Mavzu: O’zbekistonda oziq ovqat xavfsizligini ta’minlash yo’nalishlari.
Reja
O’zbekistonda oziq ovqat xavfsizligini taminlashda amalga oshiriladigan ishlar
Pandemiya davrida amalga oshirilgan oziq ovqat xavsizligi bo’yicha chora tadbirlar.
Oziq ovqat xaxfsizlif\gi yo’nalishlarining tarkibiy qismlari
Yurtimizda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini to'liq qondirish, yil davomida asosiy turdagi mahsulotlarni etkazib berish, ishlab chiqarish xajmlarini ko'paytirish va inson sog'lig'i uchun xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu vazifalarni bajarishdagi asosiy ijrochilar – qishloq xo'jaligi sohasi xodimlarining har tomonlama puxta bilim va ko'nikmalarga egaligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent davlat agrar universitetida oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi. Unda viloyatlar qishloq xo'jalik boshqarmalarining shu yo'nalish bo'yicha o'rinbosarlari, mutaxassislari ishtirok etdilar.
Seminarni Qishloq xo'jalik vaziri o'rinbosari Saidkamol Xodjaev ochib berdi. U o'z so'zida oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash borasida vazirlik va uning hududiy organlari oldida turgan muhim vazifalarga alohida to'xtalib o'tdi.
Bugungi kunda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 2015 yilda qabul qilingan medisina me`yorlariga ko'ra 27 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlanish tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, real sektorga nisbatan 11 turdagi mahsulotlar bilan ta`minlanishi belgilangan me`yorlardan past. 2017 yil yakunlari bilan 215,9 ming tonna kartoshka, 9,5 ming tonna sut va sut mahsulotlari, 2,5 ming tonna baliq mahsulotlari, 36,1 ming tonna sitrus mevalari, 121,9 ming tonna o'simlik yog'i, 54,8 ming tonna shakar va 511,7 ming tonna un import qilingan. Aholining yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va barqaror narxlarda ta`minlash, zahirasini yaratish, taqchilligi paydo bo'lgan mahsulotlarni import qilish tizimini yaratish dolzarb vazifalardan biri ekanligini ta`kidlandi.
Seminar davomida ishtirokchilar qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini ko'paytirish, sohaning eksport salohiyatini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalar yuzasida ma`ruzalar tinglashdi. Ma`ruzalar yakunida mutaxassislar o'zaro fikr almashdilar.
Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. BMT ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash boʻyicha yondashuvni mutlaqo oʻzgartirish vaqti kelganini taʼkidlayapti. Zero, ideal holatda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari barchani oziq-ovqat bilan toʻliq taʼminlash va odamlar uchun risoladagidek daromad manbaini yaratib berishga qodir. Boz ustiga, bunday holatda inson manfaatlari yoʻlida ham qishloq xoʻjaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar ijrosi taʼminlanadi.
Nega bashariyat farovonligi va kelajagiga xizmat qiluvchi mana shunday nufuzli tashkilot bu boradagi nuqtayi nazarlarni yangilash gʻoyasini ilgari surmoqda?
Sababi, bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga antropogen taʼsirning kuchayib borishi, isrofgarchilik, ilgʻor va rivojlanayotgan davlatlar oʻrtasidagi oziq-ovqat balansi boʻyicha farqning oʻsayotgani, iqlim oʻzgarishlari qator salbiy omillarni keltirib chiqaryapti. Noz-neʼmatlarimiz, chuchuk suv, ummonlar, oʻrmonlar, biologik xilma-xillik keskin surʼatlarda kamayib bormoqda, yer unumdorligi pasayib, tuproq degradatsiyaga uchrayotir.
Oqibatda, BMT maʼlumotlariga koʻra, hozirda jahon aholisining 815 million nafari och qolayotgan boʻlsa, 2050-yilga borib bu soni 2 mlrd. kishiga yetadi. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasidagi oʻlimning 45 foizi aynan toʻyib ovqat yemaslik natijasida kelib chiqayotir. Hozirgi kunda har yili 3,1 nafar bola aynan shu sabab hayotdan koʻz yummoqda.
Qolaversa, sayyoramizdagi har toʻrt bolaning bir nafari oʻz yoshiga nisbatan oʻsmay qolgani aniqlangan. Maktab yoshidagi 66 mln. oʻgʻil-qiz darslarga beixtiyor och keladi. Shulardan 23 mln.i Afrikada istiqomat qiladi.
Masalaning yana bir tomoni. Qishloq xoʻjaligi dunyodagi eng katta ish beruvchi tarmoqdir. Bugun kurrai zamin aholisining 40 foizi aynan shu soha orqali tirikchilik qiladi. Bu qashshoq qishloqlardagi oilalar uchun daromad keltiruvchi va bandlikni taʼminlovchi asosiy manbadir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan lalmi boʻlgan besh million kichik fermer xoʻjaliklari oziq-ovqatning 80 foizini yetkazib beradi. Shunday ekan, mazkur jabhaga investitsiya kiritish aholi qatlamlari oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash qatorida mahalliy va tashqi bozorlarga mahsulot yetkazib berish boʻyicha mamlakat imkoniyatlarini oshiradi.
Y aqinda BMT tomonidan sohada yana bir tashabbusga qoʻl urildi. Yaʼni oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligiga qarshi kurashish boʻyicha global kampaniya eʼlon qilindi. Bu ham aynan oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qiladi. Ushbu tuzilmaning Atrof-muhit boʻyicha tashkiloti(YUNEP) maʼlumotiga koʻra, har yili dunyo boʻyicha 1,3 mlrd. tonna oziq-ovqat mahsulotlari tashlab yuborilar ekan.(Bunga qaysidir maʼnoda oʻzimiz ham toʻylarimizdagi isrofgarchiliklar orqali “hissa“ qoʻshmoqdamiz. Bejizga bunday tadbirlarni ixchamlashtirish boʻyicha ishlar olib borilmayapti). Neʼmatlarning bunday isrof qilinishidek mantiqsiz holatga barham berish uchun birinchi navbatda ularni saqlash sharoitlarini oʻzgartirish taklif etilyapti.
“Qotgan non? Bir yogʻi chirigan olma? Mogʻor bosgan pishloq? Bunday mahsulotlar bilan nima qilish kerak? Koʻpchilik ularni tashlab yuboradi. Dunyodagi oziq-ovqat mahsulotlarining uchdan bir qismi chiqindi idishlarida yotadi. Jahon iqtisodiyoti bundan har yili qariyb trillion dollar zarar koʻryapti”, - deb yozadi BMT.
Tashkilot statistikasiga koʻra, dunyoda har yili qariyb toʻrt mlrd. tonna oziq-ovqat ishlab chiqariladi, agar ulardan oqilona foydalanilib, taqsimlansa,bu aslida sayyora ahlining barchasiga yetgan boʻlardi. Yuqoridagi kabi omillar tufayli dunyo oziq-ovqat bozorlarida narx-navo koʻtarilib boryapti. Oxirgi oʻn yilda kuzatilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi esa mazkur muammoning keskin tus olishiga sabab boʻldi. Uning asoratlari hamon sezilyapti.
Zero, oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisini shu kabi asosiy mahsulotlar bilan oʻzini oʻzi, mustaqil taʼminlashga qodirligini ifodalaydi. Shuningdek, oziq-ovqat importiga oʻta bogʻliqlikdan xalos boʻlganligini anglatadi.
Davlatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash siyosati qachon samara beradi? Qachonki, mahsulot ishlab chiqarish va import qilish darajalari oqilona uygʻunlashtirilsa, bu borada aholi uchun kafolatlangan imkoniyatlar yaratilsa, xalqaro pragmatik hamkorlik aloqalarni rivojlantirilsa, davriy ravishda yangilanib turadigan oziq-ovqat zaxirasini yaratishga ham qaratilgan boʻlsa.
Shunday ekan, oziq-ovqat xavfsizligini masalasi barcha davlatlar qatori Oʻzbekistonning ham mustaqilligi, ijtimoiy-iktisodiy va siyosiy barqarorligini taʼminlash garovi hisoblanadi. Yurtimizda bu muammo hamon oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan. Zero, ayni paytda oziq-ovqat mahcylotlapiga boʻlgan talab oshyapti, aholi coni oʻsishi asnosida jon boshiga icteʼmol koʻpaymoqda.
Binobarin, soʻnggi uch yilda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini va eksport salohiyatini oshirishga boʻlgan yondashuv mutlaqo oʻzgardi, davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylantirildi.
Maʼlumki, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻi sanaladi. Unda 3,6 million kishi, yaʼni iqtisodiyotda band boʻlganlarning 27 foizi ishlaydi. YAIMda tarmoq ulushi 32 foizga teng boʻlsa, sohada foydalaniladigan yer maydonlari respublika hududining 45 foizini egallaydi. Hozirgi vaqtda 180 dan ortiq turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari 80 dan ortiq mamlakatga eksport qilinayotgani diqqatga sazovor albatta. Yana bir eʼtiborli jihati, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yoʻlga qoʻyilib, u keng quloch yozyapti. Ular bilan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining 62 foizi paxta-toʻqimachilikda, 8 foizi chorvachilikda va 7,5 foizi meva-sabzavotchilikda qamrab olingani buning tasdigʻidir.
Shular qatorida sohani yanada rivojlantirish, fermerlar daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish borasida foydalanilmayotgan bir qator imkoniyatlar mavjud. Davlat rahbarining 2018-yil 16-yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va ayni paytda ishlab chiqilayotgan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi shu nuqtai-nazardan dolzarbdir.
Masalan, strategiyada Oʻzbekistonda 2018-yil holatiga koʻra aholi oʻrtasida umumiy toʻyib ovqatlanmaydiganlarning ulushi 6,3 foizni tashkil etishi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu ulushni 2021-yilgacha 5, 2025-yilga kelib 3 foizgacha kamaytirish, 2030-yilga borib nol darajaga tushirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Xoʻsh, buning uchun nima qilish kerak?
Sir emaski, yurtimizda eksport-import operatsiyalarini tartibga solish,ehtiyoj katta boʻlgan oziq-ovqat tovarlarini import qilishdagi toʻsiqlar, nosogʻlom raqobat, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan import mahsulotlarining monopollashtirilishi, narx-navoning sunʼiy oshirilishi, taqchillikning yuzaga kelishi kabi bir qator muammolar hamon uchrab turibdi.
Bunday holatlar sohadagi ishchanlik muhiti, mamlakat investitsiyaviy imkoniyati va jahon bozoridagi obroʻsiga jiddiy ziyon yetkazishi tabiiydir. Binobarin, yuqoridagi Farmonning hayotga tatbiq etilishi yurtimiz bozorlarini sifatli, arzon va xavfsiz oziq-ovqatlar bilan toʻldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish imkonini beradi.
Koʻpchilikka maʼlumki, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga oziq-ovqat tovarlarini xorijdan import qilish boʻyicha bir qator individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlari, preferensiyalar berilgan edi. Natijada davlatimizning milliard soʻmlab mablagʻlari sarflanardi. Lekin bu amaliyot oʻzini oqlamadi. Oziq-ovqat mahsulotlari importi ayrim subyektlar tomonidan monopoliyaga aylantirildi. Xorijdan keltirilayotgan shakar, qand, oʻsimlik yogʻlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ichki bozorda koʻpayishi hamda narx-navo pasayishi oʻrniga, aksi boʻlib qoldi. Farmonga koʻra, 2018-yil 1-fevraldan boshlab oziq-ovqat tovarlari importi uchun beriladigan barcha imtiyoz va preferensiyalar bekor qilindi. Pirovardida isteʼmol tovarlari respublika tovar xom ashyo birjalarida sotilmoqda. Shuningdek, birjalarning ochiq elektron savdolarida sotish uchun (sotib olish) litsenziya talab qilinmaydi. Ilgarigi, ulgurji savdoga litsenziya olishda eng kam ish haqining 3,500 baravari va pul mablagʻi 1,200 baravardan kam boʻlmagan ustav fondi mavjudligi haqidagi talab ham bekor qilindi.
Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yuqoridagi mahsulotlar importi tovar-xom ashyo birjalari va xorijiy birjalar elektron savdolari tizimi orqali amalga oshirilyapti. Oziq-ovqat mahsulotlarining xaridi, jamgʻarma tushumi va xarajatlari yagona portalda eʼlon qilib borilmoqda. Xullas, xorijdan olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi shaffof holda amalga oshirilyapti. Eng muhimi, ushbu Farmon asosida sohaga doir qonunchilik va normativ baza takomillashtirilyapti.
Muxtasar aytganda, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari narxini pasaytirish, sifat va xavfsizligini taʼminlash, chayqovchilik holatlariga chek qoʻyish, byurokratiyani bartaraf etish, xorijiy investorlar va hamkorlar bilan muntazam muloqot va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasidagi barcha muammo va sunʼiy gʻovlarga chek qoʻyilmoqda.
Binobarin, mutaxassislar sifatida, Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagilarni taklif etmoqchimiz:
- qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan unumli, samarali foydalanishni taʼminlashga qaratilgan qonunchilikni yanada mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushining yuqori boʻlishiga erishish;
- qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarining zarur hajmlarda yetishtirilishi yoʻlida suvdan foydalanish tizimini takomillashtirish.
Jumladan, qoʻshni davlatlar tomonidan gidroenergetika sohasida nazarda tutilgan loyihalar amalga oshirilgan va suv taʼminoti tegishlicha qisqargan taqdirda 2025-yilda suv taqchilligini qoplash uchun sugʻoriladigan yerlarda tomchilatib sugʻorishni joriy etish talab etiladi. Bu katta miqdordagi investitsiyalarni taqozo qiladi, albatta. Ammo tomchilatib sugʻorish qoʻllaniladigan mineral oʻgʻitlar hajmini maʼlum darajada qisqartirish imkonini berishini ham unutmaslik lozim. Bu yetishtirilayotgan oziq-ovqat tannarxini pasaytirish va yer sifati yomonlashishi muammosini hal etishga koʻmaklashdi. Demak, hosildorlik va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning qoʻshimcha hajmlaridan olinadigan foyda ham oshadi.
Ayni chogʻda dehqonchilik mahsulotlari hosildorligi va chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish vazifalarini hal etish uchun zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish, qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish va tayyorlash, taqsimlash, qayta ishlash va sotishning samarali tizimini yaratish ham muhim. Xususan, butun yil mobaynida ham oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaydigan, ham narxlarning mavsumiy oʻzgarib turishini pasaytiradigan mexanizm yaratish lozim.
Shu nuqtayi nazardan yangi va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashning samarali usullarini tatbiq etish davr talabidir.
Boisi 2025-yilga borib Oʻzbekiston oʻrtacha darajadan yuqori daromad oladigan mamlakatlar guruhiga oʻtishi maqsad qilingan. Bu turmush tarzi, xulq-atvor andozalari, ovqatlanish tarkibini tegishli tarzda oʻzgarishiga olib keladi. Shularni eʼtiborga olgan holda bir qancha tovarlar boʻyicha qayta ishlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari ulushi oʻsishini taʼminlash zarur boʻladi. Qolaversa, ovqatlanish standartlari va meʼyorlarini joriy etish (shu jumladan, mikroelementlar va zarur nutriyentlar mavjud boʻlishi, zararli moddalar, turli qoʻshimchalar, boʻyoqlar, taʼm beruvchilar, emulgatorlarni nazorat qilish, tayyorlash, tashish texnologiyalariga rioya qilishni nazorat qilish), shuningdek, ovqatlanish sifati ustidan nazorat qilish mexanizmini yanada rivojlantirish lozim. Aholining ovqatlanish modelini yaxshilash maqsadida sogʻlom ovqatlanish toʻgʻrisidagi zarur axborotni tarqatish, bu borada tibbiyot muassasalari faolligini oshirish lozim.
Zotan, Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sogʻlikni taʼminlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz. Qishloq xoʻjaligidagi islohotlardan maqsad – iqtisodiy foyda koʻrish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur”.
Do'stlaringiz bilan baham: |