Mavzu: Pedagogik faoliyatda o’zini-o’zi rivojlantirish va uzluksiz



Download 255,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.05.2022
Hajmi255,63 Kb.
#601799
  1   2   3   4
Bog'liq
O’zini-o’zi rivojlantirish va uzluksiz



3.1.1-qism. O’zini-o’zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish
masalalari
moduli 
Mavzu: Pedagogik faoliyatda o’zini-o’zi rivojlantirish va uzluksiz 
kasbiy rivojlanish yo’llari, usul va vositalari (2 soat ma’ruza)
Reja: 
1. Kasbiy ehtiyojlarni amalga oshirish va mahoratni rivojlantirishda “hayot 
davomida ta`lim olish”(lifelong learning) tamoyilining ahamiyati
2. Pedagog imiji va muloqot madaniyati (Self-menejment)
3. Kasbiy rivojlanishga oid manbalar va ulardan foydalangan holda kasbiy 
malakasini oshirish
4.Pedagogik faoliyatda o’qituvchining o’z-o’zini rivojlantirish yo’llari
Tayanch tushunchalar:
kasbiy ehtiyoj, o’z-o’zini rivojlantirish, kasbiy 
rivojlanish, “hayot davomida ta`lim olish”(lifelong learning), pedagog imiji (Self-
menejment) 
So’nggi yillarda mamlakatimiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan 
islohotlarda maktab ta`limini yanada rivojlantirish, o’qituvchilarning nufuzi va 
ijtimoiy mavqeini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Prezidentimizning 2020 yil 6 noyabrda qabul qilingan 
“O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta`lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni hamda 2021 yil 25 yanvardagi
“Xalq ta`limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab quvvatlash va uzluksiz 
kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 
PQ-4963
-
son qarorida xalq ta`limi tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish va ilmiy 
jihatdan qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Mazkur hujjatlarda xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish bilan bog’liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratilib, sohadagi rahbar va 
pedagog-xodimlarni “hayot davomida o’qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka 
oshirish 
tizimiga 
transformatsiya 
qilish 
vazifasi 
qo’yildi. 


Amaldagi tartibga ko’ra, pedagog-kadrlar har 5 yilda kamida 1 marta, rahbar va 
mutaxassis xodimlar esa har 3 yilda kamida 1 marta malaka oshirishlari lozim. 
O’qituvchining 5 yilda 1 oy, ya’ni 144 soatlik o’quv dasturi asosida malaka 
oshirishi va qolgan 4 yilu 11 oy hech qanday o’quvga jalb qilinmasligi ularning o’z 
ustida 
ishlamasligi, 
katta 
hajmdagi 
ta`limiy 
axborotlardan 
bahramand 
bo’lmasligiga olib kelmoqda.
Pedagog-kadrlarning 5 yilda 1 marta malaka oshirishi hozir faqat ayrim 
MDH 
mamlakatlarida 
saqlanib 
qolgan. 
Dunyodagi 
ta`lim 
rivojlangan 
mamlakatlarda o’qituvchilarning har yili uzluksiz malaka oshirishi yo’lga 
qo’yilgan. Masalan, Koreya Respublikasida o’qituvchi har yili kamida 108 soat, 
Singapur va Yaponiyada har yili 100 soatdan ortiq, Gollandiyada 166 soat malaka 
oshirishi belgilangan. 
Shu bois, soha xodimlarini davriy emas, balki doimiy ravishda o’qitib 
borish, malaka oshirish tinglovchilarining kasbiy ehtiyojidan kelib chiqib tashkil 
dolzarb masalaga aylanib qoldi. 
Har qanday ta`lim jarayoni samarali bo’lishi uchun u ta`lim oladigan 
shaxsning qiziqish va ehtiyojlariga mos bo’lishi lozim. Bu barcha yoshdagi ta`lim 
oluvchilarga xos bo’lib, ayniqsa, katta yoshdagilar uchun muhim ahamiyat kasb 
etadi. Pedagog-xodim malaka oshirish kursiga, odatda, yangilik olish, o’qitishning 
yangi metod va texnologiyalarini o’zlashtirish, kasbiy ehtiyojlarini qondirish 
maqsadida boradi. Biroq kasbiy ehtiyoj har bir pedagogda turlicha bo’ladi. Bu — 
tabiiy hol. Bitta auditoriyaga jamlangan 25 nafar pedagog-kadrga o’tiladigan 
mavzu kim uchundir qiziqarli bo’lishi, kimningdir ehtiyojiga mos kelishi, 
qolganlarga esa umuman hech narsa bermasligi mumkin. Pirovardida o’tilgan dars 
yoxud malaka oshirish kursi tinglovchilarni bir xil darajada qoniqtira olmaydi. 
Buning uchun xalq ta`limi xodimlarining malaka oshirishga doir ehtiyojlarini 
o’rganish, ularning har biri uchun individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini 
tuzish va malaka oshirish o’quvlarini ana shu asosda tashkil etish lozim. 
Ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish tizimini joriy etish uchun xalq ta`limi 
xodimlarining malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi va 


individual kasbiy rivojlanish troyektoriyasidan kelib chiqib, tabaqalashgan malaka 
oshirish dasturlari ishlab chiqiladi. An`anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda, 
kasbiy o’qitishning uyg’unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, 
masofaviy va boshqa muqobil shakllari joriy etilib, xalq ta`limi xodimlariniing 
individual traektoriyalari, kasbiy rivojlanish natijalari va o’zlashtirgan o’quv 
dasturlari to’g’risidagi ma’lumotlar ularning elektron portfoliosiga kiritiladi.
Kasbiy ehtiyojlarni amalga oshirish va kasbiy mahoratni rivojlantirishda 
uzluksiz malaka oshirishning elektron ta`lim (e-learing), individual ta`lim 
traektoriyasi (personal learning space) va muhiti (personal learning envirenment), 
hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasining tatbiq etilishi muhim 
hisoblanadi.
Uzluksiz kasbiy rivojlanishning elektron ta`lim (e-learing) tizimi 
quyidagilarni o’z ichiga oladi. 


Download 255,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish