16.4. Jismoniy tarbiyani tashkil etish yo’llari va vositalari
Barkamol avlod tarbiyasi ko’p jihatdan ularning sog’ligini mustahkamlashga, me’yoriy – davriy jismoniy rivojlanishga va yuqori darajadagi intellektual salohiyatga bog’liq bo’ladi. Ularning turmush tarzida jismoniy tarbiya va sport odatiy tusga aylanmog’i lozim. Shu sababli ham har tomonlama kamol topgan inson deganda ham jismoniy jihatdan chiniqqan, ham aqliy salohiyati mustahkam odam inson tushuniladi. Ular hayotida jismoniy tarbiya bilan muntazam Shug’ullaniSh muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida jismoniy tarbiyani tashkil etish yo’llari va ularning inson kamolotidagi ahamiyati to’g’risidagi ma’lumotlarni keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |