Mavzu: O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri. Reja



Download 34,34 Kb.
bet2/8
Sana16.03.2022
Hajmi34,34 Kb.
#497002
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAVZU 2

Matriarxat (lot. mater-ona va yun. Arche-ibtido, hokimiyat; aynan-ona hukmronligi), ginekokratiya-asosan, ibtidoiy jamiyatning ilk davridagi ijtimoiy tuzum shakllaridan biri.
Ba'zi xalqlarda patriarxatdan oldin mavjud bo‘lgan, ayrimlarida urug‘chilik tuzumidan sinfiy jamiyatga o‘tish davrida ham saqlangan. Matriarxatda ayollar hukmron mavqega ega bo‘lgan, mulk va nasl-nasab ijtimoiy mavqe ona urug‘i bo‘yicha o‘tgan, nikoxdan so‘ng er xotin jamoasiga ko‘chgan (matrilokal nikoh) yoki er va xotin o‘z jamoalarida alohida-alohida yashagan. M.Jan-Sharqiy Osiyodagi ayrim xalqlar (mas, minang kabau va mikronezlarning ayrim guruhlari) da hoz. ham saqlanib qolgan. Matrilokal nikoh (lot. Mater -ona va locus-joy) nikohdan so‘ng ko‘chib o‘tish shakllaridan biri. Asosan matriarxat davrida mavjud bo‘lgan. M.n.da er xotin jamoasiga ko‘chib o‘tgan. M.n. er bilanxotin juft yashashining ilk ko‘rinishidir. Hozir ba'zi xalqlarda kuyovning kelin uyiga vaqtincha yashab qolishi, ichkuyov va b. shaklda saqlanib qolgan (yana q. Nikoh).
Patriarxat-ibtidoiy jamiyat davriga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar shakli. Paleolitda jamiyat, xo‘jalik, oilada erkak hukmron mavqega ega bo‘lgan. Paleolitning xo‘jalik faoliyati: omoch bilan yer haydash, chorvachilik, metallga ishlov berish. Bu davrda ibtidoiy jamiyat emirilib, uning so‘nggi bosqichida mulkiy tabaqalanish va davlat yuzaga kelgan.
Paleolit (paleo... va lot. «lithos»-tosh)-qad. tosh davri. Tosh davrini 2 bosqichga: Paleolit qadimgi va neolit-yangi tosh asrlariga bo‘lib o‘rganish dastlab 1865 y. ingliz arxeologi J.Lebbok tomonidan fanga kiritilgan. Paleolit quyi (ilk), o‘rta va yuqori (so‘nggi) qadimgi tosh davrlariga bo‘linadi. Paleolit eng qad. ibtidoiy odamlarning qazilma ilk zotlari hayot kechirgan ulkan tarixiy zamon hisoblanadi. O‘sha qad. zamonda yer qurrasining iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi biz yashab turgan davrdan mutlaqo o‘zgacha bo‘lib, undan keskin farq qilgan. Paleolit davrining ibtidoiy odamlari kertilgan dag‘al tosh qurollardan foydalanganlar. Ular tosh qurollarga sayqal berish hamda sopol idish yasashni hali bilmaganlar. Asosan, ovchilik va termachilik bilan kun kechirib, ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilik kabi mashg‘ulotlarni hali kashf etmaganlar.
Yer qurrasi qit'alarining turli mintakalarida ibtidoiy odamning ilk zotlari Paleolitning turli bosqichlarida yuzaga kelgan va bir necha million yil davomida yashab, o‘zidan ma'lum darajada moddiy izlar qoldirgan. 20-a.ning 2-yarmida o‘tkazilgan keng ko‘lamli arxeologik izlanishlar va qazishlar tufayli 4 qit'a mintaqalaridan ilk Paleolit davriga mansub qator noyob yodgorliklar topilib tadqiq etildi. To‘plangan moddiy topilmalar majmuasi arxeologik va antropologiya jihatidan sinchiklab o‘rganilib, eng qadimgi odam-arxantroplarning yashagan va tarqalgan hududlari, davrining bosqichlari borasida jiddiy aniqliklar kiritilib, fanda muayyan kashfiyotplar ilk bor hayot kechirgan mintaqalar va tarqalgan xududlar doirasi kengayib, sanasi qadimiylashdi. Keyingi yarim asr davomida topilib, tadqiq etilgan eng qad. qazilma odam suyaklari qoldiqlari va dag‘al tosh qurollardan ma'lum bo‘lishicha, arxantroplar ilk Paleolit davrida, asosan, Sharqiy va Markaziy Afrika, Jan-Sharqiy va Jan.Osiyo hamda O‘rta Osiyo va Evropaning jan., shuningdek, markaziy qismlarida istiqomat qilgan ekan. Ular fanda Olduvay, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop va geydelberg kabi qator nomlar bilan yuritilsada, umumiy ibora bilan «Xomo xabilis», ya'ni «ishbilarmon odam» deb ataladi. Afrikaning eng qad. odamlari zamonamizdan 4,5-4, 3,5-2 mln. yil muqaddam, Yevropa arxantroplari esa 2,5-2 mln. yil bilan 200-150 ming yilliklar oraligidagi davrda xayot kechirganlar. Osiyoning iqlimi, o‘simlik va xayvonot dunyosi ham ilk Paleolit davrida eng qad. odamlarning yashashi uchun qulay bo‘lgan. Keyingi 60-70 y. davomida topilib, o‘rganilgan ko‘pdan-ko‘p moddiy qoldiqlar (asosan, qazilma odam suyaklari va dag‘al tosh qurollar)ga qaraganda, Osiyo arxantroplari (pitekantrop va sinantrop) hayot kechirgan davr 1,5-1 mln. yildan to 500 ming yilliklar oralig‘ida kechgan.
O‘rta Osiyoda yashagan eng qad. odamlar pitekantrop va sinantroplarga zamondosh bo‘lganlar. Ular tog‘ ungurlari va g‘orlardan boshpana, makon va manzilgox sifatida foydalanishgan. Qayroqtosh va chaqmoqtoshlardan cho‘qmor, chopping va chopper kabi dag‘al tosh qurollar yasab, ulardan irg‘itgich, urg‘ich, chopqich, kavlagich va keskich sifatida foydalanganlar. Qo‘l cho‘qmori va chopperlar, dastavval, Fransiyaning Sent Ashel makonidan topilgani uchun fanda bunday tosh qurollar ashel qurollari nomi bilan yuritiladi.
Ilk Paleolit yodgorliklari O‘rta Osiyoda Farg‘ona vodiysining So‘x soyi sohilida joylashgan Selungur yurit, Ohangaron vodiysining Qizilolmasoy bo‘yida, Ko‘lbuloq manzilgohida, Jan.Tojikistonning Ko‘ldara va Jan.Qozog‘istonning Aristandi vodiysida topib o‘rganildi. Selungur g‘oridan ibtidoiy odamning suyak qoldiqlari (bosh chanog‘ining bo‘lagi, yelka suyagi va o‘ndan optiq tishlari) topilib, tadqiq etildi.
Bu davrga mansub Ko‘lbuloq manzilgohida eng qad. odam to‘dalari qariyb yarim mln. yil davomida deyarli uzluksiz yashagani ma'lum bo‘ldi. Shu bois yodgorlik ostida 20 m dan ortiqroq qalinlikda madaniy qatlam hosil bo‘lgan. Qariyb 20 yillik qazish (M. Qosimov) jarayonida 30 mingdan ortiq tosh qurollar (cho‘qmor, qirg‘ich pichoqsimon keskich va nukleuslar), hayvon va parranda suyaklari hamda turli xildagi o‘simlik qoldiqlari qayd etiladi. Bu topilmalar, shubhasiz, ilk Paleolit odamining nihoyatda sermashaqqat hayoti, tosh qurollar yasash usullari va xom ashyosi, shuningdek, o‘sha zamon tabiiy va unga boqim bo‘lgan Ko‘lbuloqning ovchi va termachilarning iste'mol qiluvchilik xo‘jaligi haqida guvohlik beradi (q. Ko‘lbuloq manzilgohi). So‘zsiz, Selungur va Ko‘lbuloq yodgorliklarining arxeologiya jihatidan qazib o‘rganilishi tufayli O‘rta Osiyo eng qadimgi odamlar yashagan maskanlar qatoridan o‘rin oldi.
Paleolitshunoslik tobora yangi noyob yodgorliklar bilan boyib, paleoantropologik topilmalarni har tomonlama sinchiklab chuqur tadqiq etilishi bilan nafaqat arxantroplarning yashagan va tarqalgan hududlari kengayib, davri qadimiylashtirildi, balki, ularning bevosita avlodlari borasida fanda Yangi fikr-mulohaza va g‘oyalar paydo bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha, arxantroplarning avlodlari-paleoantroplar zamonamizdan qariyb 500 ming yil muqaddam shakllanib, 150-140 ming yilliklardan boshlab 100 ming yildan oshiqroq davr davomida neandertallar bilan yonma-yon yashagan ekan. Neandertallar esa odamzotning bevosita ajdodi hisoblanmagan. Ular maymunsimon jonzotlarning rivoj topmay qurib qolgan butog‘i sifatida talqin etilmoqda. O‘rta paleolit davrida ob-havo keskin pasayib, muzliklar davri boshlanadi. Havoning sovushi oqibatida va o‘simlik dunyosi ham tubdan o‘zgaradi. Issiq iqlimga moslashgan hayvonlarning bir qismi janubiy mintaqalarga siljib, qolgani halok bo‘ladi. Ularning o‘rnini yangi sharoitga ko‘nikkan chidamli mamontlar, yungdor karkidonlar, uzun shoxli bizonlar, qo‘toslar, bug‘ular, arxarlar va boshqa hayvonlar egallaganlar. Bu davrda ovchilik xo‘jaligi takomillashib odam to‘dalarining to‘plari kattalashgan. Tosh va suyaklardan turli xildagi ov qurollarini yasash takomillashgan. Yirik hayvonlarga ommaviy ov qilish tufayli katta to‘dalarga uyushgan qadimgi odamlar olov hosil qilishni kashf etganlar, gulxanlar yoqib, sovuqdan va xavf-xatardan saqlanishni, go‘shtni o‘tda pishirib iste'mol qilishni bilishgan. Yirik hayvon suyaklari, mamont tishlari va kuraklari hamda xodalardan jar, soy va ko‘l yoqalarida yarim yerto‘la kulbalar qurib, tomini hayvon terilari bilanyopib, sahniga po‘staklar to‘shashgan. Suyaklardan teshgich, bigiz, so‘zan va ignalar yasab, terilardan yopinchiqlar tikib kiyishgan. O‘rta paleolit davri oxirida esa marhumlarni dafn etish marosimi paydo bo‘lgan. O‘rta Osiyoda 50 dan ortiq o‘rta tosh davrining yodgorliklari topilib, o‘rganildi. O‘zbekistonda ular Toshkent viloyatida Obirahmat, Xo‘jakent, Paltov, Ko‘lbuloq; Samarqand viloyatida Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Xo‘jamazgil; Navoiyda Uchtut degan joylarda tekshirilgan. Hatto Surxondaryoning Boysun tumanida Teshiktosh unguridan o‘rta paleolit davriga tegishli 8-9 yashar bolaning qabri topilgan. Bu, shubhasiz, fan olamida jiddiy kashfiyot edi. O‘rta Paleolit davrida ming yilliklar osha erishilgan hayotiy yutuqlar urug‘doshlik jamoasi va uning ilk madaniyatini shakllanishiga asos bo‘lgan.
Yuqori Paleolit mil. av. 40-35 ming yilliklardan 12-10 ming yillikka qadar davom etib, muzliklarning oxirgi (vyurm) bosqichida kechdi. Bu davrda yirik hayvonlarni ov qilish tufayli odam to‘dalarining katta to‘plarga birlashishi; mayda tuda ichida ekzogamiya urf-odati muqimlashib, urug‘ jamoasi (matriarxat) ning qaror topishi; uzoq vaqt muttasil pishirilgan go‘shtni iste'mol qilish va tabiiy tanlov jarayoni tufayli odamning jismoniy qiyofasi ham o‘zgardi. Bu davrda hoz. zamon qiyofadagi ajdod-neoantrop, ya'ni «yangi odam» shakllandi. Bunday odamning mehnat qurollari va suyak qoldiqlari dastlab 1868 y.da Fransiyaning Kromanon qoyasi yaqinida topilib, o‘rganilgani uchun u tarixda kromanon nomi bilan shuhrat topdi. Keyingi bir asr davomida Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya hududlaridan kromanonlarning yuzlab makonlari, har turli nayza va kamon o‘qining tosh paykonlari, suyak va hayvon shoxlaridan yasalgan bigiz, igna, qarmoq, burg‘u (parma) va xilma-xil bezakli ashyolar topilgan.
O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekistonda yuqori Paleolit yodgorliklari-Ko‘lbuloq, Tuyabo‘g‘iz, Siyobcha, Takalisoy, Xo‘jamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi o‘nlab yarim yerto‘la turar joy qoldiqlari topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh qirg‘ichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh qurollar, tosh yo‘ngichlar, suyakdan yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda kulon, tuya, bug‘u va to‘ng‘iz suyaklari qayd etiladi. Siyobcha makonida esa yuqori Paleolit odamining jag‘i, tishlari va qo‘l suyaklarining topilishi, ayniqsa, noyobdir. Shunday qilib, yuqori Paleolit davrining boshlaridayoq zamonaviy qiyofadagi odam shakllanib, u fanda «Xomo sapiens»-«aql-idrokli odam» nomini oldi. Bu davrda iqlim sharoitning ta'siri oqibatida odamzodning irqi (yevropoid, negroid va mongoloid) hamda har xil antropologik turlari vujudga keladi. Bu irqlarning jamoalari Osiyo orqali avval Avstraliya, so‘ngra esa Bering bo‘g‘ozi o‘rnida joylashgan quruqlik orqali Amerika qit'asiga tomon siljigan bo‘lsalar, ulardan bir qismi Yevropada va boshqa bir turi esa Afrikada yashaganlar. Yuqori Paleolit davrida o‘q-yoy kashf etilib, tasviriy san'at yuzaga kelgan. Kromanon odamlari istiqomat qilgan g‘orlarning (Altamira) shiplari va devorlarida rangli bo‘yoqlar bilan ov manzaralari tasvirlari tushirilgan. Suyak va toshlardan ayollarning va turli hayvonlarning haykallari yasalgan. Yuqori Paleolitning yodgorliklari fanda Orinyak, Solyutre va Madlen madaniy nomlari bilan 3 bosqichga bo‘lib tadqiq etilgan.

Download 34,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish