Mavzu: O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo`shilishi va xalqaro nufuzining ortishi 409-guruh Nuritov Fazliddin



Download 5,93 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi5,93 Kb.
#899188
Bog'liq
Mavzu O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo`shilishi va xalqar-hozir.org


Mavzu: O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo`shilishi va xalqaro nufuzining ortishi 409-guruh Nuritov Fazliddin

MAVZU: O`ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA QO`SHILISHI VA XALQARO NUFUZINING ORTISHI

409-guruh

Nuritov Fazliddin

O‘zbekistonning mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorligi 1991 yil 8 dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi - Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari - B .Eltsin, L. Kravchuq, S. Shushkevichlarning uchrashuvi bo‘ldi. O‘sha kuni Belovejskoe Pushcheda uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni tuzish to‘g‘risida Shartnoma imzoladilar. Shartnomada SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitutsiyasi to‘xtatiladi, deb e’lon qilindi.

Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari 1991 yil 13 dekabrda Ashgabadda uchrashdilar va Minskda imzolangan MDH xaqidagi Shartnoma munosabati bilan vujudga kelgan ahvolni muhokama qildilar.

Markaziy osiyo iqtisodiy hamjamiyati davlatlari o‘rtasida qardoshlarcha aloqalar. O‘zbekiston tashqi siyosatining ta’sirli yunalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta davlat o‘rtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir.

  • O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq jahon hamjamiyatiga qo‘shilish xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yo‘lini tanladi va og‘ishmay shu yo‘ldan bormoqda.

  • O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish irodasi va taklifiga ko‘ra 1992 yil 2 martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi bo‘ldi.


Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27 sentyabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga Ko‘hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator takliflarni o‘rtaga qo‘ydi.

1993 yil fevralda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi.

1994 yil oktyabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda bo‘lgan jahon sayyohlik tashkilotining "Ipak yo‘li" xalqaro yig‘ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O‘zbekistonning mavqeini yanada ko‘tardi.

1994 yil dekabrda respublikamizda YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo‘lib, tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va axborot soxasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo‘ldi. YuNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o‘rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yo‘li - muloqot yo‘li" deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. YuNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyoni tadqiq qilish xalqaro instituti tashkil etildi. YuNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida institut tantanali ravishda ochildi

1996-yil O`zbekiston Prezidenti ham YUNESKO qarorgohiga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu tashrif chog‘ida I.A.Karimov YUNESKO ijroiya kengashining 149-sessiyasida nutq so`zladi. YUNESKOning Bosh direktori va Fransiya Prezidenti ishtirokida YUNESKO qarorgoxida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ma’rifatning gullab-yashnashi “ ko`rgazmasini ochdi.

O`zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo havfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko`rsatdi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konfrensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yo`lga qo`yildi. 1994-yil iyul oyida O`zbekiston NATOning “Tinchlik yo`lidagi hamkorlik” Dasturiga qo`shildi.

O`zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham to`xtab o`tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bo`yicha ishlar respublikada 1995-yildan boshlangan bo`lib, bu muzokaralar 1996-yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o`laroq O`zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o`rtasidagi bitim 1996-yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida YI davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuv - sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to`g‘risidagi bu hujjat O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o`z o`rni va ovoziga ega bo`lishida katta ahamiyat kasb etdi.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama aloqalar o‘rnatish bilan bir vaqtda taraqqiy etgan davlatlar va qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda davom etmoqda.

E`tiboringiz uchun rahmat!
http://hozir.org
Download 5,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish