Abdulg’oziyning «Shajarai turk» asari ham Sharq, ham Ovrupo olimlarning diqqatini o’ziga tortdi. Bundan tashqari qator tarixiy asarlar ham maydonga keldi. XVI asrda yashagan ma’rifatparvar olim Sufi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» asari «Sufi Olloyor» nomi bilan mashxur bo’lib, maktablarda savod chiqarilishi bilan o‘qitilar edi. Unda islom dinining-asosiy qoidalari, aqidalari bayon etilgan. Qo’qonda ham ko’plab ilmiy, ma’rifiy maskanlar paydo bo’lib, yirik adabiy muhit yaratilgan. Faziliy va Mushrif tomonidan tuzilgan «Majmuat ush-Shuaro» to’plami buning misolidir. Buxoro, Samarqand, Qo’qon, Xivada bino bo’lgan shayx Jalol madrasasi, Samarqandda Registon maydoni, Sherdor va Tillakori, Devonbegi, Xivada Arabmuhammad madrasalari ilm-ma’rifatning rivojlanishga katta xissa qo’shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |