Mavzu: O'zbekiston to'qimachilik sanoatining joylashish va rivojlanish xususiyatlari Reja: Kirish


О‘zbekistonda tо‘qimachilik sanoatining rivojlanishi



Download 0,88 Mb.
bet4/10
Sana27.06.2022
Hajmi0,88 Mb.
#710851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 52176655kurs ishim

1.2. О‘zbekistonda tо‘qimachilik sanoatining rivojlanishi
To’qimachil sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan bо‘lib о‘z tarkibiga paxta tozalash, tikuvchilik, yigiruvchilik, tо‘quvchilik, trikotaj, tо‘qimachilik, pillakashlik, shoyi tо‘qish va charm – poyabzal korxonalarini oladi. Bugun ularning soni 2500 dan ortiq. Zamonaviy sanoat tarmog‘i sifatida XIX ikkinchi asr yarmi va XX asr boshlarida shakllana boshlagan О‘zbekiston to’qimachilik sanoati istiqlol yillarida kо‘p tarmoqli sanoat kompleksiga aylandi. Respublika yalpi sanoat mahsulotida uning salmog‘i 20 foizdan ortiq. 2010-yilda “О‘zbekyengilsanoat” Davlat Aksiyadorlik kompaniyasi о‘z tarkibiga “О‘zpaxtasanoat”, “О‘zbekcharmpoyabzal”, “О‘zbek ipagi” kabi uyushmalarni olib 300 mingdan oshiq kishini ish bilan ta’minladi.

1.2.3-rasm. Termiz “Surxon ipagi” korxonasi7
Tarmoq korxonalari ishlab chiqqan mahsulotlarning 70 foizi tо‘qimachilikka 20 foizi tо‘quv-trikotaj sahasiga, 10 foizi ipakchilikka tо‘g‘ri keldi. Paxta tozalash sanoati bu hisobga kirmaydi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, shо‘rolar davrida О‘zbekiston yetarli xom ashyo resurslariga ega bо‘lishiga qaramay yengil va tо‘qimachilik sanoati yaxshi rivojlanmadi. Masalan, 1940-yilda respublikada 1,3 mln. tonna paxta, 9832 tonna pilla, kо‘plab miqdorda jun va kanop tola tayyorlaganiga qaramay atigi 14,6 ming tonna yigirilgan ip, 107,5 mln, dona trikotaj buyumlari, 8,6 mln. Juft paypoqlar, 3,8 mln, juft poyabzal, 3,8 ming tonna kanop va jun tola ishlab chiqarildi xolos. О‘zbekiston mustaqillika erishgach katta xom ashyo zahirasiga ega bо‘lgan yengil sanoat va uning tarmoqlari jadal rivojlana boshladi. Xorijiy firmalar bilan hamkorlikda istiqlolning dastlabki о‘n yilida 50 dan ortiq qо‘shma korxonalar qurildi. Tarmoqqa chet el sarmoyalarini jalb qilish 1996-yilda 5,25 mln. AQSH dollarini tashkil etgan bо‘lsa 2000-yilda 125 mln. AQSH dollariga yetdi. 2010-yilda О‘zbekistonda xorijiy investorlarning ulushi 85 foizini tashkil etdi. Bunda xorijiy davlatlarning ulushi quyidagicha bо‘ldi: Turkiya- 25%, Janubiy Koreya – 11%, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH har biri 7 foizdan. Shveysariya – 6%, Rossiya Federatsiya – 5% va hakozani tashkil etdi. Bu yengil sanoatda mahsulot ishlab chiqarishni kuchaytirishga, uning sifatini yaxshilashga olib keldi. Eng muhimi chetga xom ashyo emas, balki tayyor mahsulot chiqarish, jahon bozorida uning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini berdi. Natijada 2000-yilda О‘zbekiston yengil sanoati tarmoqlarida 470 mln. m2 ip gazlama, 480 ming m2 jun gazlama, salkam 50 mln. m2 shoyi gazlama, 35 mln. dona trikotaj buyumlari, 6,5 mln. juft poyabzal, 67,5 mln. juft paypoqlar, 2 mln. m2 gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarildi. 2011-yilda esa yengil sanoatda jami 114 ta loyiha amalga oshirilib 521,3 mln. AQSH dollari miqdoridagi invetitsiya, shundan bevosita xorijiy investitsiyalar 201,4 mln. dollar, banklar krediti – 204,8 mln. dollar va mahalliy investorlar ulushi – 115,1 mln. dollar joriy etilib mavjud korxonalar modernizatsiya va rekonstruksiya qilindi, ishlab chiqarish quvvatlari oshirildi. Jumladan, ularning quvvatlari kalava ip ishlab chiqarishda – 198,9 ming tonnaga, tayyor mato – 26,7 mln. pogon metrga, tayyor trikotaj mato – 9,5 ming tonnaga, tayyor tikuvchilik mahsulotlari – 42,6 mln. donaga, xom ipak – 220 tonnaga, paypoq mahsulotlari - 29,2 mln. juftga, gilam mahsulotlari – 748 ming kvadrat metrga oshdi. Shunday qilib, yengil sanoat respublikamiz iqtisodiyotining paxta, pilla, jun kabi qishloq xо‘jalik mahsulotlarini birlamchi va ikkilamchi qayta ishlovchi, ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi yetakchi tarmog‘i bо‘lib qoldi. “О‘zbekengilsanoat” DAK ma’lumotlariga kо‘ra 2010-yilda respublikada jami 2300 ta katta-kichik yengil sanoat korxonalari faoliyat kо‘rsatib ularning 680 tasi tо‘qimachilik, 87 tasi ipakchilik, 411 tasi trikotaj, 1032 tasi tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqargan va hakozo. Korxonalarning katta qismi aholisi zich bо‘lgan viloyatlarda faoliyat yuritgan. Masalan, Andijonda 321 ta, Farg‘onada – 289 ta, Namanganda – 221 ta, Buxoroda – 181 ta, Xorazm va Samarqandda 100 tadan, Toshkent shahrida 516 ta yengil sanoat korxonasi bо‘lib, qolgan viloyatlarda ularning soni 40-90 tani tashkil etdi. Umuman, yengil sanoat korxonalarining yillik о‘rtacha quvvati 373 ming tonna kalava ip, 282 mln. m2 ip gazlama, 81,8 ming tonna
trikotaj mato, 168 mln. dona tayyor tikuv-trikotaj buyumlari, 71,3 mln juft paypoq mahsulotlari ishlab chiqarishga teng. 2021-yilda tarmoqda tovar mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2020-yilga nisbatan 130 foizga, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish esa 149,1 foizga о‘sdi. Agar tarmoqda 2020 yilda 1.169,5 mlrd. sо‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilgan bо‘lsa, 2021-yilda bu kо‘rsatkich 1.508,7 mlrd. sо‘mga teng bо‘ldi. Eksport miqdori 25 foizga о‘sdi. Masalan, 2020-yilda respublikamizning 150 ta eksporter 137 korxonalari jahonning 5 ta davlatida 30 ta savdo uylarini ochib qiymati 600 mln. dollardan ortiq mahsulotni eksport qilgan bо‘lsa, 2021-yilda mos ravishda korxonalar 180 taga, davlatlar soni 10 taga, savdo uylari 40 taga yetgani holda 800 mln. dollarlik mahsulot eksport qilindi. Buni Farg‘ona viloyatida joylashgan va sifatli tо‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga mо‘ljallangan “ANTEKS-GRUP” fabrikalar uyushmasiga kiruvchi 4 ta fabrika misolida kо‘radigan bо‘lsak, quyidagi holatga duch kelamiz. Fabrikalarni umumiy quvvati bir oyda 1000 tonna kalava ip va 240 ming pogon metr gazlama ishlab chiqarishga teng bо‘lib 100 foiz kalava ip, silon va surp tayyorlanadi8. Tovar mahsulotning katta qismi Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Ukraina, Latviya, Germaniya, Belgiya, Italiya va boshqa davlatlarga sotiladi. Umuman eksport tarkibida yengil sanoat mahsulotlari kalava ip – 56,1 foizni, trikotaj buyumlari – 13 foizni, gazlama – 6,6 foizni, trikotaj mato – 5,5 foizni, xom ipak – 2,2 foizni, boshqa mahsulotlar 15,2 foizni tashkil etdi. Yengil va tо‘qimachilik sanoati mahsulotlarining 40 foizi MDH davlatlariga, 18,8 foizi Yevropa Ittifoqi davlatlariga, 16,3 foizi Xitoy Xalq respublikasiga, 15,3 foizi Turkiyaga, 4,9 foizi Janubiy Koreyaga va 4,7 foizi boshqa davlatlar hissasiga tо‘g‘ri keldi. Hozirda Respublikamiz Prezidenti va hukumati yengil sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor bermoqda. Natijada tarmoq strategiyasini belgilovchi qator meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Bular: О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-2021 yillarda qabul qilingan bir qator qarorlari, nutq va ma’ruzalari, shuningdek hukumatimiz qarorlari va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlardir. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi gazlamalar bо‘yicha 13,3 foizdan 16,6 foizga, tayyor mahsulotlar bо‘yicha 15,4 foizdan 33,8 foizga, paypoq mahsulotlari 0,8 foizdan 1,1 foizga о‘sgani holda kalava ip ishlab chiqarish 55 foizdan 44 foizga, trikotaj mato 9,8 foizdan 4,4 foizga kamaydi. Demak, asosiy e’tibor chetga xomashyo emas, balki tayyor mahsulot chiqarishga qaratilmoqda. Shuningdek, mazkur dasturning amalga oshirilishi natijasida ichki bozorni, ya’ni aholi ehtiyojlarini qondirish tayyor gazlamalar bо‘yicha 130,6 foizga, tikuv-trikotaj mahsulotlari bо‘yicha 118,1 foizga, paypoq mahsulotlari bо‘yicha 63 foizga qondirilishiga erishish kutilmoqda9. Xulosa qilib aytganda, xozirgi kunda Respublikamizda to’qimachilik sanoat korxonalarini qurish, paxtani qayta ishlashni ikki barobar oshirib 65-70 foizga yetkazish, minglab odamlarni ish bilan ta’minlash ko’zda tutilmoqda.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish