O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
IJRO ETUVCHI TUZILMASI
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan agrar va oziq-ovqat sohasiga taalluqli masalalar bo‘yicha tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berishi uchun har chorakda tahliliy materiallar tayyorlash;
Hukumatning, Kotibiyatga biriktirilgan davlat birlashmalarining boshqaruv organlari asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish hamda amalga oshirilishini monitoring qilish;
Bosh vazir o‘rinbosari vakolatiga kiritilgan yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;
agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish konsepsiyasi, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar hamda tarmoqlarda muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil qilish hamda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ularni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish;
Kotibiyatga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishini doimiy va tizimli asosda har tomlonlama, tanqidiy tahlil qilishni, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishni hamda kompleks vazifalar amalga oshirilishini ta’minlash;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, amaliy natijadorlikni oshirish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat fuknsiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish chora-tadbirlarini tashkil etish;
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar tayyorlanishi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalarini, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish masalalarini tayyorlash hamda ko‘rib chiqish;
Do'stlaringiz bilan baham: |