2. Mashg’ulotlargacha bo’lgan badantarbiya. Bunday mashg’ulotlar dars jarayoni boshlangunga qadar amalga oshiriladi. Muntazam ravishda olib boriladigan bunday mashqlardan ko’zlangan maqsad, o’quvchilar organizmining tashqi muhitga nisbatan chiniqishini va qomatining to’g’ri rivojlanishini ta’minlashdan iborat bo’ladi. Bu turdagi badantarbiyani sport maydonlarida o’tkazilsa qulay bo’ladi va bu bilan qo’shimcha ravishda yugurish, sakrash kabi harakatlarni ham qo’shib olib borishga imkoniyat yaratiladi. Har qanday Sharoitda ham kamida bir oyda bunday mashg’ulotlar majmuasini tarkibiy harakatlar tizimini almashtirib turish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |