5. Budjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga: tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan huquqiy shaxslarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan; huquqiy shaxslarga investitsion maqsadlar uchun budjet kreditlari sifatida beriladigan mablaglar; kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlari; amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajtlar; budjet xarajatlarining iqtisodiy xarakterlanishiga muvofiq budjetning kapital xarajatlari tarkibiga kirtiladigan boshqa xarajatlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |