3.O’zbekiston moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari tahlili
Respublikamiz moliya bozoridagi ilmiy tadqiqot olib borgan iqtisodchilaming fikricha, uning shakllanishi va rivojlanishi mamlakatda olib borilgan iqtisodiy islohotlar asosida besh bosqichni bosib o’tgan 12.
bosqich : 1991-1993 -yillar. Milliy moliya bozori poydevorining yaratilishi va bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan institutsional tarkibning shakllanishi bilan tavsiflanadi.
bosqich : 1994-2000-yillar. Milliy moliya bozorida bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan mexanizmlarning ishlashiga zamin yaratilishi va moliya bozoridagi dastlabki raqobat muhitining shakllanishi bilan tavsiflanadi.
bosqich : 2001-2006-yillar. Moliya bozorining erkinlashtirilishi va yangi moliya bozori segmentlarining rivojlanishini o’zida mujassamlashtiradi.
bosqich : 2007-2011-yillar. Moliya bozorining kapitallashuv darajasining oshirilishi, tartibga solish va modernizatsiyalash jarayonlarining jadallashuvi hamda uning shaffofligini oshirish bilan tavsiflash mumkin.
bosqich : 2012-yildan keyingi davmi o’zida namoyon etadi va bu davrda moliya bozori barqarorligini oshirish hamda uni yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishgan holda rivojlanishini ta’minlashga ustuvorlik berilmoqda.
O’zbekistonda moliya bozori modeli aralash modelga mansub bo’lib, o’zida anglo-sakson, kontinental va yapon modellari elementlarini ma’lum darajada mujassamlashtirgan. Uning xususiyati shundaki, unda hozircha banklaming boshqa moliya institutlarining (investitsiya institutlari va fondlari, sug’urta tashkilotlari), institutsional investorlaming va mayda chakana investorlarga nisbatan ustunligi kuzatilmoqda. Alohida segmentlarga (pul, valutalar, korporativ va davlat qimmatli qog’ozlari, sug’urta instrumentlari, kredit va banklaming boshqa instrumentlari bozorlariga) ega bo’lib, ular hozirda bir-biri bilan to’liq bog’liq emas va har biri turli vakolatli davlat organlar tomonidan alohida tartiblashtiriladi.
Hozirda har qanday o’tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar singari O’zbekiston uchun asosiy muammolar - ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy o’sishda industriyaning salmog’ini oshirish kabi muammolar. Bu mua mmolami yechishda milliy moliya bozori birmuncha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Kompaniyalar va banklarda emission, foizli daromadlar va investitsion siyosatlarida nomutanosibliklami kuzatish mumkin. Banklar, kompaniyalar va sug’urta tashkilotlarining moliyaviy holati qoniqarli, xalqaro reyting agentliklarining “barqaror” baholariga ega, lekin faoliyatida bozor mexanizmi to’liq amal qilmayotganini ko’rish mumkin.
O’zbekistonda moliya bozorida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlari oldini olish va yumshatish imkonini beradigan asosiy omillar sifatida quyidagilar ko’rinadi 13:
-banklar kapitallashuv darajasining oshirilishi va nizom jamg’armalarining ko’paytirilishi, moliya bozorining asosiy segmentlaridan bo’lgan kredit bozori mustahkamligini oshirish va taraqqiyotning muhim omillaridan biriga aylanishi;
-tijorat banklari faoliyatini baholashda uzoq muddatli kredit qo’yilmalari ulushining o’sishi va uni ichki manbalar orqali ta’minlash mezonlariga asosiy e’tibor qaratilishi moliya bozorini barqaror rivojlantirishdagi asosiy omillardan ekani;
O’zbekiston bank tizimining qat’iy xalqaro talablarga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biriga aylanishi;
-qimmatli qog’ozlar bozorida aksiyadorlik jamiyatlarining kapitaliga, bozoming professional ishtirokchilariga va birja bozoriga chiqadigan qimmatli qog’ozlarga talablarning kuchaytirilishi;
mamlakatimiz emitentlari qimmatli qog’ozlaming xalqaro va xorijiy davlatlar fond bozorlarida muomalasi shakllanmagani va yurtimizga jalb etilgan xorijiy portfel investitsiyalar hajmining kichikligi;
-O’zbekiston molliya bozorida davlatning ichki va tashqi qarzlarini kamaytirishga, mamlakat iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga qaratilgan samarali iqtisodiy-moliyaviy islohotlarning olib borilishi;
iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida sug’urta tashkilotlarining kapitallashuvi, majburiy sug’urtaning yangi turlari joriy etilishi, mamlakatimizda zamonaviy sug’urta bozorining shakllanishi;
-valuta siyosati sohasida ham puxta o’ylangan, uzoqni ko’zlab amalga oshirilgan tadrijiy choralar;
-mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchisi sifatida investitsiya fondlari va ularning aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar faoliyati bozorda barqaror faoliyat yuritish tamoyillariga asosida rivojlandi, bu jarayon davlat mulkini xususiylashtirish va iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich shakllantirish uchun olib borilgan iqtisodiy-huquqiy islohotlar bilan ta’minlangan va boshqa shu kabi omillar.
O’zbekiston moliya bozori modeli anglo-sakson va kontinental modellari elementlami o’z ichiga olganligi hamda unda aksiyadorlik kompaniyalari korporativ boshqaruv tizimi anglo-sakson (“investorlik”) modelidan farqli kontinental (Germaniyadagiga o’xshash “insayderlik” yoki “ikki pog’onali”) modelga asoslanganligi va ichki nodavlat investitsiyalar hajmining kamligi, xususiylashtirish mexanizmi kam samarali bo’lgani va regulatorlaming ko’p sonliligi, banklar, sug’urta tashkilotlari va budjetdan tashqari fondlaming yetarlicha investitsion samara bilan ishlamayotgani sababli, barcha o’tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar singari ma’lum darajada muammolar mavjud. Bunda O’zbekiston moliya bozorini tartiblashtirish tizimi birinchi turkum modeliga kiradi. Uning xususiyati shundaki, unda hozircha na banklarning, na moliya institutlarining (investitsiya institutlari, sug’urta tashkilotlari, fondlar), na institutsional investorlarning, na mayda chakana investorlaming alohida ustunligi kuzatilmaydi. Alohida segmentlarga (pul, valutalar, korporativ va davlat qimmatli qog’ozlari, sug’urta instrumentlari, kredit va banklaming boshqa instrumentlari bozorlariga) ega bo’lib, ular hozirda bir-biri bilan to’liq bog’liq emas va har biri turli vakolatli davlat organlar tomonidan alohida tartiblashtiriladi (muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi). Bank tizimi germancha modelga yaqin, ammo ko’lamli islohotlarga muhtoj. Hozirda har qanday o’tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar singari O’zbekiston uchun asosiy muammolar - ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy o’sishda industriyaning salmog’ini oshirish kabi muammolar. Bu muammolarni yechishda milliy moliya bozori birmuncha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Kompaniyalar va banklarda emission, foizli daromadlar va investitsion siyosatlarida nomutanosibliklarni kuzatish mumkin. Banklar, kompaniyalar va sug’urta tashkilotlarining moliyaviy holati qoniqarli, xalqaro reyting agentliklarining “barqaror” baholariga ega, lekin faoliyatida bozor mexanizmi to’liq amal qilmayotganini ko’rish mumkin.
Qimmatli qog’ozlar bozorida hozircha muddatli instrumentlar (derivativlar), munitsipal, ipoteka va boshqa turdagi tijorat qog’ozlari (jumladan veksellar) segmentlari to’liq shakllanmagan. Chunki, IPO (Initial public offering) mexanizmi yo’q. Davlat qimmatli qog’ozlari muomalasi Respublika Valuta birjasida amalga oshiriladi. Pul, valuta va banklararo kreditlar bozorlari banklar sektorida faoliyat ko’rsatadi14. Qimmatli qog’ozlar bozori hajmining YalMga nisbati (kapitalizatsiya sur’ati) kichik bo’lib, uning darajasi yalpi ichki investitsiyalar hajmidan ancha kam. Real sektoming pul resurslariga bo’lgan talabi asosiy kapitalga qilingan ichki va to’g’ridan-to’g’ri jalb qilingan investitsiyalar hisobiga qondirilmoqda. Bunda kichik biznesning YalMdagi salmog’i oshib bormoqda. Aksiyalar bo’yicha dividendlar foizi va obligatsiyalar bo’yicha foiz stavkasi yildan yilga pasayish tendensiyasiga ega. Aksiyalaming birlamchi va ikkilamchi bozorlarining nisbati tahminan bir-biriga yaqin. Aksiyalar va obligatsiyalaming ikkilamchi bozorlari spekulativ xarakterga ega emas. Spekulativ portfel investorlar shakllanmagan bo’lib, asosan strategik portfel investorlar mavjud.
Hozirgi paytda mamlakatimizda xorijiy investorlami Respublika fond bozoriga jalb qilishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va investitsiya institutlari muntazam ish olib bormoqda. Bu uyg’unlashuv ikki yoqlama jarayon bo’lib, o’zbek investorlari faoliyatini xorijiy fond bozorlarida tashkil etish uning muhim qismidir. Bugungi kunda jahon fond bozorining kun sayin globallashuvi, aloqa va texnologiyalaming o’zaro bog’liqlikda rivojlanishi investorlaming o’z mahalliy doirasida cheklanib qolmasligiga olib keladi. Bu esa endilikda o’z sarmoyasini foydaliroq joylashtirishga harakat qiladi. Fond bozori samaradorligi yuqori bo’lgan korxonalami izlaydi. Biror korxonaning ko'rsatkichlari pasayishi bilan moliyaviy vositalar ko’rsatkichlari yaxshiroq korxonalarga oqa boshlaydi. Bu jarayon uzluksiz davom etadi. Jahonning barcha fond bozorlari shu funksiyani bajaradilar. Zamonaviy komputer texnologiyalari har bir baquwat investorga internet orqali yirik fond bozorlari faoliyatida ishtirok etish imkoniyatini yaratmoqda. Investor brokerlarni chetlab o’tgan holda, kam sarf- xarajatlar bilan barcha zarur axborotni olishi va aksiyalarni mustaqil ravishda o’zi xarid qilishi va sotishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda qimmatli qog’ozlar bozori juda yaxshi rivojlangan. Ular yuksak texnologiyali savdo jarayonini taminlay oladigan darajada rivojlangan infratuzilmaga ega. Axborot xizmatlarining o’sishi, bozor haqidagi ma’lumotlar aniqligini ham ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida, qimmatli qog’ozlardan foyda olishga intilayotgan yangi-yangi investorlami bozorga jalb qiladi.
Qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalarda ishtirok etayotgan har bir malakali mutaxassis, broker, emitent, investor texnikaning ilg’or sohalarida foydalanishiga to’gri keladi. Bu esa o’z mijozlari sonini ko’paytirishga, sifatli yoki o’z vaqtida axborotlami yetkazib berishda keng imkoniyatlami ochib bermoqda.
Moliya bozorining shahobchasi bo’lgan qimmatli qog’ozlar bozorida axborotlami o’z vaqtida yetkazib berish muhim o’rin tutadi. Bu axborotlar rivojlangan mamlakatlar fond bozorida aksiyalami, obligatsiyalami va boshqa qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq narxlaming o’zgarishini hech kim oldindan ayta olmaydi. Bu esa operatsiyalarda ishtirok etayotgan har bir malakali mutaxassis, broker, emitent, investorlaming daromadiga daromad qo’shsa, ayrim kompaniyalar iqtisodiy faoliyatining kuchsizligi va mahsulotlari raqobatbardosh emasligini oydinlashtirib qo’yadi. Qimmatli qog’ozlar bozoridagi bu raqobatbardosh muhitning yaratilishi bozoming yanada rivojlanishi uchun katta hissa qo’shadi. Bu tipdagi axborotlami o’z vaqtida va sifatli yetkazib berish respublikamizdagi fond bozorining rivojlanishi uchun juda muhimdir.
Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uning tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta’minlanishi bilan bog’liq asosiy vazifalari asosida belgilanadi15:
iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslarni samarali jalb qilinishi;
kapitalning samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi;
davlat budjetiga xizmat ko’rsatishi, uning kamomadini qoplash uchun pul mablag’larining samarali jalb qilinishi;
iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;
-inflatsiya sur’atlari va valuta kurslari o’zgarishiga operativ ta’sir
ko’rsatilishi;
davlatning pul-kredit va budjet-soliq siyosatini ob’ektiv va mutanosiblikda olib borilishi;
mulkka egalik huquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;
-jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotning
integratsiyalashuvi.
Moliya bozori, jumladan qimmatli qog’ozlar bozori, faoliyat ko’rsatishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
-barcha potensial investorlar o’z mablag’larini foydali tarzda joylashtirishlari uchun ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish;
bozorda tuziladigan bitimlaming ixtiyoriyligi;
erkin raqobat yo’lidagi to’siqlami bartaraf etish;
narxlami real tarkib topadigan talab va taklif asosida belgilash;
-bozor qonun hujjatlariga uning barcha qatnashchilari tomonidan rioya etilishi;
-birja va birjadan tashqari operatsiyalar, kotirovkalar, emitentlaming moliyaviy holati to’g’risidagi axborot oshkor etilishining shartligi;
-o’z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan barcha investorlar va emitentlar uchun bozordan foydalanish mumkinligi;
-moliyaviy instrumentlar va ulaming emitentlariga doir axborotning to’la oshkor etilishini, oshkoralikni va bu axborotdan barcha qatnashchilar foydalana olishini ta’minlash;
investorlar va emitentlaming manfaatlarini himoya qilish;
-bozorda tovlamachilik va boshqa noqonuniy faoliyatni taqiqlash hamda ta’qib qilish.
Moliya bozori faoliyat ko’rsatishining asosiy tamoyillariga rioya etilishi davlatning tartibga solishga oid chora-tadbirlari bilan birga fond birjalari va bozor qatnashchilarining birlashmalari ishlab chiqqan qoidalarini uyg’unlashtirish asosida ta’minlanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston moliya bozorini tartibga solish va barqarorligini ta’minlash quyidagilarda o’z aksini topadi:
-inqirozdan qutulish maqsadida moliya bozorini tartibga soluvchi va mustahkamligini oshimvchi iqtisodiy islohotlarni olib borish;
samarali tartibga solish mexanizmini yaratish;
moliya bozorlarida segmentlar muvofiqligini ta’minlash;
-birjadan tashqari bozor infratuzilmasini yaxshilash orqali derivativlar bozori shaffofligi va barqarorligini oshirish hamda ular bilan bog’liq tizimli risklarni qisqartirish;
moliya tizimi va uni tartibga solish mexanizmini mustahkamlash.
Hozirda moliya bozorining infratuzilmasida uch yuzdan ziyod investitsiya institutlari, beshta birja (Respublika Valyuta Birjasi, “Toshkent” Respublika Fond Birjasi, Respublika tovar-xomashyo Birjasi, Respublika ko’chmas mulk Birjasi, Agrosanoat Birjasi), ikkita birjadan tashqari elektron savdo tizimi (Banklararo savdo tizimi, “Elsis-savdo” elektron savdo tizimi), 1309 ta aksiyadorlik jamiyati, 29 tijorat banki (ulardan 12 tasi aralash mulkchilik shakliga asoslangan banklar, 9 tasi xususiy bank, 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi bank, 3 tasi davlat banki), 25 dan ziyod sug’urta tashkilotlari, budjetdan tashqari fondlar (bandlik, pensiya, yo’l, fermerlar fondlari), banklar va sug’urta tashkilotlarining ko’p millionli mijozlari faoliyat ko’rsatmoqda. Pensiya va boshqa budjetdan tashqari fondlar o’zlarining faoliyatiga qo’shimcha, asosan, davlat qimmatli qog’ozlariga investitsiya qiladilar, faolligi sezilarli emas. Boshqaruvchi kompaniyalaming tahminan 95 %i davlatga tegishli aksiyalar paketlarini boshqaradilar. Investitsiya fondlarining faolligi juda ham past. Umuman olganda, milliy moliya bozori hozircha indikatorlar mezonining ijobiy miqdoriy ko’rsatkichlariga to’liq erishmagan. Chunki moliya bozori qatnashchilarining faolligi sust, muomaladagi moliyaviy instrumentlarining turi kam, kapitalizatsiyasi va likvidliligi past, hajmi kam, oboroti sekin, tartiblashtirish mexanizmi takomil emas va boshqa shu kabi muammolar mavjud. Bularning barchasi vaqtinchalik holat bo’lib, kelajakda boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning moliya bozorlari singari raqobatbardoshlik darajasiga erishishi muqarrar.16 Bunda o’rta va uzoq muddatda O’zbekiston moliya bozorining keskin rivojlanishini bashorat qilsa bo’ladi. Buning uchun unda barcha imkoniyatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |