Hududning soliq salohiyatiga ta`sir qiluvchi omillar4
|
Tashqi omillar
|
Ichki omillar
|
|
Ijtimoiy siyosat.
Byudjet-soliq siyosati.
Investitsiya siyosati.
Inflyatsiya.
Pul-kredit siyosati.
Agrar siyosat.
|
Tabiiy iqlim shart-sharoitlari.
Ijtimoiy-iqtisodiy siyosat.
Resurs-xomashyo bazasi.
Hududning mulkiy ahvoli. Iqtisodiyot tarmoqlarining tuzilmasi.
Ishlab chiqarish infra tuzilmasi.
Korxonalarning moliyaviy ahvoli.
Inovatsion va investitsion muhit. Demografik vaziyat, aholi bandligi.
Soliq ma’murchiligi.
|
Shuningdek soliqqa jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator omillarning ham hisobga olish kerak: iqtisodiyotda to‘lovsizliklar, soliq boqimandaligi, ish haqi bo‘yicha qarzdorlik. Albatta, asosiy soliq to‘lovchilarining soliq bazasining o‘zgarishiga,
ularning moliyaviy ahvoli, hisob-kitoblar shakllariga ta’sirini tahlil etilishi lozim. Hudud soliq bazasini baholashda hududning mulkini daromadliligi va byudjet samaradorligi, ishlab chiqarish va ijtimoiy tuzilma sifati hamda hudud tarmoqlarining texnologik
yangilashdagi ehtiyoji, transport ta’minoti kabilarni hisobga olish lozim. Keltirilgan ko‘rsatkichlar hududning iqtisodiy, moliyaviy va soliq salohiyatini hisoblash uchun axborot bazasining asosini tashkil etadi. Mazkur axborot bazasi hududning iqtisodiy o‘sishi va shunga mos holda mahalliy byudjetlarga soliq tushumlari hajmining o‘sish imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratdi. Bu mahalliy byudjetlarni shakllantirish uchun muhim.
Aks holda, hududlarning yuqori byudjetdan oladigan moliyaviy yordamlari, subvensiyalar, dotatsiyalarga ehtiyoji ko‘payadi.
Soliq salohiyati – bu davlat byudjetiga o‘tkazilishi belgilangan va qonunchilikda o‘rnatilgan stavkalarda
hisoblanadigan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarning imkon darajasida yig‘ilishi mumkin bo‘lgan hajmidir. Davlat byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni soliq vositalari yordamida davlatning iqtisodiy munosabatlarini tartibga solish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Soliq stavkalarini tartibga solish, soliq imtiyozlari berish va boshqa shu kabi vositalar iqtisodiyotda tarkibiy siljishlar va investitsiyalash jarayoniga o‘zining munosib ta’sirini ko‘rsatadi.
Tahlil ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki (1-ilova), soliq turlari bo‘yicha yig‘uvchanlik koeffitsenti 2011-yilga nisbatan 2014-yilda 10,8
foizli punktga, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 37,3 foizli punktga pasaygan. Mahalliy soliqlar va aktsiz solig‘i bo‘yicha yig‘uvchanlik koeffitsenti aktsiz solig‘i bo‘yicha foizda 5,9 punktga, mol-mulk solig‘i buyicha 18,9 punktga o‘sgan. Tahlillarni davom ettirib, har bir soliq turi bo‘yicha soliq
salohiyatini hisoblagan holda, uni haqiqiy tushumlar bilan solishtirma tahlil qilamiz. Soliq salohiyatiga nisbatan haqiqiy soliq tushumlari ijobiy o‘zgarishda bo‘lgan
5.
Mazkur holat ya’ni, soliq salohiyati bilan haqiqiy soliq tushumlari o‘rtasida farq qisqarilishi ijobiy hisoblanadi. Bu izchillik bilan amalga oshirilayotgan byudjet-soliq siyosatining ijobiy natijasidir. Aytish mumkinki, soliq salohiyatidan mahalliy byudjet daromadlarini rejalashtirishda foydalanish maqsadida o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, soliq salohiyatiga
hududiy iqtisodiyot, xususan hududning moliyaviy holati bog‘liq.
Shunday qilib, byudjet daromadlarini rejalashtirish aniq vaqt mobaynida iqtisodiy jihatdan asoslangan va soliqli daromadlarning maksimal imkoniyatlarini aniqlaydigan prognozlashtirish hisoblanadi. Soliqlarni prognozlashtirish usuli qo‘llanilganda soliq salohiyati va haqiqiy soliq tushumlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni baholash, byudjet loyihasidagi soliq
tushumlari hajmi aniqlanadi