O`zbekistonda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar. - O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari ham mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining poydevori hisoblanadi. Respublikamiz aholisi muntazam ravishda o‘sib bormoqda. 1990-yilda 20,2 min kishiga teng bo'lgan respublikamiz aholisi 2017-yilga kelib 32,1 min kishigacha ko‘paydi. 2010-yildan keyingi davrda 0‘zbekistonda demografik ko‘rsatkichlardan tug‘ilish har 1000 kishi hisobiga 23-24, o‘lim 5-6, tabiiy ko‘payish esa, bunga mos ravishda, 18, ya'ni 1,8 foizga teng bo`lmoqda. Lekin migratsiya qoldig‘i minimal manfiy darajada (-0,1-0,2 foiz) boMganligi tufayli, aholining yalpi ko‘payish suratlari 1,6-1,7 foizga teng. Qisqa tarixiy davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga kirishish, milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, sanoatni rivojlantirish, mamlakatning oziq-ovqat, energetika va transport xavfsizligini ta'minlash kabi murakkab vazifalar yechimiga bosqichma-bosqich, muvaffaqqiyatli erishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |