Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasida soliq siyosatini rivojlanish bosqichlari. Reja: kirish


O’zbekistan Respublikasi soliq tizimining shakllanishi va rivojlanishi



Download 142,52 Kb.
bet3/6
Sana04.12.2022
Hajmi142,52 Kb.
#878724
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oʻzbekiston Respublikasida soliq siyosatini rivojlanish bosqichlari

2.O’zbekistan Respublikasi soliq tizimining shakllanishi va rivojlanishi.
Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida ta’kidlangan muhim o’rnini belgilovchi bir qancha funksiyalari mavjud. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliqlarning o’rnini belgilovchi quyidagi asosiy omillarni ko’rsatib o’tish mumkin:
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishning zarurligi. Ma’lumki, respublikamizda iqtisodiyotni isloh qilish va davlat qurilishini amalga oshirish mamlakat Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholi, ayniqsa, uning kam ta’minlangan qatlamlari yetarli darajada ijtimoiy himoyalangan bo’lishi kerak.
Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish zarurligi omili. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yaponiya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik yetakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdi. Bu, eng avvalo, uning mamlakatga chet el valuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo’ldi. O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini o’tamoqda.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, qishloq xo’jaligida soliq, kredit vositalari yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu sababli, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-oktabrdagi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-dekabrdagi 539-sonli qaroriga muvofiq qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliq va yig‘imlar o’rniga budjetga 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab yagona yer solig‘ini to’lash tartibi joriy qilindi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning o’rnini belgilovchi asosiy omillardan yana biri — hozirgi kunda ko’payib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va huquqiy shaxslarning daromadlarini jalb qiluvchi mukammal soliq to’lovini yuzaga keltirish.
Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi xususiy tadbirkorlik faoliyatini keng quloch yoyishi va xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, tadbirkorlar daromadini hisobga olishni qiyinlashtiradi. Xususiylashtirilgan bitta korxona o’rnida o’nlab kichik, xususiy va jamoa mulkiga asoslangan korxonalar paydo bo’ladi. Mukammal soliq mexanizmi yaratilmaganligi uchun daromadlar summasini aniqlashda jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yilishi mumkin.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-sonli qaroriga muvofiq kichik korxonalar uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliqlar o’rniga budjetga ixchamlashtirilgan soliq to’lash imkoniyati vujudga keldi. O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda ixchamlashtirilgan soliq tizimining joriy qilinishi bu tadbirkorlar uchun davlat tomonidan ko’rsatilgan katta yordam bo’ldi.Soliqlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri, asosan, ularning stavkalari darajasining miqdori bilan belgilanadi. Respublika soliq tizimining shakllanishini hozirgi bosqichida soliq stavkalarining darajasi eng munozarali masalalardan hisoblanadi.
Soliq stavkalari respublika va mahalliy budjetlar xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashda muvozanat darajasini hamda xo’jalik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini belgilaydi. Demak, ular moliya-budjet munosabatlarini sog‘lomlashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Soliq stavkalari korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaganlari holda, moliya-budjet munosabatlarining pul muomalasiga ko’rsatadigan salbiy ta’siriga barham bera olishi ham kerak. Bu esa, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq islohotining muhim jihatini tashkil etadi.Soliqqa tortish tizimining asosiy bo’g‘ini hisoblangan soliq elementlari esa soliqqa tortishda ifodalanadigantushunchalar bo’lib, ular soliq to’lovchilar va davlat budjeti o’rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo’ladi. Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to’liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarni har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi.Soliq elementlari ham xuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushunchadir. Soliq elementlari tushunchasi soliqqa tortish tizimining muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning o’zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi.Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo’lib, ular tarkiban: soliq subyekti, soliq obyekti, soliq predmeti, soliq manbai, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq normasi, soliqni to’lash muddatlari, soliq yuki, soliq bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari kabi tushunchalarni qamrab oladi.

Download 142,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish