Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi



Download 3,02 Mb.
bet174/310
Sana08.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#168323
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   310
Bog'liq
педагогика дарслик 2020

18.2. Inklyuziv ta’lim

1994 yilda YUNESKO “Maxsus ta’lim zaruriyati” nomli hujjatni tayyorlab, unda maxsus ta’limga muxtoj bolalar va yoshlar uchun ta’limni tashkil etish va takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu ta’lim turida asosiy o‘rin reabilitatsiya masalalariga ajratilgan. Hujjatda: «Maxsus ta’limni alohida yordamga muxtoj kishilarga tashkil etishdan maqsad - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar va o‘smirlarni mustaqil, hamma qatori yashash sharoitida jamiyatga tiklash”-, deb ta’kidlangan. Bolada nuqson bo‘lishiga qaramay uning qo‘lidan keladigan ish turini unga o‘rgatib, o‘qitib, tarbiyalab, jamiyatda o‘z o‘rnini topib ketishga yordam berish - ijtimoiy reabilitatsiya.

Aloxida yordamga muxtoj bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan ta’lim tizimida birinchi navbatda bolaning talablari o‘rganiladi, ijobiy tomonlari, qobiliyati hisobga olinadi, kamchiliklari o‘rganiladi, ushbu ta’lim tizimida ma’lum sharoit yaratilishi lozim. Bunga modifikatsiya, kompensatsiya, adaptatsiya, reabilitatsiyalar kiradi. Masalan, agarda bola eshitmasa, uni eshitish apparati bilan ta’minlash; yura olmasa - nogironlar aravachasidan foydalanish, qulida oddiy qoshiq ushlay olmasa, uni boshqa qulay uskuna bilan ta’minlash va boshqalar.

Inklyuziv ta’lim bu maxsus yordamga muxtoj bolalar va yoshlar uchun individuallashgan va Sharoitga qarab o‘zgaruvchan, g‘amxurlik bilan yondasha oladigan ta’lim tizimidir. Ushbu ishlar oddiy, me’yorda rivojlangan bolalar o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. Inklyuziv-jalb etish degan ma’noni anglatadi, ya’ni jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni sog‘lom tengdoshlari bilan o‘zaro bog‘lanib, birgalikda ta’lim olishidir. Buni amalga oshirish uchun har bir bolaga individual yondoshish, nuqsonidan kelib chiqqan holda ma’lum u uchun qulay Sharoit yaratish, kerak bo‘lsa, dastur va rejani qisman o‘zgartirish va x.k. Anomal bola uyiga yaqin, o‘ziga qulay ommaviy bog‘cha yoki maktabga qatnaydi. U erda asosiy ishni tarbiyachi yoki sinf rahbari amalga oshiradi. Har bir maktabgacha tarbiya muassasasida yoki maktabda maxsus tayyorlangan resurs tarbiyachi bo‘lib, u guruh tarbiyachisiga maslahatlar beradi va ko‘maklashadi: maxsus o‘qitish uskunalari, aparatlari bilan ta’minlaydi; ota-onalar, o‘qituvchilar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazadi: dars jadvali, dasturga, kerak bo‘lsa, o‘zgartirishlar kiritadi, ularni asoslab beradi; o‘qituvchilarni malakasini oshiradi, bilim mahoratini boyitadi; sog‘likni saqlash xizmatlarini tashkil etadi, qulay psixologik muxitni yaratadi. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolani oddiy bog‘cha yoki maktabga joylashtirish integratsiya yo‘lidagi birinchi qadam. Ta’lim integratsiyasining turli shakllari va darajalari mavjud. Jismoniy integratsiyada nogiron va sog‘lom bola orasidagi jismoniy tafovvut iloji boricha kamaytirilishi lozim. Buning uchun maxsus sinf yoki bulim tashkil etilishi mumkin. Funksional integratsiyada nogiron va sog‘lom bola orasidagi funksional tafovut iloji boricha bartaraf etilishi lozim. Buning uchun aloxida yordamga muhtoj bolalarni musiqa, san’at, drammatik to‘garak va sportga jalb etish foydalidir. Ijtimoiy integratsiya ijtimoiy tafovutni kamaytirishga, nogiron va me’yorda rivojlangan bolalarni o‘zaro do‘stlashishga, bir biriga hurmat bilan qarashga undaydi, me’yorda rivojlangan bolalarni muruvvatli bo‘lishga o‘rgatadi. Jamiyat nogiron kishilarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi kerak. Konstitutsiyamizdagi barcha bandlar ular uchun ham ta’alluqli. Har qanday ta’lim integratsiyasi inklyuziv ta’lim sifatini oshiradi. Inklyuziv ta’lim markazida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bola turadi, unga har tomonlama g‘amhurlik ko‘rsatiladi.

Integratsiyalashgan - mujassam, ajratib bo‘lmaydigan qism degan ma’noni bildiradi. Har bir bola ta’limga jalb etilishi lozim. Integratsiyalashgan jamiyatda barchalar teng xuquqga ega, bu yaxlit jamiyatdir. Inklyuziv ta’lim tufayli jamiyat integratsiyalashgan jamiyatga aylanadi.

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish