Ishni bajarish tartibi:
Laboratoriya ishining yo’riqnomasini sinchiklab o’qib o’rganing, sxemalarni tahlil qiling, so’ngra o’qituvchi savollariga javob berib, ishni bajarishga ruxsat oling.
Laboratoriya ishining qurilmasi (7.2-rasm) bilan to’liq tanishing va uning har bir qismining qanday vazifani bajarishini o’rganing.
Ish qurilmasining asboblarini sxemada ko’rsatilganday (7.2-rasmga q.) joylashtiring.
O’qituvchi yoki laborantga sxemani tekshirtirgandan keyingina ishni bajarishga kirishing.
Lazer nurining chiqish kanalidan 1-1,5 sm uzoqlikda teshikli metall plastinkani qo’zg’almas qilib nur qarshisiga o’rnating.
Metall plastinkadan uzoqlikda ekranni o’rnating.
Qurilma (LQ) dagi «K» kalitni ulab, o’zgarmas tok manbai (E) ga lazerni ulang. Shunda lazer qurilmasi kanalidan qizil nur chiqadi.
Yig’uvchi linza (L) ni lazer nuri yo’li bo’ylab ekrandan 30-35 sm uzoqlikda joylashtiring.
Ikki teshikchali metall plastinkani o’ta ehtiyotlik bilan siljitib, ekranda interferensiya tasvirini hosil qiling (7.3-rasm).
Ekranni olib qo’ying, uning o’rniga (yuqori aniqlikda) fotoelement o’rnating va milliampermetr ko’rsatishini yozib oling.
Metall plastinkadagi teshikchaning biridan (qurilmani mutlaqo qimirlatmasdan) o’tayotgan nur yo’lini to’siqcha bilan to’sing. Bunda ekranda interferensiya tasviri kuzatilmaydi.
Milliampermetr (yoki lyuksmetr) ko’rsatishini yozib oling.
Ikkinchi teshikchadan o’tayotgan nur yo’lini ham to’sib, yana milliampermetr (yoki lyuksmetr) ko’rsatishlarini yozib oling va natijalarni quyidagi jadvalga kiriting.
Lazer qurilmasini o’chiring.
Tajribada topilgan natijalarning nisbiy xatoligini hisoblang.
Tajribadan xulosa chiqaring.
II BOB.O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy o`quv yurtlari ilmiy labaratoriyalarida optika va spektraskopiya sohasi bo`yicha yangiliklar.
2.1. Fundamental va amaliy fizika rivojining yangi muammolari, yutuqlari, istiqbollari mavzusidagi xalqaro simpozium.
ILMIY-AMALIY ANJUMAN "QAYTA TIKLANUVCHAN ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH: YANGI TADQIQOTLAR, TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR"
O‘zbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidentining 2018 yil 9 martdagi №5-68 sonli buyrug‘iga asosan, 2018 yil 25-26 sentyabrda O‘zR FA Materialshunoslik institutida «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish: yangi tadqiqotlar, texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
Jahon fizikasining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Poytaxtimizda 10-11-noyabrda «Fundamental va amaliy fizika rivojining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar» mavzuida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tadi
Dunyo olimlari bot-bot ta’kidlaganidek, o‘rta asrlardagi Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika kabi aniq fanlarning rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Xivadagi Ma’mun akademiyasi va «Baytulhikma» («Donishmandlik uyi») nomi bilan shuhrat qozongan Bag‘dod akademiyasi eslanganda, haqli ravishda buyuk ajdodlarimiz faoliyati tilga olinadi. Deylik, «Baytulhikma» akademiyasida Yer meridiani gradusining uzunligini aniqlash ishlariga rahbarlik qilgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o‘nlik pozitsion hisoblash tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab bergan, amaliyotga tatbiq etgan. Bu nafaqat matematika, balki astronomiya rivojida keskin burilish yasagan. Dunyo ilmida zamonaviy kibernetikaning fundamental tushunchasi – «algoritm» Al-Xorazmiy nomiga nisbat berilishi ham bejiz emas. Yoki Ahmad Farg‘oniy IX asrda yozgan “Astronomiya asoslari” fundamental asarida olamning tuzilishi, Yerning o‘lchovi haqidagi dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘rinishga ega ekani xususidagi dalillar mavjud. Mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitib kelingan. Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib Yer radiusini hisoblab chiqqan, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab bergan. Mirzo Ulug‘bekning XV asrda tuzgan astronomiya jadvalida 1018 yulduzning holati va joylashuvi bayon qilingan. Bu asar astronomik o‘lchovlar bo‘yicha yaratilgan birinchi yangi katalog edi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining fizika fakulteti 1959-yil mexanika-matematika fakulteti tarkibidan ajralib chiqib, alohida fakultet sifatida faoliyat ko‘rsatishni boshlagan.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ilm-fanning barcha yo‘nalishi kabi fizika va astronomiya sohasidagi olimlarimiz uchun ham rivojlangan mamlakatlar tadqiqotchilari bilan hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy tadqiqotlarni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar ochildi. Shu davrda kosmik nurlar, yadro fizikasi, materialshunoslik, akustika, optika va spektroskopiya, lazer termokimyosi, nazariy fizika, mikroelektronika, astronomiya va astrofizika kabi fan yo‘nalishlari bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ilmiy maktablar yaratildi.
Buning natijasida 2007-yil oktabrda mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor Maydanak rasadxonasida quyosh tizimidagi yangi kichik planeta aniqlandi. Garvard kichik planetalar markazi uni 2009-yilda 21027-raqam bilan rasmiylashtirdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning taklifi bilan 2010-yilda bu kichik sayyoraga «Samarqand» nomi berildi. Yoki O‘zbekiston fiziklari yangi usullar asosida dunyoda birinchi marta yig‘ilgan quyosh energiyasini qo‘llab, mustahkam o‘ta o‘tkazuvchan Kelvin graduslari bo‘yicha 110-150 haroratda o‘ta o‘tkazuvchanlik holatiga o‘tadigan materiallarni oldi. 2007-yili olimlarimiz qattiq qorishmalar asosidagi istiqbolli yarim o‘tkazgichlarni kashf qildi hamda mamlakatimizda ilk bor polikristalli kremniy olish bo‘yicha takomillashtirilgan zamonaviy texnologiya yaratildi.
Mamlakatimizda an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida har yili fizik olimlarimizning innovatsion loyihalari keng namoyish etilib, ishlab chiqarishga tatbiq etilmoqda. Bu yilgi yarmarkada ham fizik olimlarning ishlanmalari ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Jumladan, O‘zFA “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi olimlari ishlab chiqqan ko‘p tarmoqli termoelektrik generator issiqlik energiyasini (o‘tinli pech, bug‘ energiyasi, gaz-dizel yoqilg‘isi, issiqlik ajratadigan turli ish qurilmalari, quyosh issiqlik energiyasi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri va uzluksiz elektr energiyasiga aylantirib beradi. Uni avtomobil, mobil telefon, videokamera, noutbuk, qo‘riqlash tizimlari va yong‘in signalizatsiyalarida, televizor, komputer, audiotexnika va boshqa qurilmalarni quvvatlantirishda qo‘llash mumkin. O‘zFA Fizika-texnika instituti olimlari ishlab chiqqan yuqori haroratli tejamkor kamera materiallarga yuqori haroratli ishlov berishga mo‘ljallangan. Qurilma stomatologiya, farmatsevtika, zargarlik va shu kabi yuqori harorat (1200 darajadagi issiqlik) talab qilinadigan sohalarda qo‘llaniladi. Shu paytgacha bunday pechlar va ularning qizdirgichlari xorijdan valyutaga sotib olib kelingan bo‘lsa, bugun bunday yuqori haroratli tejamkor kameralarni yurtimizda ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2016-yil 11-maydagi «O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan O‘zFA Yadro fizikasi instituti va O‘zMU qoshidagi Amaliy fizika ilmiy-tadqiqot instituti tugatilib, Milliy universitetning fizika fakultetiga birlashtirildi. Ular negizida fakultet qoshida 6 ilmiy laboratoriya tashkil etildi. Bu bilan fizika sohasidagi ilmiy salohiyat birlashtirilib, ilmiy fikr almashuvlar va hamkorlikka keng imkoniyat yaratildi.
– Hozir fakultetimizda 58 professor-o‘qituvchi (3 akademik, 15 professor, 35 fan nomzodi) astronomiya va atmosfera, yarimo‘tkazgichlar va polimerlar fizikasi, fotonika, umumiy fizika, nazariy fizika, materialshunoslik fizikasi, quyi energiyalar fizikasi, kondensirlangan holat fizikasi, biotibbiyot fizikasi kafedralarida faoliyat yuritib, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlamoqda, – deydi O‘zMU fizika fakulteti dekani Hojiakbar Daliyev. – Mustaqillik yillarida fakultetimizda 400 dan ortiq o‘quv adabiyotlari, 50 ga yaqin yangi laboratoriya ishlari yaratilib, o‘quv jarayoniga tatbiq etildi, 21 fan doktori va 60 dan ortiq fan nomzodi tayyorlandi. Ayni paytda 30 dan ziyod xalqaro va mamlakat miqyosidagi grant, ilmiy mavzu va xo‘jalik shartnomalari bajarilmoqda. Fakultet bitiruvchilaridan 25 nafari akademik, 150 dan ortig‘i fan doktori, professor ilmiy darajalariga erishgan.
Bugun fakultet jamoasi Rossiya Fanlar akademiyasining Fizika instituti, Moskva Davlat universiteti, Sankt-Peterburg optika va mexanika universiteti, Kiyev Milliy universiteti, Xarkov fizika instituti, Janubiy Koreyaning Pusan, Chunxay Milliy universitetlari, Germaniyaning Potsdam universiteti, Belgrad Astronomiya observatoriyasi va Radioastronomiya instituti (Serbiya), Xitoyning Fizika va ximiya instituti kabi jahonda yetakchi oliy o‘quv yurtlari olimlari bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik qilmoqda. Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida fakultet olimlarining 50 dan ortiq innovatsion g‘oya, texnologiya va ishlanmalari namoyish etildi. Xususan, 2016-yilda o‘tkazilgan yarmarkada fakultet olimlari 3 sertifikatni rasmiylashtirib, 300 million so‘mlik xo‘jalik shartnomalari imzoladi. Ishlanmalar mamlakatimizning tibbiyot, qishloq xo‘jaligi hamda ishlab chiqarishdagi qator sohalarga tatbiq etilmoqda.
Poytaxtimizda 10-11-noyabr kunlari «Fundamental va amaliy fizika rivojining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar» mavzuida o‘tkaziladigan xalqaro simpozium bugun jahon fizikasidagi fundamental va amaliy masalalarni muhokama qilish bilan birga o‘zbek fizika maktabining salohiyatini xalqaro miqyosda yana bir bor keng namoyish etish imkonini beradi.
– Xalqaro simpoziumda to‘rt yo‘nalish – nazariy fizika va astrofizika, eksperimental fizika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va yangi materiallar borasidagi muammolar, yutuqlar va istiqboldagi yangi tendensiyalar muhokama etiladi, – deydi O‘zMUning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ilyos Rahmatullayev. – Xalqaro anjumanda mamlakatimizdan tashqari Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh, Xitoy, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Ispaniya kabi 25 davlatdan 200 dan ziyod olim va tadqiqotchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Simpoziumda jahon fizikasidagi dolzarb fundamental va amaliy masalalar haqida ma’ruzalar tinglanadi, o‘zaro fikr almashiladi.
2.2. O`zbekiston Respublikasi fizik olimlarning innovatsion loyihalari natijalari.
Akademik Po‘lat Habibullayev butun umrini el-yurt ravnaqi, ilm-fan rivojiga baxshida etgan yirik olim, davlat va jamoat arbobi edi.
Andijonda tug‘ilib o‘sgan olim yurtimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotining barcha jabhalarida ibratli faoliyati, fidoyiligi bilan O‘zbekiston nomini xalqaro miqyosda ulug‘lagan insonlardan biri edi. Ayniqsa, fizika fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olim, shu yo‘nalishda 500 dan ortiq ilmiy maqola, 15 monografiya muallifidir. 4 monografiyasi xorijiy tillarga tarjima qilingan, ko‘plab ixtirolar muallifi sifatida katta shuhrat qozongan.
Fizikaning akustika, optika, nanofizika, lazer fizikasi, superion o‘tkazgichlar va kvant-o‘lchamli sistemalar fizikasi, yadro fizikasi, radiatsion materialshunoslik va boshqa qator yo‘nalishlarda olib borgan fundamental tadqiqotlari jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan alohida e’tirof etilgan. Xususan, olim erishgan ulkan ilmiy yutuqlari uchun Buyuk Britaniyaning Kembrij shahridagi Xalqaro biografik markaz va Jahon intellektual mulk tashkilotining oltin medallari bilan taqdirlangan. Amerika Qo‘shma Shtatlarining Koliforniya Xalqaro biografiya instituti 1995 yilda jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, fundamental muammolarni hal etishdagi ilmiy tadqiqotlari uchun Po‘lat Xabibullayevni oxirgi o‘n yillikdagi “Eng mashhur shaxs”, deb e’lon qilgan. Shuningdek, u qator xalqaro ilmiy markazlar, o‘nlab davlatlar Fanlar akademiyasi a’zoligiga saylangan.
Akademik Po‘lat Habibullayev ayni paytda turli ilmiy va davlat muassasalariga rahbarlik qildi. Qayerda, qanday vazifada ishlamasin, avvalo, ana shu muassasaning nufuzini, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, Andijon qishloq xo‘jaligi (sobiq paxtachilik) instituti rektori, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri vazifalaridagi faoliyati davomida yurtimizda oliy ta’lim rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. U kishining bevosita tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Issiqlik fizikasi bo‘limi, uning qoshida Amaliy lazer fizikasi instituti tashkil etildi.
O‘zbekiston fizika jamiyatining tashkil etilishi ham aynan Po‘lat Habibullayev nomi bilan bog‘liq. Jamiyatni tashkil etish orqali olim turli idoralar, fan, ta’lim va ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassis, pedagog va olimlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtirdi, shu bilan birga, fizika fani rivojini jadallashtirish, uning yutuqlarini xalq xo‘jaligiga joriy qilishning samarali usullarini taklif etish, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tardi.
Ustoz ishda ham, ilmda ham hamkasblari va shogirdlariga ibrat namunasi edi. Zimmasidagi har qanday vazifaga katta mas’uliyat bilan yondashar, shijoati, kasbiga sadoqati, fidoyiligi bilan barchani yuksak marralarga ilhomlantirardi. U kishiga kim, qanday masalada murojaat qilmasin, imkon qadar yordam berar, shogirdlarini hamisha qo‘llab-quvvatlar edi.
Po‘lat Habibullayev O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori, O‘zFA Issiqlik fizikasi bo‘limi ilmiy rahbari, Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti, Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi raisi, «O‘zbekiston fizika jurnali» bosh muharriri, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi direktori lavozimlarida ishlagan yillarida ham ilm-fan rivoji yo‘lida samarali mehnat qildi, fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish borasidagi ko‘plab ishlarga bosh-qosh bo‘ldi.
Olimning keng ko‘lamli ilmiy faoliyati, erishgan yutuqlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. 1994 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni, 2000 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.
Ustoz Po‘lat Habibullayevning mazmunli hayoti va serqirra faoliyati barchamiz uchun hamisha ibrat va tarbiya maktabi bo‘lib qoladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3151 sonli qaroriga muvofiq institut va Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o'rtasida ilmiy izlanishlar va ilmiy-pedagogik kadrlar malakasini oshirish sohasida birgalikda ish olib borish bo'yicha kelishuv imzolandi.
O'zR FA Navoiy bo'limi bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo'nalishida birgalikda laboratoriyalar tashkil etish va asbobsozlik bo'yicha memorandum va kelishuv imzolandi.
O'zR Vazirlar Mahkamasining 17.03.2017y. dagi 49-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan korxonalar bilan ularning ilmiy-texnologik muammolarini hal etish bo'yicha ilmiy-texnik mahsulotlar yaratish uchun 4 ta litsenziya kelishuvlari imzolandi.
1. "Tashelektromash" MChJ ishlab chiqarish korxonasi bilan maxsus bo'lmagan litsenziyani"Quyoshiy issiqlik ta'minoti va havo haroratini bir xilda saqlash tizimi"ni ishlatishga o'tkazish bo'yicha litsenziya kelishuvi imzolandi;
"MIR SOLAR" MChJ bilan yassi quyoshiy suv isitish kollektorlarini ishlab chiqarish bo'yicha litsenziya kelishuvi imzolandi;
3. "Star Solar" kompaniyasi bilan quyoshiy suv isitish kollektorlarini ishlab chiqarish bo'yicha litsenziya kelishuvi imzolandi;
4. "Adolat Zamin Yog'dusi" fermer xo'jaligi bilan "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va quritish uchun quyoshiy birlashgan kompleksi"ni ishlatishga maxsus bo'lmagan litsenziyani sotish bo'yicha litsenziya kelishuvi imzolandi.
Samarqand davlat institutidan tashqari O`zbekiston Fizika-texnika instituti ham mavjud.
1943 yilda tashkil etilgan Fizika-texnika instituti (FTI) nafaqat O'zbekistondagi eng qadimgi ilmiy muassasalardan biri, balki mamlakatdagi ta'lim va fanni rivojlantirishda ham tizim yaratuvchi rolni o'ynaydi.Fizika-texnika institutida turli davrlarda fizika va texnologiyaning ko'plab dolzarb ilmiy yo'nalishlari bo'yicha tadqiqotlar ishlab chiqilib, keyinchalik Fanlar akademiyasi tizimi va Oliy ta'lim vazirligiga tegishli bo'lgan yangi ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalari va bo'limlari uchun asos yaratildi
Poytaxtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Jahon iqtisodiyot banki, Qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha xalqaro agentlik (IRENA) hamkorligida qayta tiklanuvchi energiya manbalari masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish hamda ulardan oqilona foydalanish borasida muayyan tajriba to‘plangani, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda qayta tiklanadigan energiya manbalarini yanada rivojlantirish borasida qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, Samarqand, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlarida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyalarini qurish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tadqiqotlari natijalari jahon miqyosida e’tirof etilayotir. Mamlakatimizda muqobil energiya manbalaridan, jumladan, quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba to‘plangan.
Jahon banki guruhi O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida amalga oshirilayotgan siyosatni va sohaga jalb etilayotgan investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlamoqda – O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari salohiyati yuqori, – deydi Jahon bankining energetika sohasidagi global amaliyoti rahbari Samir Shukla. – Mamlakatda deyarli har kuni oftob nur sochib turadi, tekisliklarda kuchli havo oqimlari vujudga keladi. Bu qayta tiklanuvchi energiya manbalarini amaliyotga joriy etish uchun qulay imkoniyat. Bu sohada hamkorlikni yanada kuchaytirish niyatidamiz.
Xalqaro seminarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, ularni muqobil energiya ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish mexanizmlarini rivojlantirish, sohadagi bilimlarni oshirish, shuningdek, yuqori samarali loyihalarni ishlab chiqarish va amalga oshirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.Sultonov so‘zga chiqdi.
O‘zMU joriy yilda xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari bilan 9 shartnoma va memorandum imzoladi. Moskva davlat universiteti, Janubiy Qozog‘iston universiteti, Buyuk Britaniyaning Aston universiteti qoshidagi Fotonika texnologiyasi instituti, Germaniyaning Bavariya tabiiy hamda gumanitar fanlar akademiyasi, Italiyaning Milan va Piza universitetlari, Janubiy Koreyaning Osiyo va Tinch okeani nazariy fizika ilmiy markazi bilan ilmiy-amaliy aloqalar rivojlanib bormoqda.
Universitetning barcha professor-o‘qituvchilari uchun ingliz tili mashg‘ulotlari tashkil etilgan. Iqtidorli talabalarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha asosiy fanlardan tayyorgarligi va chet tillarni mukammal bilishi xalqaro olimpiada va anjumanlarda faol qatnashishga imkon bermoqda.
XULOSA.
Ushbu kurs ishida fizika talim yo`nalishi talabalari uchun o`qitiladigan optika fanining O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy o`quv yurtlari ilmiy labaratoriyalarida optika va spektraskopiya sohasi bo`yicha yangiliklari mavzusi to`g`risida malumot berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Akademiya qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti tomonidan tashkil etilgan anjumanda mamlakatimizning yetakchi olimlari, yosh tadqiqotchilar, yirik ishlab chiqarish korxonalari mas’ullari qatnashganliklari to`g`risida malumotlar berib o`tilgan.
Prezidentimizning 2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 18 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mamlakatimiz ilmiy salohiyatining yanada rivoj topishi va mustahkamlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda ilm-fanning o‘rnini kuchaytirish, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatimiz akademik ilm-fani va oliy ta’lim integratsiyasining mustahkamlanishida muhim dasturilamal bo‘layotir.
Bugungi kunda fizika-texnika tadqiqotlari bo‘yicha xalqaro innovatsion markaz yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Toshkentdagi Turin politexnika universitetida «Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni» mavzuida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi hamkorligida yoshlarni ilmiy yangiliklar, ixtirolar qilish va innovatsion texnologiyalar yaratish jarayonlariga keng jalb qilish maqsadida tashkil etildi. Unda hamkor tashkilotlar mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, izlanuvchi-tadqiqotchilar, yosh olimlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.Yo‘ldoshev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari D.Kattaxonova va boshqalar mamlakatimizda yoshlar manfaatini himoya qilish, orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish, ularning har tomonlama barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Besh yuzdan ortiq maqola va tezislar orasidan ekspertlar guruhi saralab olgan uch yuzga yaqin material mualliflari anjumanda ilmiy ishlari bilan qatnashdi.
Ilmiy-amaliy anjuman yurtimiz yoshlarining ilmiy axborotlari, fizika-matematika va texnika, ijtimoiy-gumanitar hamda tabiiy fanlarining dolzarb muammolari, internet orqali radikallashuvni bartaraf etish yo‘llari kabi yo‘nalishlarda olib borildi.
O`zbekiston o`qituvchilarixalqaro olimpiadada 49 ta medalni qo`lga kiritdi
Mamlakatimiz ta’lim tizimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yosh avlodga dunyo talablariga muvofiq bilim berishga yo‘naltirilgan. Bugungi kunda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida o‘qitish standartlarini takomillashtirish va shu asosda zamonaviy o‘quv
2008 yilda tashkil etilgan mazkur nodavlat ta’lim muassasasi o‘zining yuksak malakali pedagogik jamoasi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi. Ular o‘quvchilarga bilim berish bilan birga, har bir bolaning qobiliyati va iqtidorini ro‘yobga chiqarish uchun qulay muhit yaratadi. Bu yerda bolalarning axloqiy va estetik rivojlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. dasturlari, rejalari, darslik va qo‘llanmalarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu o‘z samarasini bermoqda. “Intellect” bog‘cha-maktabining muvaffaqiyatli faoliyati bunga yaqqol misoldir.
Maktab o‘qituvchilari an’anaviy o‘qitish uslublariga sodiq qolgan holda, innovatsion ishlanmalarni faol qo‘llab kelmoqda. O‘quvchilarda erkinlik va tashabbuskorlikni shakllantirishga alohida ahamiyat qaratiladi. Bu kelajakda ularning muhim ijtimoiy va professional vazifalarni amalga oshirishiga asos bo‘ladi. Bolalarda algoritmlarni ishlash, masala tuzish va uni yechishda amallar ketma-ketligini belgilash, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazish, matnlarni ongli o‘qish hamda ularning ma’nosini chaqish, kuzatish obyektlarini tasvirlash, ularni taqqoslash, qiyosiy natijalar bo‘yicha shaxsiy mulohazalarni bildirish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
G.S.Landsberg “Optika” Toshkent- 198
K.Qurbonov “Optika” Buxoro-2005
Do'stlaringiz bilan baham: |