Mavzu: O’zbekiston respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijtimoiy mohiyati reja



Download 274 Kb.
bet16/17
Sana31.12.2021
Hajmi274 Kb.
#205302
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Zbekiston respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijt (1)

Milliy dasturning modellari.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining milliy modellari beshta tarkibiy qismdan: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat. Milliy modellarning aniq yo‘nalishlari, maqsadlari, vazifalari dasturda

belgilab berilgan bo‘lib, ta’lim jarayonining va jamiyat taraqqiyotining bugungi, ertangi kuni to‘liq inobatga olingan. Masalan, shaxs kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni yuqori intellektual va ma’naviy


– axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tamonlama yuksak komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib olgan. SHu tarzda fuqoroning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, iste’dodini namoyon qilish, aqliy jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi qonun tomonidan kafolatlanadi. SHaxsning «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun asosida sifatli bilim olish va kasb-hunar o‘rganishi, uzluksiz o‘z malakasini oshirib borish va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqi va imkoniyatlarini nazarda tutadi. SHaxsning ta’lim olish imkoniyatlari, burch va ma’suliyatlari davlat ta’lim standartlarida bajarilishi shart qilib qo‘yilgan. Bunda kadrlarning ilmiy, nazariy, amaliy jihatdan aniq va puxta bilim olishini ko‘zda tutilgan. Milliy modelning davlat va jamiyat deb nomlanuvchi qismida asosan shaxs va jamiyat o‘rtasidagi qonuniy norma va me’yorlarga qat’iy rioya qilish masalalari ko‘zda tutilgan, ya’ni fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarini amalga oshirish, umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini ixtiyoriy tanlash har bir shaxsning demokratik huquqi sifatida belgilanishi bilan birga majburiy o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim olish holatlari ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturning o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, bozor munosabatlariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Bu degani ta’lim oluvchi o‘zining imkoniyatidan kelib chiqib, davlat granti va pullik shartnomaviy asosda o‘qishi mumkin, ikki va undan ortiq o‘qish faqat shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Milliy dastur milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, ta’lim oluvchilarning o‘qish, turmush, dam olishda jamoatchilik asosida shart-sharoitlar yaratib berish hamda ijtimoiy himoyalanishni qo‘llab-quvvatlanish masalalarining mehanizmlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng katta yutuqlaridan biri – bu ta’lim dasturlari orasidagi

uzluksizlikni ilmiy asoslangan holda ta’minlashdir. Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. Uzluksiz ta’lim shaxsni yuqori intellektual, nufuzli, yuksak ma’nodagi insonparvar, vatanparvar, madaniyatli, har tomonlama etuk, barkamol insonlarni tarbiyalash, mustaqil va erkin fikrlovchi shaxslarning shakllanishga o‘z faoliyatini yo‘naltiradi.


Uzluksiz ta’lim tizimi quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:


  • Maktabgacha ta’lim;




  • umumiy o‘rta ta’lim;




  • o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi;




  • oliy ta’lim;




  • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;







  • maktabdan tashqari ta’lim;

Ushbu ta’lim turlarining bajarilish mehanizmlari mukammal tarzda ishlab chiqilgan. Bo‘lg‘usi kadrlar har tomonlama rivojlangan mamlakatlarda tayyorlanayotgan kadrlar bilan bemalol raqobatlasha oladigan darajada puxta va etuk bo‘lishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi mo‘ljallangan. Milliy modelning fandagi roli iqtisodi rivojlangan, demokratik jamiyat qurishning yangi strategiyasi fanning ham muzkur tizimida tutgan o‘rni va rolini tubdan qayta qurishni, uning vazifalarini aniq belgilab berish zaruriyatini ilgari suradi.


Fan – bu ta’limning mazmuni va sifatini ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy– uslubiy ta’minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Fan vatanning eng kichik qiyofasi bo‘lmog‘i zarur, zotan barcha halqlar ichida fikr va aqliy faoliyat sohasida boshqalardan o‘zib ketgan halqgina birinchi o‘rnini oladi. Ishlab chiqarish milliy modelda malakali kadrlar tayyorlash

tizimining huquqiy me’yorlarini tartibga soladi. Ishlab chiqarish bilan kadrlar tayyorlash tizimi o‘rtasida aniq va lo‘nda aloqalar mavjud. Ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash tizimida buyurtmachi va iste’molchi vazifalarini bajaradi, tegishli sohalar uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlab beradi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, mustaqil O‘zbekiston davlat hokimiyati ishlab chiqqan va hozirgi kunda hayotga tadbiq etilayotgan kadrlar siyosatida erkinlik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik muhitini vujudga keltirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda barcha mutahassis kadrlarni ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy, madaniy, ma’naviy-axloqiy muammolarning samarador echimini izlab topishga, ro‘yi-rost fikrlashuvga undaydigan demokratik shart-sharoitlar yaratib berish mo‘ljanlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir tarixini o‘tish, o‘rganish ta’lim nazariyasidagi, tamoyillaridagi va jamiyat mafkurasida talab etiladigan mantiqiy talablardan kelib chiqiladi. Bo‘lajak oliy ma’lumotli mutahassisda ilmiy, ob’ektiv tasavvur va dunyoqarashning shakllanishida tarixiy materiallar shubhasiz alohida o‘rin tutadi. Ta’lim va tarbiyaning mohiyatini ochib beruvchi, pedagogika fani ham bundan istisno emas. Turfa olam, turli davlatlar va turli millatlardagi ta’lim-tarbiyaga oid qimmatbaho tarixiy materiallarni qiyosiy tarzda o‘rganish jarayonida bo‘lajak mutahassislarda nisbiylik tushunchasining shakllanishiga hamda tabiat va jamiyatdagi barcha narsalarni qiyosiy tarzda o‘rganish zarurligini talabalar o‘zlariga amaliy ko‘nikma va malakalar tarzida singdiradilar.


Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish