O`quv rejasi. O`quv rejasi o’quv jarayoni grafigi, o’quv predmetlarining hajmi va ro’yxati, ularning o’quv davri bo’yicha taqsimoti, mazmuni va o’tish tartibi berilgan davlat hujjatidir.
O`quv dasturi. Har bir o’quv fanini o’qitish uchun ajratilgan bilimlar hajmi, tizimi va g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir. O`quv dasturi o`quv rejasi asosida ishlab chiqiladi.
O`quv dasturida o`quv yili davomida alohida fanlar bo`yicha o`quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi o`quv fanlarining mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma`lum mavzular orqali ko`rsatiladi.
Ma`lum mavzu yuzasidan o`quvchi o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar qisqacha ifodalab beriladi.
O`quv dasturi quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan holda tuziladi.
1. Dasturning qat`iyligi. O`quv dasturlari jamiyatimiz taraqqiyotining har bir bosqichida fan, texnika, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy munosabatlar sohasida erishilgan darajani aks ettirishi lozim. Bu, ular har yili ko`rib chiqilishi kerak, degan gap emas, aksincha, hamma o`quv fanlariga oid dasturlarning bir necha yillar mobaynida qat`iy bo`lishiga erishmoq darkor. Dasturning qat`iyligi qat`iy darsliklar ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga egaki, bu darsliklar uzoq yashashi va o`quv jarayonida uzoq foydalanishi kerak.
2. O`quv dasturida ilmiylik qoidasi.
Dasturga borliqni aniq, haqqoniy aks ettirgan, ilmiy jihatdan tekshirilgan ishonchli materiallar kiritiladi.
Ilmiy bilimlarning tobora rivojlanib borishi va uni ishlab chiqarishda tadbiq etilishiga doir ma`lumotlar maktab o`quv fanlariga ham o`zgarishlar kiritishga olib kelganidek, o`quv dasturidagi ayrim eskirgan masalalar o`quv fanlaridan chiqarib tashlanadi,
O`quv materiallari mazmunini to`g’ri tanlash, fan materiallarini tanlashda unda isbotlar, misollar, mantiqiy umumlashma va xulosalarning to`g’ri uyg’unlashuviga alohida e`tibor beriladi. Aniq misollar bo`lmasa o`rganilayotgan hodisalarni nazariy jihatdan tushunish mumkin emas.
Nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi. O`quv dasturida nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi, birinchi
navbatda, eng avvalo, ilmiy bilimlarning turmushda, ishlab
chiqarish amaliyotida tutgan o`rni ko`rsatib beriladi. Ilmiy
bilim ko`nikma va malakalarnint o`zaro mustahkam bog’liq bo`lishi hamda ta`lim jarayonidagi nazariy ma`lumotlarning amalda qo`llanib borish jarayonida o`z aksini topadi.
5. O`quv dasturlarida tarixiylik qoidasi. O`quv dasturlari tarixiylik qoidasiga asoslangan holda tuziladi. Bunda o`quv fanlarining xarakteri nazarda tutiladi. Masalan, tarix fanini o`qitishda tarixiy voqealar izchillik va xronologik tarzda bayon etilsa, matematika, informatika, fizika va boshqa qator fanlarni o`qitishda fan olamidagi ma`lum bir ilmiy hodisa, qoida va qonunlarning paydo bo`lishi, uning kelajak istiqboliga oid ma`lumotlar berib o`tiladi.
6. Dastur ikki usul bilan: ketma-ket (muntazam) va kontsentrik (markazlashgan) tarzda joylashtirilishi mumkin. Ketma-ket joylashtirilganda o`quv materialining har bir keyingi qismi avvalgi qismining davomi bo`ladi, har bir qismdagi materialning mazmuni uning mazkur sinf o`quvchilariga tushunarli bo`lishini hisobga olgan holda to`la yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |