Pastki uchlamchi davrda yashagan sudralib yuruvchilardan sinognatusning tiklangani. Sutemizuvchilarning yirtqich tishlilardan ajralishini trias davrining boshi va hatto perm davrining oxiri, ya’ni paleozoy erasining oxiri deb hisoblash mumkin. Sutemizuvchilar ajdodlariga ancha yaqin bo‘lgan formalar yerda, yura davrining o'rtalarida paydo bo‘lgan, deb faraz qilish mumkin. Bular uch bo'rtmalilar (Trituberculata) deb atalgan. Qopchiqli va yo‘ldoshli sutemizuvchilarning trias davrida yashagan darrandasimon sudralib yuruvchilar uch bo'rtmatishli yirtqich sinodontlar (Cynodontia)dan kelib chiqqanligi isbotlangan. Shu davrda bularning ikkilamchi suyak tanglayi, guruhlarga bolingan tishlari, oyoqlarining sutemizuchilarga o'xshab joylashganligi va diafragmasining hosil bo'lgani diqqatga sazovordir. Eng qadimgi sutemizuvchilar — eritroteriylar kalamushdan kichikroq bo'lgan.
Trias davrining ustki qatlamlarida yashagan sutemizuvchilar ikki guruhga bo‘lingan. Birinchi guruhiga birlamchi darrandalar (Rrototheria) kirgan. Hajmi kichkina, oziq tishlari uch bo'rtmali bo‘lgani uchun uch bo'rtmatishiilar (Tpiconodontia) deb nom berilgan. Uch bo‘rtmatishli sutemizuvchilardan bo'r davrida yo‘qolib ketgan ko'p bo‘rtmatishlilar (Multituberculata) kelib chiqqan va keyinchalik k o ‘p b o 'rtmatishlilardan kloakalilar paydo bo‘lgan Uch bo‘rtmatishlilar uchta asosiy guruhga (turkumga) bo‘linadi. Ulardan ikkitasi, ya’ni uch bo'rtmatishlilar (Triconodontia) va simmetriya bo'rtm atishlilar (Symmetridontia) butunlay qirilib ketgan yon shoxchalar bo'Isa, uchinchi, ya’ni haqiqiy uch bo'rtmatishlilar (Pantotheria) qopchiqlilar (Marsupialia) bilan yo'ldoshlilarni (Placentalia) paydo qilgan. Qopchiqlilar bo‘r davrida paydo bo'lgan. Ularning eng qadimgi qoldiqlari Shimoliy Amerika va Yevropadan topilgan. Bu hududlarda ular
Uchlamchi davrning oxirlariga kelib qopchiqlilar o‘ziga nisbatan ancha yuqori taraqqiy etgan sutemizuvchilar tomonidan siqib chiqarilgan. Hozir qopchiqlilar faqat Avstraliya, Yangi Gvineya, Tasmaniya, Janubiy Amerika va qisman Shimoliy Amerika hamda Sulaves orolida tarqalgan. Mezozoy erasining oxiriga kelganda Yer yuzining katta-katta qismlari g'oyat kuchli tog'lar hosil qilish jarayoniga uchrab, iqlim sharoiti keskin yomonlashib qolganda, sutemizuvchilar issiqqonli bo‘lishi, tirik bola tug'ishi va bosh miyasining yuksak taraqqiy etganligi tufayli reptiliyalarga qaraganda ancha yaxshi ahvolda bo‘lgan. Natijada reptiliyalarning aksariyati qisman muhitning bevosita ta’sirida, qisman sutemizuchilar va qushlar bilan hayot uchun kurashda yengilib, qirilib ketgan va ularning o‘rniga tabiatda sutemizuvchilardan yo‘ldoshlilar hukmron bo‘lib qoigan. YoMdoshlilar ham uch bo‘rtmatishlilardan bo‘r darining boshida ajralib chiqqan. Ularning primitiv guruhi — hasharotxo‘rlar vakillari Mo‘g‘ulistonda ustki bo‘r qatlamlaridan topilgan