Mavzu. «Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Download 181,25 Kb.
bet13/47
Sana08.04.2022
Hajmi181,25 Kb.
#536508
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
ПУМ 2021 лекция

Darslik. Darslik o`quv jarayonining zarur qismidir. Ko`p vaqtlardan beri u o`qitishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Darslik — o`quvchilarning ikkinchi «muallimidir». Chunki u, avvalo, o`quvchi uchun zarur qo`llanmadir.
Har bir o`quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir.
Darsliklar bilan bir qatorda, ayrim o`quv fanlari yuzasidan o`quv qo`llanmalari ham tuziladi. Masalalar va mashqlar to`plami, xrestomatiyalar, atlaslar, lug’at kitoblari va hokazolar shular jumlasidandir.
O`quvchilarning o`quv qo`llanmalaridan foydalanishlari ularning o`quv materiallari ustida tizimli ish olib borishlari, ilmiy bilim, ko`nikma va malakalar bilan yanada mukammalroq qurollanishlariga keng imkoniyatlar yaratadi.
O`quvchilar darslik va o`quv qo`llanmalari bilan ham darsda, ham uy sharoitlarida mustaqil ish olib boradilar. Darslik materiali katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. U bilan ishlash o`quvchilarning aqliy tarbiyasiga, ularda ilmiy dunyoqarashning, axloq-odobning shakllanishiga, tafakkuri va nutqining, ishdagi mustaqilligining rivojlanishiga yordam beradi.
Darslikka qo’yiladigan talablar.

  1. Har qaysi o`quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy
    bilimlar tizimi va uning hajmi dastur talablariga hamda ta`lim oluvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan bo`lishi kerak.

  2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy
    asoslari va g’oyaviy yo`nalishi tizimli va izchil bo`lishi, darslikda keltirilgan dalillarning ishonchli bo`lishi, ular to`g’ri
    tahlil etilishi, ulardan tegishli xulosalar chiqarilishi hamda shu orqali o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib topishini ta`kidlashi lozim.

  3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’langan bo`lishi kerak.

  4. Darslikda bayon qilinayotgan materialning xarakteriga bog’liq holda tegishli qoida va ta`riflar berilishi, dalillar keltirilishi hamda darslik yaxshi bezatilgan bo`lishi, ba`zi materiallar rasm, sxema, diagramma va boshqa illyustratsiyalar bilan boyitilishi talab etiladi.

  5. Darslik o`quvchilar tushunishi oson bo`lgan jonli tilda
    yozilishi, ayni zamonda fikrlar aniq va qisqa bo`lishi kerak.

  6. Darslikning tashqi ko`rinishi, bezagi o`sha ta`lim oluvchilarning estetik didlariga mos keladigan bo`lishi lozim.


Download 181,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish