Mavzu. «Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Ta`limda nazariya bilan amaliyotning uzviyligi tamoyili



Download 181,25 Kb.
bet20/47
Sana08.04.2022
Hajmi181,25 Kb.
#536508
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
ПУМ 2021 лекция

Ta`limda nazariya bilan amaliyotning uzviyligi tamoyili
Didaktikada ta`limni turmush bilan, ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’lab olib borish eng asosiy va etakchi qoidadir. Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo`lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog’langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o`zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo`llay bilish ham kerak.
Bu qoida ta`limning ilmiy qoidasi bilan mustahkam bog’langandir. O`quvchilar ilm bilan qurollanar ekan, ilmni nazariy jihatdan o`rganar ekan, ilmning amaliy ehtiyoj tufayli paydo bo`lganini, ishlab chiqarish kuchlarini qanday taraqqiy etayotgani, texnika va iqtisod sohasidagi yangiliklar ilmni tobora rivojlantira borishini, ilm esa, o`z navbatida, ishlab chiqarishni takomillashtirishga va hayotni yaxshilashga yordam berishini bilib boradilar. Binobarin, barkamol inson tarbiyasining maqsad va vazifalari ham, ta`limning mazmuni ham, o`qitish usullari, ta`limni tashkil etish shakllari ham nazariya bilan amaliyotning birligiga asoslanadi.
Ta`lim tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasi dastavval o`quv fanining mazmuni va o`ziga xos xususiyatiga bog’liq holda o`qish jarayonida amalga oshiriladi. Bu birlik ilmiy bilimlarni puxta o`zlashtirish va ularni amaliyotda qo`llash, o`quv materiallarini idrok qilish, anglash, uni mustahkam esda saqlab qolish kabi ruhiy operatsiyalar bilan bog’liq holda bir butun jarayonni tashkil qiladi.
Ta`lim jarayonida o`quvchilar tomonidan matematika, fizika, biologiya, ximiya, astronomiya va boshqa tabiiy fanlardan o`zlashtirgan nazariy bilim, ko`nikma va malakalar o`quv tajriba xonalari va laboratoriyalari, zamonaviy texnika vositalari, tajriba er uchastkalari va ishlab chiqarish mehnati jarayonida qo`llaniladi. Bu mashg’ulotlar ularni kelgusida murakkab ilmiy nazariyalarni amalda qo`llana olishlari uchun zarur bo`lgan tajriba bilan qurollantiradi.
Ta`lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasining izchillik bilan amalga oshirilishi oqibatidagina o`quvchilar o`quv materialining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to`g’ri, chuqur tushunib oladilar va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo`lgan mahorat, ko`nikma va malakalar hosil qiladilar.

Download 181,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish