5. Har yili O’zbekiston davlat moliyaviy resurslarining yarmidan ko’prog’ini ijtimoiy sohaga sarflaydi. 2012 yilda ham davlat jami xarajatlarning asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2% ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy himoya qilish chora tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34% dan ortig’i ta’lim, 14,5% dan ko’prog’i sog’liqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga yo’naltirldi. Bugungi kunda dunyoning ko’plab mamlakatlarida davlat qarzining ortib borishi bilan bog’liq muammolar saqlanib qolayotgan bir sharoitda, O’zbekistonning chetdan qarz olish bo’yicha puxta o’ylangan siyosat olib borishi natijasida davlat qarz hajmining ulishini nisbatan past darajada ushlab qolishga va o’z majburiyatlariga to’liq javob beradigan mamlakat sifatida barqaror obro’- e’tiborini saqlab qolishga erishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |