8. 10- transport, yo’l xo’jaligi aloqa va informatika; 11- uy-joy kommunal xo’jalik; 12- ma’orif; 13- sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya; 14- madaniyat, san’at va kinematografiya; 15- ommaviy axborot vositalari; 16- maqsadli budjet fondlari; 17- davlat qarziga xizmat qilish; 18- davlat zaxiralari va rezervlarni to’ldirish; 19- ijtimoiy siyosat. 9. Ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha budjet xarajatlarining iqtisodiy guruhlariga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajariladigan funksiyalarni o’zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq ravishda budjetning barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1- ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari; 2- milliy xo’jalikka oid xarajatlar; 3- rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish xarajatlari; 4- boshqaruv xarajatlari; 5- harbiy xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |