2. Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatdan respublika mamlakatdan 40%, qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki baravar ortda qolmoqda. Respublika aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish o’rtacha Ittifoq darajasining atigi 40% ini tashkil etadi.Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatdan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi o’rinlarda turibmiz. 3. O’zbekiston aholisi o’rta hisobda go’sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman mamlakat aholisiga nisbatan 2 barobar kam iste'mol qilmoqda. Oyiga o’rta hisobda 75 so’mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi mamlakatda 12% dan sal ko’proq bo’lsa, bizning respublikamizda 45% ga boradi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o’zining qo’lidan keladigan ishni topa olmayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |