Termoelektron emissiya. Elektronlarini metalldan tashqariga chiqa olishi uni zarur bo‘lgan energiyani metallga qizdirish yo‘li bilan berish mumkin. Bunda elektroit issiqlik harakatining intensivligi, binobarin tezligi ham ortadi va energiyasi chiqish ishidan katta elektronlar soni ko‘payadi. Mana shu elektronlargagina metallni tark eta oladi.
Qizdirilgan metallardan elektronlarning chiqish hodisasiga termoelektron emissiya edi. Bu hodisa Edison tomonidan kashf etilgan. Vakuumda tok hosil qilishda zaryad tashuvchi zarralarni yuzaga keltirishda termoelektron emissiyadan foydalaniladi.
Termoelektron emissiyani kuzatish uchun ikkita elektrodi bo‘lak vakuum (bo‘shliq) li lampadan foydalanish mumkin. Biri katod va ikkinchisi anoddir (9.14-rasm).
9.14-rasm
Ko‘pchilik metallar uchun termoelektron emissiya juda yuqori temperaturalarda (20000 с ga yaqin) ruy beradi. Termoelektron emissiya xodisasi elektron lampalar tayyorlashda, elektron emissya hodisasiga asosan ishlaydigan asboblarni ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |