslari Reja



Download 28,72 Kb.
bet1/2
Sana17.01.2022
Hajmi28,72 Kb.
#382032
  1   2
Bog'liq
“Pedagogika” fanining metodologik asoslari


Mavzu: “Pedagogika” fanining metodologik asoslari

Reja:
Kirish

1. Jamiyat va olam rivojida pedagogikaning moxiyati.

2. Jamiyat va olamning garmonik muvozanatida inson omili.

3. Pedagogikaning ob’ekti va predmetining takomillashganligi.

4. Pedagogikaning maqsad, vazifalari va asosiy tushunchalari (kategoriyalari).

5. Milliy goya va milliy mafkurani shakllantirishda pedagogikaning tutgan o‘rni

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

XXI asr bo‘sagasida ijtimoiy iktisodiy munosabatlar rivojida inson akl-zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiklashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo‘lmokda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iktisodiyoti asosidagi huquqiy, demokratik davlat erkin fukarolik jamiyati kurilishining bosh tamoyili sifatida kabul kilinmokda.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘grisida»gi konunida (1997 y.) ta’lim davlatimiz ijtimoiy tarakkiyoti soxasida ustuvor deb e’lon kilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli ulugvor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni kayta tiklanishi ularni zamon ruxi talabi bilan uygunlashtirib fakat shaxsiy, milliy manfaat kasb etilib kolmasdan umumjaxon ma’naviy, ijtimoiy-iktisodiy tarakkiyotga ulkan hissa bo‘lib ko‘shilmokda. Chunki jaxonda xali xorijiy davlatchilik bozor iktisodiyotiga o‘tish tajribalarida ma’naviyat ijtimoiy-iktisodiy tarakkiyot bilan uygun xolda rivojlantirilmayapti. Prezidentimiz ma’naviyatni akl, axlok, ongli amaliy faoliyatda shakllanib rivojlanishi haqida gapirib:“Ma’naviyat - takdirning exsoni emas. Ma’naviyat inson kalbida kamol topishi uchun u kalban va vijdonan akl va ko‘l bilan mexnat kilishi kerak”, degan edilar. Ma’naviyat insonda shakllanishi lozim bo‘lgan akliy, axlokiy, intellektual, amaliy, jismoniy sifatlar majmuasi bo‘lishi bilan bir katorda olamning ruxiy energetik, botiniy kuvvati bilan ham uygundir. Buni Prezidentimiz o‘zlarining “O‘zbekiston - XXI asrga intilmokda” nomli ma’ruzalarida kuyidagicha juda yakkol asoslab berdilar:”Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo insonni ruxiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tikodini mustaxkamlaydigan, vijdonini uygotadigan kudratli botiniy kuchni tasavvur kilaman”. Xuddi ana shu yangi, keng kamrovli, chukur ilmiy goya, yangicha fikr, ta’lim-tarbiyani yangicha metodologik asosini boshlab beruvchi yo‘nalishdir.

Har bir mustakil fan o‘zining predmeti (mavzusi) va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, Pedagogika ham fan sifatida shakllanib, o‘zining predmetiga ega bo‘ldi. Boshka fanlar kabi Pedagogika ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo‘ldi.



Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy xayotning ajralmas kismi, deb karash lozim, chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur kilish kiyin.

Mutafakkir A.Avloniy ta’kidlaganidek, “Tarbiya biz uchun yo xayot, yo mamot: yo najot, yo xalokat: yo saodat, yo falokat masalasidir”. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud bo‘lgan.



Insonni dunyoga kelishi, fakat tugilishidan iborat tabiiy-biologik xodisa emas, balki tugilgandan keyin o‘z zamonasining tarakkiyoti darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod o‘zining yashash, kurash va mexnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, ya’ni yangi tugilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga yetishi jarayoniga raxbarlik kilingan, boshkarilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy xodisa orkali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkamol shaxslarni yetishtirish ehtiyoji ham ortib borgan hamda o‘zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat kilgan. Insoniyat jamiyatning turli boskichlarida ta’lim-tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarni o‘kitish va tarbiyalash soxasidagi tajribalarni nazariy jixatdan anglash, umumlashtirish va xayotga tadbik kilish jarayonida

Pedagogika fani paydo bo‘la boshladi. Pedagogika ta’lim-tarbiyaning maksadi va vazifalari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman uning konuniyatlari haqida bilim, ma’lumot beradigan fanga aylandi.

Pedagogika atamasi ham kadimiy bo‘lib, “bola yetaklovchi” degan ma’noni bildiruvchi grekcha “paydogogos” so‘zidan kelib chikkan. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, kadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr kildirgan, ehtiyot kilgan tarbiyachini, ya’ni kullarni “pedagog” (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o‘kitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb kilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.

Inson yaratilishi, paydo bo‘lishi zaxotiyok ilm va tarbiyaviy sifatlar uning yashashi, xayot kechirishi uchun eng zaruriy shart va vositalar ekanligini anglab boradi. Shuning uchun insoniyat jamiyatning ilk ko‘rinishlaridanok tarbiya bilan shugullanuvchi mutaxassislarga ehtiyoj tugildi, desak biz tarbiyani fakat bir tomonini, ya’ni boshkalarni yana ham xususiylashtirib, agar yoshlarni tarbiyalash, desak tarbiya tushunchasiga juda ham tor karalgan bo‘ladi. Chunki tarbiya eng avvalo har bir insonni o‘ziga karatilgandir. Har bir kishi doimo ham akliy, tarbiyaviy, jismonan takomillashib, shakllanib boradi. Ayrim kishilar bu fikrga ko‘shilmasliklari mumkin. Chunki bunda jamiyatdagi o‘rta, katta avlodning tarbiyasida kamchiliklar, yetishmovchiliklar bor ekan-da, degan xulosa chikarmasligi kerak.

Chunki olamning moddiy-ma’naviy tuzilishi, kurilishi, uning rivoji, insonning moddiy - ma’naviy yashash sharoiti, imkoniyatlari, uning akliy, axlokiy, jismoniy xolati bilan uzviy boglik. Shuning uchun tabiatning inson yashashi, mavjudligi, baxtiyorligini ta’minlash imkoniyatlari, uning akliy-axlokiy, jismoniy rivoji, o‘sishiga to‘gridan-to‘gri boglikdir.

Tabiatdagi, jamiyatdgi muammolar insoniyatni ma’naviy-akliy rivojlanishiga yo‘naltirib unga o‘zining yangi-yangi xazinalarini ochib beraveradi.

Tarbiyani eng avvalo insonning o‘ziga karatilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chikilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan, kadamba-kadam amalga oshirilayotgan “o‘zbek modeli”da juda to‘gri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni dikkat-e’tibori uni o‘zligini anglashga karatildi. O‘zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug siymoligini anglash va o‘zida unga amal kilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan uning o‘ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal kilishdan iboratdir. Yukorida sanab o‘tilgan ikki sifat komil inson sifatning asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini tarbiya soxasidagi ilmlarni xulosalab, mujassamlashtirilsa, ular asosan uchta:

1. Ezgu niyat, fikr:

2. Ezgu so‘z, xushmuomala:

3. Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.

Shu yukoridagi uch sifat o‘kitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maksadidan iboratdir. Bu bosh maksad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy, axlokiy-amaliy o‘kuv, malaka, ko‘nikmalar bilan kurollantira borish, mutaxassislarda har bir soxaga mos ilm, bilim, ko‘nikmalar hosil kilishdan iborat bo‘lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko‘rsatadi.




Pedagogika fanining predmeti, o‘kitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy konuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni kurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun uning metodologik asoslari maksad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uygunligi konuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chikadi.

O‘zbekiston Respublikasining ta’lim konunida -ta’lim davlat ijtimoiy tarakkiyotida ustuvor deb belgilab ko‘yilgan (Ta’lim konuni, 1997 y, 3-modda, 1-jumla).



Ta’limning, o‘kitishning vazifasi fukarolar, yoshlarning eng asosiy Konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining akliy-amaliy imkoniyatlarini ro‘yobga chikarish, ijodiy kobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jixatdan rivojini ta’minlash, o‘zi xoxlagan kasbini tanlash, uni mukammal egallab, shu soxada baxtiyor faoliyat ko‘rsatish uchun moddiy-ma’naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir bo‘gini, turi va boskichlarining o‘ziga xos vazifalari kelib chikadi.

Insonshunoslik fanlari tizimida pedagogikaning tutgan o‘rni shu bilan belgilanadiki, u shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarbiyalash, ma’lumotli kilish va o‘kitishi (ta’lim berishi) konuniyatlari borasida tadkikot ishlarini olib boradi. Shu sababli, rivojlantirish, shakllantirish, ta’lim va tarbiya, ma’lumot pedagogikaning asosiy kategoriyalari yoki tushunchalari deb ataladi.

Shaxs turli omillar ta’sirida shakllanadi. Tarbiya esa shaxsni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi omillardan biridir. Katta yoshlilar turli vositalar va usullar orkali ma’lum maksadni ko‘zlagan xolda o‘z tarbiyalanuvchilarida ma’lum hislatlarni hosil kilish va rivojlantirishni xoxlaydilar. Shunday kilib, tarbiya shaxsni muayyan yo‘nalishda shakllantirish, kamol toptirish maksadida turli odamlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatdir.

Bu jarayonda shaxsning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar, omillar hamda tarbiyalanuvchilarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tarbiya jarayonida mikromuxitning ijobiy ta’siridan to‘la foydalaniladi va salbiy ta’sirini zaiflashtirishga harakat kilinadi. Tarbiya bir joyda tarbiyalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatadigan barcha zvenolar birlashib, axillik bilan ishlashga erishiladi va har bir shaxs o‘z-o‘zini tarbiyalash kobiliyatiga ertarok ega bo‘ladi. Tarbiya aksariyat xolatlarda keng ma’noda ishlatilib ta’lim, ma’lumot rivojlanish jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Ularning natijalarini o‘zida aks ettiradi.

Asosiy pedagogik tushunchalardan yana biri ta’lim, ya’ni o‘kitish, bilim berish tushunchasidir. Ta’lim deganda, biz va insoniyatni ilmiy bilimlar xayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar bilan kurollantirish kobiliyatlarini o‘stirish, tafakkurlarini shakllantirish jarayonini tushunamiz. Ta’lim o‘z darajasi va vazifasiga karab maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi va oliy ta’limi, oliy o‘kuv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash, maktabdan tashkari ta’limdan iborat bo‘lib, ular uzluksiz ta’lim tizimini tashkil kiladi. Kelajakdagi ixtisosligidan kat’iy nazar, har bir kishi uchun bilim ko‘nikma va malakalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarda beradi. Kasb egallash uchun zarur bilim ko‘nikma va malakalarni oliy va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limiga karashli o‘kuv yurtlarida oladilar. Ta’lim maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar raxbarligida amalga oshiriladigan bilim berish jarayonidir.
Ta’lim pedagoglarning (bilim berish) faoliyatidan va o‘kuvchi-talabalarning (bilim olish, o‘kish) faoliyatlaridan iborat ko‘shalok jarayondir.

Birgalikdagi faoliyat orkali yoshlar ilmiy bilimlar bilan kurollanadi. Buning natijasida ularni ijodiy kobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma’lumot ta’lim-tarbiya jarayonining natijasi orkali to‘plangan bilim, ko‘nikma va malakalar yigindisi va shakllangan ma’naviy fazilatlar majmuidir.

Ma’lumot olishning to‘gri va ishonchli yo‘li davlat ta’lim standartlari bo‘yicha bilim beradigan, anik maksadli rejalar, dasturlar asosida o‘kuv yurtlarida tashkil kilinadigan ta’lim-tarbiya jarayonidir.

Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, shakllanish uygunlashgan yagona jarayondir. Unda o‘kituvchi-tarbiyachi raxbarlik kiladi. Pedagogika uzok tarixiy jarayonda shakllanar ekan, xozirga kelib ilmiy bilimlarni mustakil bir tarmogi sifatida, fan sifatida shakllandi. O‘zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Natijada pedagogika fanlari tizimi, ya’ni uning tarmoklari vujudga keldi. Yakin vaktgacha falsafaning bir tarmogi hisoblangan pedagogikaning mustakil yangi yo‘nalishlari yaratildi. Jumladan, Pedagogika tarixi mustakil tarmok sifatida, Pedagogika fanining tarixan rivojlanishi o‘zida aks ettiriladi. Bunda o‘tmishdagi ilgor pedagogik goyalarni paydo bo‘lishi, rivojlanishi, ularning bugungi kundagi ahamiyati, merosdan foydalanishning zaruriyati haqida fikr yuritiladi.

Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshlariga karatilgan tarmok pedagogikalar mavjud. Jumladan: maktabgacha ta’lim pedagogikasi, umumiy ta’lim pedagogikasi, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta’lim pedagogikasi, ishlab chikarish pedagogikasi, pedagogik menejment, davolash pedagogikasi, gerontopedagogika, harbiy pedagogika, yangi pedagogik texnologiyalar kabilardir. Bu tarmok pedagogikalar maktabgacha ta’lim muassasalarida umumiy va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi, oliy o‘kuv yurtlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining konuniyatlarini o‘rganadi.

Bulardan tashkari difektologiya deb ataluvchi maxsus pedagogika ham shakllandi va maxsus o‘kuv maskanlarida o‘kituvchi, tarbiyachilar tayyorlashda surdopedagogika (sokov bolalarni o‘kitish va tarbiyalashda), tiflopedagogika(ko‘zi ojiz bolalarni o‘kitish), oligofrenapedagogika (akliy rivojlanishdan orkada kolgan bolalarni tarbiyalash va o‘kitish) logopediya (nutki yaxshi rivojlanmagan bolalarni o‘kitish) masalalari bilan shugullanadi. Pedagogika fanlari tizimining muxim tarmogi sifatida anik fanlarni o‘kitish va o‘rganishning konuniyatlari o‘rganuvchi uslubiyot fanining ham xizmatlari bekiyos kattadir. Har bir fanni o‘kitishnig o‘ziga xos yo‘l-usullari mavjuddir. Ba’zan bu fanni xususiy metodika, ya’ni uslub deb atashlari ham bejiz emas. Xozirgi kunda o‘kuv yurtlarida tarix o‘kitish, matematika o‘kitish, til o‘kitish uslubiyoti fani o‘kitilmokda.

Keyingi yillarda, oila pedagogikasi, kasb-xunar ta’lim pedagogikasi, harbiy pedagogika, sport pedagogikasi kabilar shakllanmokda. Pedagogika mustakil fan sifatida shakllanadi va shakllanmokda. Ammo shaxs kamoloti bilan boglik muammolarni xal etishda boshka fanlar bilan hamkorlik kiladi. Pedagogika umumiy psixologiya, yoshlar psixologiyasi bilan uzviy boglangan. Psixologiya shaxsning turli yoshdagi psixik rivojlanish konuniyatlarini, ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixikasining o‘zgarish mexanizmini tushuntiradi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiya jarayonida pedagog tarbiyalanuvchilarning psixik rivojlanishini, shaxsiy sifatlarini o‘rganish lozim. Shundagina samarali ta’sir ko‘rsata oladi.
Pedagogika inson dunyokarashining shakllanishi, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabati hamda bilish faoliyati muammolarini o‘rganuvchi falsafa bilan hamkorlik kiladi. Ayniksa, axlokiy tarbiya bilan etikaning estetik tarbiya bilan estetikaning o‘zaro alokalari hammamizga ma’lumdir.

Keyingi yillarda pedagogika sotsiologiya, siyosatshunoslik fanlari bilan alokalari rivojlanmokda. Insonning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy muxitning shaxs rivojlanishi va tarbiyasiga ta’sirini o‘rgatishda pedagogika bu fanlar bilan hamkorlik kilmokda.

Pedagogika tarix, etnografiya, folklor (xalk ogzaki ijodi) kabi fanlarning yutuklaridan samarali foydalanmokda. Bugungi kundagi pedagogik jarayonning moxiyatini chukurrok anglash uchun uning o‘tmishdagi shakllanish tarixini yakkol tasavvur kilmok darkor. Bunday sharoitda tarixiy merosga, folklor manbalarga murojaat kilinadi. Shaxsning jismonan yetukligi, barkamolligining ajralmas kismidir. Pedagogikada jismoniy tarbiya to‘grisida fikr yuritilar ekan, yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi to‘grisidagi bilimlardan foydalanish lozim bo‘ladi.

O‘zbekiston mustakillikka erishgandan so‘ng o‘z tarixini, jumladan pedagogika tarixini o‘rganish uchun keng yo‘l ochdi. O‘tmishdagi pedagogik tafakkur daxolarining shuxratini tiklash, ularning goyalarini xayotga tadbik etishdek ulug ishlar amalga oshirilmokda. Darhaqikat, ota-bobolarimiz yosh avlodni komil inson kilib tarbiyalashga aloxida e’tibor berganlar. Islomiy tarbiyaning ma’naviy, ma’rifiy ahamiyatiga katta e’tibor berganlar. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Islom dini - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axlok, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik, Ollox kalbimizda, yuragimizda”.

Tarbiya tarixini o‘rganar ekanmiz, u juda kadimiy jarayon ekanligini insoniyat butun xayoti davomida tarbiya bilan shugullanganligiga ishonch hosil kilamiz. Bu jarayonda ajdodlarimiz tarbiyaviy ta’sirining samarali yo‘l usullari va manbalarini kidirib xayotga tadbik kila boshlaganlar, buning natijasida tarbiya haqidagi goyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo‘la boshlagan. Bu pedagogika fanining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Jaxon mutafakkirlari o‘zlarining pedagogik goyalari bilan fanning rivojlanishiga hissa ko‘shdilar. Bu jarayonda o‘zbek mutafakkirlarining jaxon pedagogikasi tarixiga ko‘shgan hissalari cheksizdir. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, tarbiya haqidagi goyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik goyalarning shakllanishida zardushtiylik ta’limoti uning mukaddas kitobi “Avesto”da kimmatli fikrlar talkin etilgan. Kishilik tarixida islom ta’limotining tarbiya haqidagi goyalarining shakllanishida ahamiyati cheksizdir. Kur’oni Karim va xadisi Shariflarda, musulmon axlining dunyokarashi falsafasi, ma’naviyati, axloki, e’tikodi, har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish yo‘llari bayon kilingan.

Pedagogika tarixiga nazar tashlar ekanmiz, tarbiya haqidagi goyalarning shakllanishida, Imom Buxoriy, Iso at- Termiziy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Yassaviy, Nakshbandiy, Navoiy, Bexbudiy, Avloniy va boshka kardosh xalklar farzandlarining xizmatlari kattadir.



Mamlakatimizning yakin o‘tmishidagi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, rus va sovet imperiyasi ta’sirida o‘zbek xalki o‘z tarixi, milliy urf-odatlari, an’ana, umuminsoniy kadriyatlarni bilish va o‘rganish uchun kurashgan Fitrat, Munavvar Kori, Elbek, Kodiriy katl kilindi. Kolgan vatanparvar allomalarimiz kamaldi. Ammo katagonlik davrida ham pedagogik merosni o‘rganish to‘xtamadi. Navoiy, Beruniy, Avloniy kabilarning ijodi o‘rganildi, o‘zbek xalk pedagogikasi yaratildi.
O‘zbekiston mustakil bo‘lgandan so‘ng mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimida ham katta o‘zgarish va isloxotlar boshlandi. 1992 yilda “Ta’lim to‘grisida”gi Konun kabul kilindi. Bu konunda oldingilardan farqli ravishda xalk ta’limining yangi koidalari, ya’ni prinsiplari e’lon kilinib, xayotga tadbik etila boshladi. Ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni, shakl va usullari bu soxada erishilgan ilgor tajribalar asosida ishlab chikildi. Bunda ta’limning jaxon standarti darajasida bo‘lish nazarda tutiladi.

O‘zbek tiliga davlat tili makomi berilishi bilan ona tilini chukur o‘rganishga aloxida e’tibor berilmokda. Bundan tashkari mustakillik yillarida lotin grafikasidagi yozuvga boskichma-boskich o‘tilmokda. Ayniksa, ta’limni islox kilish jarayonida test, Reyting usullarini ko‘llanishi iktidorli talabalarni aniklash va o‘kitishda muxim rol o‘ynamokda. Mustakillik yillaridagi muxim vokealardan biri, ya’ni 1997 yil Oliy Majlisning IX sessiyasida “Ta’lim to‘grisida”gi Konun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni kabul kilinishi bo‘ldi. Bu asosida ta’lim tizimi boskichma-boskich islox kilinadi. Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Xayotimizni xal kiluvchi muxim masalalar katorida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabiga ko‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga daxldor konun loyixalari ham bor”, - degan edilar.

Bu muxim hujjatlar asosida ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmokda. Bu jarayonda, davlat ta’lim standartlari ishlab chikildi. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. O‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi uzluksiz ta’limni bir turi sifatida yangi ta’lim yo‘nalishlarini, ya’ni akademik litsey, kasb-xunar kollejlari barpo kilindi. Oliy ta’lim ham ikki boskichli, ya’ni bakalavriat va magistraturada iborat kayta tuzildi.

Bu o‘zgarishlar pedagogik ta’limning ham nazariy, ham amaliy muammolarini ilmiy asosda kayta ishlab chikishni, pedagogikaga doir zamonaviy ilmiy ishlar, darsliklar, ko‘llanmalar yaratishni takozo kiladi.

Prezidentimiz aytganlaridek: “Fukarolar endi ijtimoiy-iktisodiy jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir”. Bunday yangicha yondoshishlar pedagogika fanining ob’ekti va predmetini kengaytirdi. Endi pedagogika fanining ob’ekti fakat ta’lim-tarbiya jarayonining nazariy, metodologik amaliy ta’minlovchi fan emas, balki komil inson shakllanishi, rivojlanishini ta’minlovchi keng soxalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi milliy ta’lim modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob’ekti va sub’ekti sifatida karaladi. Ma’lumki, pedagogika fani tarbiya va ta’limning inson rivoji, shaxs kamoli va mutaxassis shakllanishida ta’lim tizimini o‘z ichiga olmaydigan etnik, antropologik, genetik, tarixiylik, mustakillik, tabiiy-ekologik, instinktiv, ruxiy-hissiy bilish, rivojlanish, komillik omillariga ham suyanadi. Bundan tashkari pedagogika fani oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng kamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalari ko‘yildi.


Xulosa
Endi pedagogika ta’lim va tarbiyada xayot jarayonining hamma soxalarini, jabxalarini kamrab olmasa ham, u o‘zining komil inson tarbiyasida juda katta asosiy imkoniyatlariga ega bo‘lgan asosiy ijtimoiy fan mavkeini egallay olmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham yangi ta’lim konunida va mutaxassislar tayyorlash milliy dasturida ta’lim ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishi kilib belgilandi. Pedagogika fanining metodologiyasida, mazmunida, tarbiya nazariyasida, ta’limning tashkiliy shakllarida, komillik darajasi, sifatlarini aniklashda katta isloxiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar yangi pedagogik texnologiyalarda o‘z aksini topishi lozim.

«Milliy mafkuramiz xalkni xalk, millatni millat kilishga xizmat kilsin» nomli «Tafakkur» jurnalining (№2, 1998) bosh muharriri bilan bo‘lgan mulokotlarida insonni ma’naviy-amaliy shakllanishida xayotiy jarayonning hamma jabxalari moxiyatli ekanligini asoslab berdilar. Prezidentimiz I.Karimov “Fidokor” gazetasi muxbirining savollarida “Donishmand xalkimizning mustaxkam irodasiga ishonaman” nomli javoblarida (2000, iyun) milliy mafkura kishilarda doimiy uzluksiz shakllanib boradigan jarayon ekanligi haqida “Xalk, millat o‘z milliy mafkurasini butun umri davomida takomillashtirib, boyitib boradi. Chunki mafkura kotib kolgan akidalar yigindisi emas. Bu uzluksiz jarayon bo‘lib, xayot davom etar ekan, uning shiddat sur’ati tufayli mafkuraning oldiga ko‘yiladigan yangi-yangi talablar ham paydo bo‘laveradi”, degan edilar.

Pedagogika fanida bu ulugvor vazifa har bir o‘kuv fanini o‘kitishda “milliy ta’lim modeli”dan kelib chikib, har bir mavzu, tushunchalarning ta’limiy, tarbiyaviy rivojlantiruvchi funksiyalarini olishning metodologik, tarbiya nazariyasi va amaliyoti, ta’lim nazariyasi va amaliyoti, ta’lim tizimini boshkarish, pedagogika tarixiga doir bo‘limlarida asoslab beriladi.



Download 28,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish