Mavzu: O'zbekiston to'qimachilik sanoatining joylashish va rivojlanish xususiyatlari
Reja:
Kirish
I.BOB. О‘ZBEKISTONDA TÓQIMACHILIK SANOATINING PAYDO VA RIVOJLANISHI
1.1. О‘zbekistonda tо‘qimachilik sanoatining paydo bо‘lishi
1.2. О‘zbekistonda tо‘qimachilik sanoatining rivojlanishi
II.BOB. О‘ZBEKISTON TÓQIMACHILIK SANOATI: JAHON STANDARTLARI DARAJASIDAGI SIFAT
2.1. Tо‘qimachilik sanoati taraqqiyoti bosqichlari 2.2. Tо‘qimachilik sanoati: jahon standartlari darajasidagi sifat XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RÓYHATI ILOVA
Kirish
Mavzuning dolzarbliligi. To`qimachilik sanoati – yengil sanoatning tabiiy va sun`iy tolalardan turli gazlama ip va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladigan yirik tarmog`i. U ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish va aholi ehtiyojini qondirishda o`ynaydi.To`qimqchilik sanoati to`qimachilik xomashyosidan ip gazlama, zig’ir tolasidan to`qish,jun,shoyi, noto`qima materiallar, to`qimachilik, attorlik, trikotaj va boshqa sohalarni o`z ichiga oladi. Bu mulohazalardan kelib chiqib, O`zbekiston hududida to`qimachilik va yengil sanoat tarixini o`rganishda sovet davridagi sanoat sohasida erishilgan natijalar yutuqlar tub mohiyatini tarixiy jihatdan xolisona tahlil etish ushbu mavzuning dolzarbligini asoslaydi1. Shukurlarkim, istiqlol tufayli yurtboshimiz Islom Karimov sa'y-harakatlari bilan O'zbekiston tarixini o'rganishga e'tibor keskin o'zgardi. Birinchi prezidentimiz tarixchi olimlarga murojaat qilib, haqqoniy tariximizni tiklashga, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishga chaqirdi. O'quv yurtlarida Vatanimiz tarixi keng va chuqur o'rganilishiga imkoniyat tug'ildi, yoshlarimizda haqiqiy tarixiy ongni shakllantirish uchun zarur sharoit yaratildi. Yurtga hurmat uning o'tmishini o'rganish va bilishga bog'liqligi yana bir bor isbot etildi. O'tmishni o'rganish, uni idrok etish, tarix saboqlaridan to'g'ri xulosa chiqara bilish har bir ma'rifatli inson burchidir. Moziyni tahlil eta bilish kishiga bugunni baholash, anglash, kelajakka ziyraklik bilan nazar tashlash imkonini beradi. Tarixiy ong Vatan o'tmishini idrok etish, o'z xalqi va mamlakatini istalgan joyda va istalgan darajada boshqalarni tanishtira olish uchun uquv desak to'g'ri bo'lar. Tarixiy tafakkur bugun ongli faoliyat ko'rsatishning muhim omillaridan biridir. Shuning uchun ham haqiqiy insonga tarixiy xotira zarur. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" degan ma'nodor ibora mazmunini mahorat bilan yoritib bergan edilar. Xolis tariximizni yaratishga bu qadar katta e'tibor berish bejiz emas. Chunki u ulkan tarbiyaviy ahamiyatga egadir. O'z vatanini, xalqini, umuman inson o'tmishini idrok etish kishida vatanparvarlik hissini uyg'otadi, o'zlikni anglash, insoniylik fazilatlar, milliy madaniyat, an'ana, udumlar ma'nosini bilish, qadriga yetishni o'rgatadi. Moziyga nazar tashlasak, uning bir qator muhim, ibratli jihatlari nigohimiz oldida yaqqol gavdalanadi. Tarix xalqimiz hayotida asrlar davomida peshlangan qadriyatlarimiz negizini, mentalitetimiz asosini tashkil etadi va milliy istiqlol g'oyasining muhim manbai sifatida namoyon bo'ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |