Mavzu: “O‘zbekiston Respublikasida axborotlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta’limi tizimini axborotlashtirishga oid Farmon va Qarorlari



Download 364,59 Kb.
bet2/5
Sana27.06.2022
Hajmi364,59 Kb.
#710194
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy ish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta’limi tizimini axborotlashtirishga oid Farmon va Qarorlari

Ta’lim tizimi uchun axborotlashtirish jarayoni — yetuk barkamol shaxslarni jadal rivojlanib borayotgan, axborotlashgan jamiyat sharoitlariga va kelajak hayotga tayyorlash, ta’lim mazmuni, o‘qitish metodlari hamda ta’lim shakllarini o‘zgartirish, o‘sib kelayotgan avlodda o‘z hayotini muvaffaqiyatli va mustaqil qurish ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Ta’lim tizimini axborotlashtirish bu butun ta’lim jarayonini samarali tashkil etishdir. Bunda asosan fanning so‘nggi yutuqlariga tayangan holda har bir o‘quvchi va umumiy jamoaning o‘zlashtirganlik faoliyati natijalari, ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini samarali tatbiq etish darajasi aniqlanadi.
Ta’lim tizimini axborotlashtirish — bu kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish, ta’limda yangi sifat ko‘rsatkichiga erishishdir. Buning uchun ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishda o‘qituvchilarning malakasini oshirish va metodik qo‘llab-quvvatlash zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5349-son Farmonida asosiy kamchiliklardan biri sifatida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi IT-texnologiyalar rivojlanishining tezkor sur’atlari hisobga olinmayotganligi, shuningdek, ta’lim berishning ilg‘or uslublarini joriy etish uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari bilan samarali muloqotni tashkil qilish imkonini bermayotganligi takidlangan. Ushbu kamchiliklani bartaraf etish maqsadida yetakchi xorijiy kompaniyalar va ta’lim muassasalarining eng yaxshi amaliyoti asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida strategik va loyiha boshqaruvi, menejment, marketing bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil qilish masalalarini ijobiy hal qilish vazifalari belgilandi. Shu bilan birga telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining sifatli mobil aloqa, Internet tarmog‘idan keng doirada foydalanishini ta’minlash dasturlari va loyihalari ishlab chiqish orqali yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish imkoni beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son Qarori bilan Vazirlik huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining nomi Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi deb o‘zgartirildi. Vazirlikka, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarga hamda umumta’lim muassasalariga Markaz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqi berildi. Shu bilan Qarorda xalq ta’limi vazirligining asosiy vazifalaridan biri sifatida mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangilangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish belgilandi.
Qarorida xalq ta’limi tizimidagi muassasalarni optik tolali aloqa liniyalari bilan ta’minlash belgilangan. Mamlakatimizda 10 mingta ta’lim muassasasi bosqichma-bosqich Internet aloqa vositalari bilan ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Unga ko’ra 2019-yilda 4152 ta, 2020-yilda 4367 ta, 2021-yilda 1600 ta ta’lim muassasasini to‘liq optik tolali aloqa liniyalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
2020 yil I yarim yillik holatiga ko‘ra 5220 ta (Respublikamizning 55%) maktablarga optik tolali aloqa liniyalari tortilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son Qarorining “2020 - 2022 yillarda elektron hukumatni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalar” deb nomlangan 5-ilovasida quyidagi loyihalar amalga oshirilishi belgilangan:
keng omma uchun darsliklardan elektron shaklda foydalanish imkoniyatini beruvchi yagona ta’lim platformasini joriy etish;
xalq ta’limi tizimidagi o‘qituvchilarning malaka toifasini aniqlash bo‘yicha yagona test tizimini joriy etish;
o‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olish, o‘qituvchilar faoliyatiga oid statistika va hisobotlarni shakllantirishni nazarda tutuvchi «Elektron kundalik» yagona tizimini (kundalik.com) joriy etish;
sinov tariqasida “Elektron shahodatnoma” axborot tizimini joriy etish
Qarorning “2020 — 2022 yillarda axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalar” deb nomlangan 8-ilovasida quyidagi loyihalar amalga oshirilishi belgilangan:
respublika hududlarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini kengaytirish maqsadida keng polosali telekommunikatsiya tarmog‘ini 800 ming portga kengaytirish;
5,0 Petabayt sig‘imli ma’lumotlar markazini joriy qilish;
Respublika bo‘ylab 12 ming km. uzunlikdagi optir tolali aloqa liniyalarini qurish/kengaytirish;
Milliy ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrda “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son Qarori qabul qilindi.
Qarorda Respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etish masalalari, jumladan:
o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish, shu jumladan “Bir million dasturchi” loyihasini maktab o‘quv dasturlariga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarga axborot texnologiyalari va kompyuterda dasturlash asoslarining chuqur o‘rgatilishini tashkil etish;
o‘quv dasturlarining raqamli iqtisodiyot talablariga moslashishini ta’minlash va bu borada ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat idoralari va tarmoq korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
o‘quvchilarning Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi o‘rinlarda — IT-park) rezidentlari faoliyati bilan yaqindan tanishishi uchun sharoitlar yaratish, ularning ushbu yo‘nalishga qiziqishini oshirish Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib benlgilandi.
Qarorga muvofiq:
2021 yil 1 sentabrdan boshlab raqamli ko‘nikmalarni egallash darajasi bo‘yicha tegishli sertifikatga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktablarning “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilariga bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama haq to‘lanishi belgilandi.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari tomonidan umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha ko‘p bosqichli (tuman (shahar) — viloyat — oliy ta’lim muassasasi) o‘z olimpiadasini o‘tkazishi va 1 — 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni birinchi o‘quv yili uchun to‘lov oliy ta’lim muassasalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan holda imtihonsiz o‘qishga qabul qilish belgilandi.
umumta’lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotli va kamida bir yil pedagogik ish stajiga ega o‘qituvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha masofaviy o‘qitish shaklida to‘lov-kontrakt asosida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-6108 Farmonida O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish, ta’lim oluvchilar o‘rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish;
Xalq ta’limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda 2022/2023 o‘quv yiliga qadar o‘quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha umumta’lim muassasalarida "Elektron kundalik" dasturini joriy qilish belgilab o‘tilgan.


Download 364,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish