Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasida soliq siyosatini rivojlanish bosqichlari. Reja: kirish



Download 142,52 Kb.
bet4/6
Sana04.12.2022
Hajmi142,52 Kb.
#878724
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oʻzbekiston Respublikasida soliq siyosatini rivojlanish bosqichlari

Soliq subyekti — soliq to’lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki boshqacha qilib aytganda soliq subyekti — bu soliqqa oid munosabatlarni tashkil etuvchi tomonlarning o’zaro majmuasi bo’lib, unda bir tomondan soliq to’lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar), boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari — Davlat soliq qo’mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalari qatnashadi.O’z faoliyatida barcha yuridik va jismoniy shaxslar soliq subyekti sifatida namoyon bo’lmaydi. Chunki, bu yerda soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar mavjudki, ular soliq subyekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok etmaydilar.
Soliqqa tortish predmeti — soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo’lgan huquq emas, balki ularning o’zidir, ya’ni soliq solish obyekti bo’lib biror-bir soliq predmetiga bo’lgan huquq tushunilsa, predmet bo’lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalarning o’zi tushuniladi. Soliq obyekti yoki soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo’lsa, unda soliqni to’lash majburiyati, ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz mumkinki, soliqqa tortish predmetiga egalik qilish huquqi soliq obyektini vujudga keltirsa, o’z navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq subyektini yoki soliq to’lovchisini namoyon etadi. Soliq stavkalari respublika va mahalliy budjetlar xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashda muvozanat darajasini hamda xo’jalik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini belgilaydi. Demak, ular moliya-budjet munosabatlarini sog‘lomlashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Soliq stavkalari korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaganlari holda, moliya-budjet munosabatlarining pul muomalasiga ko’rsatadigan salbiy ta’siriga barham bera olishi ham kerak. Bu esa, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq islohotining muhim jihatini tashkil etadi. Soliq elementlari tarkibida soliq stavkalari alohida o’rin tutadi. Iqtisodiy adabiyotlarda soliq stavkasi deganda soliq obyektining har bir soliq birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo’yilgan me’yor tushuniladi.Soliq stavkasining ahamiyati soliq obyektini qancha qismi qanday miqdorda majburiy to’lov sifatida budjetga undirishini xarakterlaydigan masalaga javob beradi. Soliq stavkalarini mohiyati shundaki, ular soliq obyekti, soliq birligi va soliq normalariga asoslangan holda soliq mexanizmini samarali ishlashini ta’minlaydi. Soliq stavkalaridan davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida foydalanilsa, boshqa tomondan soliq imtiyoz- larini bir turi sifatida ular orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag‘batlantirish rolidan foydalaniladi.


Soliq stavkalari ikki xil ko’rinishda: qat’i stavkalarda va nisbiy (foiz) stavkalarda ifodalanadi. Soliq stavkasi bilan soliqqa tortish obyekti o’rtasidagi bog‘liqlik darajasiga qarab soliq stavkalarini proporsional, progressiv va regressiv kabi turlarga ajratish mumkin.Soliq stavkalari turlaridan biri – bu proporsional soliq stavkalari bo’lib, bu soliq stavkalarining asosiy mohiyati shundan iboratki, soliq to’lovchi ega bo’lgan foyda (daromad), dividend, oborot yoki mol-mulk qiymatining hajmi (summasi) qancha bo’lishidan qat’i nazar bir xil tartibda, ya’ni bir xil foizda soliq stavkasi qo’llaniladi. Masalan, dividend uchun barcha soliq to’lovchilari soliq stavkasi 10 foiz qilib belgilangan. Bundan tashqari, qo’shilgan qiymat solig‘I stavkasi ham bugungi kunda proporsional soliq stavkasi hisoblanadi. Har qaysi soliq to’lovchi qancha oborot (realizatsiya)ga ega bo’lishidan qat’i nazar 20 foiz stavka bo’yicha soliq to’laydi. Shuningdek, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo’yicha ham proporsional soliq stavkasi qo’llaniladi. Respublikamiz soliq tizimida amal qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq uning obyekti 500 ming so’m bo’lganida ham 800 ming so’m bo’lganida ham soliq stavkasi o’zgarmay qolaveradi, ya’ni soliq obyektining o’zgarishi soliq stavkasining o’zgarishiga ta’sir qilmaydi.


Soliq stavkalarining keyingi turi progressiv soliq stavkasi hisoblanadi. Progressiv soliq stavkasi mohiyati jihatidan proporsional soliq stavkasiga nisbatan teskari holatda amal qilib, unga muvofiq soliq to’lovchilarning daromadlari, foydasi yoki oboroti ortib, o’sib borishiga muvofiq tarzda soliq stavkasining ham ortib borishi tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida buni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i misolida ko’rish mumkin. Bunga muvofiq, jismoniy shaxslarning olgan daromadi oshib borishi bilan birga belgilangan shkala asosida soliq stavkasi ham oshib boradi. Masalan, jismoniy shaxsning umumiy olgan daromadi eng kam ish haqining olti baravarigacha miqdoridan 13 foiz stavkada, eng kam ish haqining olti baravaridan o’n baravarigacha bo’lgan qismidan 18 foiz stavkada, eng kam ish haqining o’n baravaridan ortgan qismidan esa 25 foiz stavkada soliq undirilishi belgilangan (2018-yil uchun).O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida to’g‘ri soliqlardan tashqari egri soliqlar ham amal qilib, ushbu soliq turlari bo’yicha ham tabaqalashtirilgan soliq stavkalari qo’llaniladi. Qo’shilgan qiymat solig‘i eng asosiy soliq turlaridan biri bo’lib, bu asosan, oborotdan olinadigan va sotuvdan olinadigan soliqlarning o’rniga kiritilgan. Qo’shilgan qiymat solig‘i bo’yicha dastlabki yilda 32 foizli stavka qo’llanilgan bo’lsa, bugungi kunda umumiy tartibda 20 foizlik va nollik stavka bo’yicha soliq undirilmoqda. Egri soliqlarning yana bir turi bo’lgan aksiz solig‘I bo’yicha ham tabaqalashtirilgan soliq stavkalari qo’llanilgan bo’lib, bu soliq turida soliq stavkalarini tabaqalashtirishda boshqa soliqlardan farqli ravishda soliq stavkalari soliq to’lovchilarning ishlab chiqarish faoliyati sohalar yoki soliq to’lovchilarning joylanishiga qarab emas, balki aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar ro’yxati bo’yicha tabaqalashtirilgan.




Download 142,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish