O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-fevral,
PQ-4612-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATINING TARKIBIY BO‘LINMALARI TUZILMASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 241 nafar va texnik xodimlar (inspektorlar) soni 48 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 308-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/308/0635-son)
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati, protokol xizmati va matbuot xizmatining tuzilmalari 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili kotibiyatining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 308-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/308/0635-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 308-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/308/0635-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq;
Davlat tilini rivojlantirish departamentining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 308-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/308/0635-son)
Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limining tuzilmasi 9-ilovaga muvofiq;
Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining tuzilmasi 10-ilovaga muvofiq;
Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyatining tuzilmasi 11-ilovaga muvofiq;
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining tuzilmasi 12-ilovaga muvofiq;
Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining tuzilmasi 13-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyatining tuzilmasi 14-ilovaga muvofiq;
(2-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 308-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/308/0635-son)
Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatining tuzilmasi 15-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentining tuzilmasi 16-ilovaga muvofiq;
(2-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 308-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/308/0635-son)
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamentining tuzilmasi 17-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlari kotibiyatlarining tuzilmalari 18 va 19-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati funksional bo‘linmalarining tuzilmalari 20 — 27-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda:
a) 2020-yil 20-martgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilarining funksional vazifalarini tasdiqlashga doir Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari;
b) 2020-yil 25-martgacha bo‘lgan muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi yangilangan nizomlarni tasdiqlashga doir Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari;
Vazirlar Mahkamasi apparatining yangidan tashkil etilgan kotibiyatlari mudirlari lavozimlariga nomzodlar, shuningdek, kotibiyatlarni zamonaviy talablarni hisobga olgan holda qo‘yilgan vazifalar sifatli ishlab chiqilishini va samarali bajarilishini yuqori professional darajada ta’minlashga qodir bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish yuzasidan takliflar kiritilishini ta’minlasinlar.
4. Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 20-martgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasi apparatining yangilangan shtat jadvali tasdiqlash uchun kiritilishini ta’minlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |