O’zbekiston Respubliokasi Oliy va O’rta ta’lim vazirligi
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Mustaqil ishi
Mavzu: O'zbekiston respublikasi prizidentining 2020-yil 24-fevraldagi o'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo'shicha chora tadbirlari to'g'risida PQ-4612 qarorning mazmun mohiyati.
Bajardi:Ilhom Hayitov
Toshkent-2021
Reja:
Kirish qismi:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Asosiy qism:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATINING TARKIBIY BO‘LINMALARI TUZILMASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Iqtisodiyot va moliya-bank sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sanoat va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, respublikani iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish ishlari samaradorligi va natijadorligini yanada yuksaltirish, aholi farovonligini ta’minlash, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:
a) quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri lavozimi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi lavozimi;
Davlat aktivlarini boshqarish, sanoatni va raqobatni rivojlantirish masalalari kotibiyati;
Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari kotibiyati;
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari kotibiyati;
Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati tugatilsin;
b) quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlari kiritilsin;
v) quyidagilar:
Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati etib qayta tashkil qilinsin va uning tarkibida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari sho‘basi tashkil etilsin;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining “Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2020-yil 15-apreldagi 225-son qarori.
Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati etib qayta tashkil qilinsin va uning tarkibida Kambag‘allikni qisqartirish va aholining daromadlarini oshirish bo‘limi tashkil etilsin;
Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati tashkil etilsin.
2. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida yangi bo‘linmalarni tashkil etish boshqaruv xodimlarining amaldagi umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri zimmasiga mavjud vazifalar bilan bir qatorda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
respublikada kambag‘allikka oid real ahvolni o‘rganish, xalqaro tashkilotlar, jumladan moliya institutlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni bartaraf etishning o‘rta va uzoq muddatli strategiyalari hamda dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash;
aholida, ayniqsa, yoshlar va ayollarda biznes yuritish va tadbirkorlikning zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash tizimini isloh qilish.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 07/20/4710/0582-son)
5. Viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklarining boshqaruv apparatida hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (Toshkent viloyati hokimligi boshqaruvi apparatida — hokimning sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari) lavozimi hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (Toshkent viloyati hokimligi boshqaruvi apparatida — hokimning sanoatni rivojlantirish, moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari) lavozimiga o‘zgartirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) quyidagilarni:
bir hafta muddatda — Vazirlar Mahkamasi apparati bo‘linmalarining tuzilmalarini va yangilangan shtat jadvalini;
o‘n besh kun muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilarining funksional vazifalarini;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risida nizom, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-apreldagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risida nizom, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-apreldagi 198-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti mudirining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom.
bir oy muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida Hukumat qarorlarini qabul qilsin;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2020-yil 15-apreldagi 230-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2020-yil 15-apreldagi 225-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-apreldagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-apreldagi 198-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti to‘g‘risida nizom.
b) bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi apparatining yangidan tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmalarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, qo‘yilgan vazifalar samarali bajarilishini yuksak professional darajada ta’minlashga qodir bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi, shuningdek, qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |