Maktab pedagogikasi o’zida turli o’quv muassasalari (boshlang`ich va umumiy o’rta maktab, litsey, gimnaziya va boshqalar) dagi o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash qonuniyatlari haqida boy ilmiy ma`lumotlarni to’plagan pedagogik fanlarning eng qadimiy sohalaridan birini aks ettiradi.
O’rta maxsus, kasb hunar ta`lim pedagogikasi shakllanish bosqichida davom etmoqda. U o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalaridagi kasbiy ta`lim muammolari hamda ta`lim mazmuni va shakllarini o’rganadi.
Oliy ta`lim pedagogikasi oliy o’quv yurtlaridagi o’quv-tarbiya jarayoni qonuniyatlarini o’rganadi.
Ishlab chiqarish pedagogikasi ishchi xodimlarni o’qitish, ularni ishlab chiqarishning yangi vositalariga qayta yo’naltirish, ularning malakasini oshirish, yangi kasblarga o’rgatish qonuniyatlarini o’rganadi.
Maxsus pedagogika shaxsi va rivojlanishida nuqsoni bor bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash bilan shug`ullanadi. Asosiy uch sohasi mavjud:
surdopedagogika – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’kitish va tarbiyalash pedagogikasi;
tiflopedagogika – ko’zi ojiz bolalarni o’qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini o’rganuvchi;
oligofrenopedagogika – aqli zaif bolalarni o’kitish va tarbiyalash jarayonini tadqiq etadi.
Valeologiya (lotinchadan – sog`-salomat bo’lish haqidagi fan) – bu inson salomatligini shakllantirish, saqlash va mustahkamlash mexanizmlari hamda qonuniyatlari haqida bilimlar sohasi.
Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy muhitning shaxsni shakllanti-rishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta`siri qonuniyatlarini o’rganuvchi fan. Alohida shaxs va guruhni tarbiyalash va o’qitish nazariya va amaliyoti.
Harbiy pedagogika – harbiy o’quv yurtlaridagi barcha toifadagi harbiy xizmatchilarni o’kitish va tarbiyalash tamoyillari, shakl va metodlarini ishlab chiqadi va qonuniyatlarini ochib beruvchi pedagogika sohasi.
Etnopedagogika – bolalarni o’kitish va tarbiyalashdagi etnik guruhlarning amaliy tajribasi haqidagi fan.
Qiyosiy pedagogika – turli mamlakatlarda pedagogik nazariya va amaliyotning rivojlanish holati, tendentsiyasi va qonuniyatlarini qiyosiy tarzda o’rganuvchi pedagogik fanlar sohasi.
Ta`lim falsafasi – ta`lim va tarbiyaning falsafiy asoslarini o’rganuvchi pedagogik fan sohasi.
2. Pedagogika kollejlarida asosan umumkasbiy fanlar blokiga tegishli «Pedagogika» va maxsus fanlar blokiga tegishli «Kuni uzaytirilgan guruhda ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» fani o’kitiladi.
YUqorida ta`kidlaganimizdek, «Pedagogika» fani II blok umumkasbiy fanlar sirasiga kiradi. Umumkasbiy fanlar uchun ajratilgan soatning eng katta qismini, ya`ni 278 soatini o’zida aks ettiradi. SHundan auditoriya soatlari 196 soatni tashkil etib, 130 soat nazariy, 66 soati amaliy mashg`ulotlar uchun ajratilgan. O’quvchilar fandan bajaradigan mustaqil ishlar hajmi 82 soatdan iborat. Fan pedagogika kollejlarida uch kurs, ya`ni olti semestr davomida o’kitiladi. SHundan:
I semestrda 20 hafta davomida 2 soatdan 40 soat – 20x2h40;
II semestrda 19 hafta davomida 2 soatdan 38 soat – 19x2h38;
III semestrda 20 hafta davomida 2 soatdan 40 soat – 20x2h40;
IV semestrda 16 hafta davomida 2 soatdan 32 soat – 16x2h32;
V semestrda 20 hafta davomida 1 soatdan 20 soat – 20x1h20;
VI semestrda 13 hafta davomida 2 soatdan 26 soat – 13x2h26;
Fanning o’quv dasturida ko’rsatilishicha, fan to’rtta katta bo’lim: «Pedagogikaning ummiy asoslari», «Ta`lim nazariyasi», «Tarbiya nazariyasi», «O’zbekistonda maktab va ta`lim tizimini boshqarish»ni hamda yigirma ettita bobni o’z ichiga qamrab oladi.
«Pedagogikaning umumiy asoslari» bo’limi «O’qituvchilik kasbi-ning ijtimoiy mohiyati», «Pedagogika fani va metodlari», «O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi», «SHaxsning o’sishi, shakllanishi va tarbiya-si», «Barkamol shaxs tarbiyasining maqsad va vazifalari» boblaridan ibo-rat. Bo’lim uchun ajratilgan 40 soatning 29 soati nazariy va 11 soati amaliy mashg`ulot uchun mo’ljallangan. Amaliy mashg`ulot ishlari mazmuni quyidagilardan iborat:
«Mustaqil O’zbekistonga qanday o’qituvchilar kerak?» Ilg`or tajribali o’qituvchilar bilan uchrashuv. (2 soat)
«Tarbiyaning tarixiy, umuminsoniy va milliy xususiyatlari» mav-zusida seminar. (2 soat)
O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g`risida»gi Qonuniga ko’-ra ummiy o’rta, o’rta maxsus kasb-hunar ta`limining asoslanishi. (1 soat)
«O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g`risida»gi Qonuni mo-hiyati» mavzusida seminar. (2 soat)
O’quvchi shaxsiga pedagogik-psixologik tavsifnoma tuzish tartibi. (2 soat)
A. Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida va hadislar-dan axloq tarbiyasiga oid mavzularni tahlil qilish. Amaliy ish. (2 soat)