Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasida soliq siyosatini rivojlanish bosqichlari. Reja: kirish


O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari



Download 142,52 Kb.
bet5/6
Sana04.12.2022
Hajmi142,52 Kb.
#878724
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oʻzbekiston Respublikasida soliq siyosatini rivojlanish bosqichlari

3.O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari.
Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol ko'rsatish uchun shu davrni uch bosqichga bo'lib ko'rsatish mumkin.
Birinchi bosqich 1991-1994 yillar - O'zbekistonning o'z soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir.
Respublikamizning o'z soliq tizimini yaratishda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to'grisida”gi qonun birinchi qonun bo'ldi. U o'zida birinchi marta soliq tizimining tuzilishi va ishlashining umumiy asoslarini aniqlab berdi, soliqlarni hisoblash va undirish tartibini o'rnatdi. 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasi fuqorolari, chet el fuqorolari va fuqoroligi bulmaganlardan olinadigan daromad soligi to'grisida”gi qonunga bir qancha o'zgarishlar bilan qabul qilindi. Bu qonunga binoan soliq ob'ekti kengaytirildi, ya'ni ilgari daromad soligini jamoa xo'jaligi orqali to'lab yurgan jamoa a'zolari to'gridan to'gri o'zlari to'laydigan bo'ldilar.
1993 yil 7 mayda O'zbekiston Respublikasining “Maxalliy soliqlar va yigimlar to'grisida”gi qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy shaxslarning mulk solig`i, yer solig`i, kurort zonalarida ishlab chiqarish ob'ektlari qurilish soligi, reklama soli\i, avtomobilь vositalarini qayta sotish solig`i, transport vositalarini egalaridan soliqlar va 13-ta har xil yigimlar kiritildi.
Soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslashtirish va korxonalarning ishlab chiqarishni rag`batlantirishga qaratish davridir. Bu davrga 1995 —1997 yillar to'gri keladi.
Bu davrda soliqlar ishlab-chiqarish samarodorligini oshirishga ta'sirini kuchaytirishga bagishlandi. Ularga soliqlardan xilma-xil imtiyozlar berildi. Ayniqsa yuridik shaxslarning foydaga (daromad) solig`idan imtiyozlar ko'p edi, 1995 yildan boshlab korxonalar har bir foiz maxsulot ishlab chiqarish hajmini ko'paytirgani uchun 0,3 %dan foydaga soliq stavkasi kamaytirildi.
Xalq xo'jaligini iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirish va tuzilmaviy jihatdan qayta qurish soliq tizimini isloh qilishni talab etdi va ko'plab korxonalar va tashkilotlarning foyda soligini daromad soligi to'lashga o'tishi amalga oshirildi. Uning o'rtacha stavkasi 37 foiz etib belgilandi. Soliq to'lovchilar uchun imtiyozlar ko'zda tutildi. 1995 yildan boshlab soliq tizimini birxillashtirish boshlandi. Bir qator kam samarali soliqlar: respublika tashqarisiga olib chiqiladigan xom ashyo resurslari uchun soliq, hisoblab \zilgan amortizatsiyadan byudjetga 30 foiz unidirish va boshqalar bekor qilindi. Jamoa xo'jaligi a'zolari va xalq xo'jaligining boshqa sohalarida ishlayotganlar uchun soliqqa tortishning yagona tartibi o'rnatildi. Ya'ni, jamoa xo'jaligi a'zolari mehnatiga haq to'lash jamgarmasini soliqqa tortish bekor qilindi va ularga nisbatan fuqarolar daromad soligi to'grisidagi qonunchilik tatbiq etildi. Fuqarolar daromadiga solinadigan soliq shkalasi o'zgartirildi.


XULOSA
Mamlakatimiz soliq tizimidagi islohotlar milliy iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.Soliqlar aslida davlatning mustahkam byudjetini shakllantirishga qaratilgan tushumlar manbai hisoblanib, hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga qayta yo‘naltirilishi bilan ahamiyatlidir. Shu bois har bir fuqaro o‘zi tasarruf etgan mulki yoki daromadining belgilangan ulushini mamlakat rivoji uchun ajratishi bu iqtisodiy jarayonning barqarorligini ta'minlaydi.Mustaqil O‘zbekistonimizda har bir islohot inson hamda uning manfaatlari uchun amalga oshirilayotganini joriy yil avvalidan Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining qabul qilinishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona 12 foizga tushirilgani, konsepsiyaning mantiqiy davomi sifatida soliq va bojxona sohasidagi imtiyozlarni tartibga solish borasida huquqiy asosning ishlab chiqilgani, yanada e'tiborlisi, tadbirkorlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining 20 foizdan 15 foizga, yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining esa 25 dan 12 foizga pasaytirilganida ham ko‘rish mumkin.Darhaqiqat,soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar avvalo tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy faoliyat ortidan halol daromad orttirishiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Prezidentimizning 2019 yil 26 sentyabr “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni soliq yukini kamaytirish va tadbirkorlik sub'yektlarini soliqqa tortishdagi nomutanosibliklarni qisqartirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Bu bilan qo‘shilgan qiymat solig‘ining uzluksiz “zanjiri”ni shakllantirish, iste'mol bozorining barqarorligini ta'minlash hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish uchun munosib sharoit yaratish maqsadida joriy yilning 1 oktyabridan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi.Endi tahlillarga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, birgina Navoiy viloyatida qariyb 2 ming nafar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari mavjud bo‘lsa, avvalgi tartibda bir oyda o‘rtacha 80 milliard so‘m davlat byudjetiga majburiy to‘lovlarni amalga oshirgan. Joriy yil 1 oktyabrdan boshlab yangi tartib joriy qilingach noyabr va dekabr yakuni bilan ya'ni 2 oyda byudjetga tushum qariyb 42 milliard so‘mga kamayadi. Demak, bir oyda o‘rtacha 21 milliard so‘mdan ortiqroq mablag‘ iste'molchilar ixtiyorida qolmoqda.Joriy yil boshidan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar ikki xil rejimda soliq to‘lab kelmoqda. Ya'ni, tovar aylanmasi 3 milliard so‘mgacha bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar soddalashtirilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i rejimida va tovar aylanmasi 3 milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar umumbelgilangan rejimda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lamoqda. Vaholanki, ushbu holatda bir xil ishlab chiqarishga ega bo‘lsada, yirik korxona 20 foizli stavkada, kichik korxona esa tabaqalashtirilgan holda faoliyat turidan kelib chiqib, o‘rtacha 7 foiz stavkada byudjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydi. Bu bir xil ishlab chiqarishga ega soliq to‘lovchilarning soliq yuki mutanosib emasligidan dalolat berardi.

Download 142,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish