Bog'liq O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BYUDJET TIZIMIDA MAHALLIY BYUDJETNING O\'RNI VA AHAMIYATI
II BOB.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAHALLIY BYUDJETLARNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTRISH YO’LLARI 2.1. Mahalliy byudjet daromadlarini oshirish va xarajatlarini muvofiqlashtirishning asosiy mexanizmlari Mahalliy byudjetlar Davlat byudjetining asosini tashkil etganligi uchun mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirish, xarajatlarini muvofiqlashtirish mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojiga katta hissa qo‘shish bilan bir qatorda xalqimiz farovonligining oshishiga hamda mamlakatimiz mintaqalarini iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi.
1999-yil dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston davlat qurilishining asosiy tamoyillarini belgilab berdi. Ularning amalga oshirilishi respublika va mahalliy hokimiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar o‘zgarishini shart qilib qo‘ydi, ularning byudjet fondlarini chekladi va byudjetlararo munosabatlarni tabaqalashtirdi.
Konstitutsiyada mustahkamlangan mahalliy hokimiyatlarning mustaqilligini moliya sohasida qayta o‘zgartirishlarni va mahalliy byudjetlarning daromad asoslarini mustahkamlash yo‘llarini izlashni talab qildi. Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish, xarajatlarni muvofiqlashtirishning yangi modeliga bo‘lgan zarurat byudjetni qayta o‘zgartirishga olib keldi. Davlat boshqaruv tamoyillari o‘zgarishlari bilan birga hozirgi paytda maqsadlar hamda byudjetni hududiy tartibga solish tamoyillarining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir.
Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjet daromadlarini shakllanishi va xarajatlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilash jarayonidagi roli, ular faoliyatini moliyaviy mustaqilligini ta'minlovchi asosiy yo‘nalish hisoblanadi.
Mahalliy byudjetlarni tayyorlash, ko‘rib chiqish va qabul qilish, davlat byudjeti jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining "Byudjet tizimi to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Mahalliy byudjetlarni tuzish O‘zbekiston respublikasi davlat byudjetiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ya'ni davlat byudjetini tuzishda mahalliy byudjetlarga kelgusi moliya-yiliga byudjet mablag‘lari olish uchun byudjet so‘rovi yuboriladi.
Qoraqolpog‘iston respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari byudjet so‘rovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli byudjetlarni loyihalarini tuzish ushbu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
o‘z byudjetlari loyihalarini tayyorlashi uchun -tumanlar va shaharlar hokimlariga;
Qoraqalpog‘iston respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan byudjet mablag‘lari olishga buyurtmalar tuzish uchun Qoraqalpog‘iston respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘lari oluvchilarga byudjet so‘rovlari yuboradi. Shu so‘rovnomalar asosida mahalliy hokimlar uch kun muddat ichida qaror qabul qiladi.
Qapop qabul qilinganidan keyin, uch kunlik muddat ichida tumanlar va shaharlarning byudjetlaridan byudjet mablag‘lari olish uchun asoslangan buyurtmalar tuzish uchun - ushbu tuman va shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablaglarini oluvchilar byudjet so‘rovnomalari yuboradi.
Byudjetdan ajratiladigan mablag’lar olish uchun beriladigan buyurtma shakli va uni tuzish tartibi O‘zbekiston respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilanadi.
Kelgusi moliya yiliga byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar olishga buyurtmalar mahalliy byudjet organlari tomonidan joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga taqdim
etiladi.
Kelgusi moliya yiliga tegishli byudjet loyihalari: tumanlar va shaharlar xokimliklari moliya organlari tomonidan mahalliy hokimiyat vakillik organlari belgilangan tartibda va muddatlarda, joriy yilning yigirma beshinchi iyunidan kechiktirmay yuqori moliya organlariga taqdim etiladi.
Taqdim etilgan byudjet loyihalari asosida hududiy mahalliy hokimlar, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan joriy-yilning yigirma beshinchi iyulidan kechiktirmay O‘zbekistan respublikasi Moliya Vazirligiga hududiy byudjet loyihasini taqdim etishadi.
Shu byudjet loyihalari asosida O‘zbekistan respublikasi davlat byudjeti loyihasi tuziladi. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mahalliy byudjet loyihasini tuzilayotganda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan-yilgi asosiy yakunlari va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy-yilgi yakunlarining prognoz bahosi:
- kelgusi yilga mo‘ljallangan mahalliy byudjet loyihasini tuzishda asos bo‘lgan kelgusi yilning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
- hududni byudjet va soliq siyosatining kelgusi-yilgi asosiy yo‘nalishlari loyihasi keng tahlil etib kelgusi yil uchun byudjet loyihasini tayyorlaydilar.
Taqdim etilgan byudjet loyihasi asosida davlat byudjeti loyihasi tuzilib, bu loyihada respublikadagi hududiy byudjetlarni daromadlari va xarajatlari hududlarni iqtisodiy holati hisobga olinadi. Shuningdek geografik, demografik joylashishi, tabiiy potensiali, mehnat resurslari, ijtimoiy holati va ishlab chiqarish salmoqlari davlat byudjeti loyihasini tuzishda hisobga olinadi.
Davlat byudjeti loyihasida mahalliy byudjetlar daromadlari shakllanishi quyidagicha bo‘ladi: 1. hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun mahalliy byudjetga kelgusi-yilda amaldagi qonun asosida tushadigan mahalliy soliq va boshqa tushumlar prognozi.
2. Umumdavlat soliqlaridan mahalliy byudjetlarga ajratmalar.
3. Respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga
ajratilgan subvensiya va dotatsiyalar.
Davlat byudjeti loyihasida mahalliy byudjetlarni xarajatlari shakllanishi asosan:
1. Smeta ko‘rsatkichlari prognozi bo‘yicha, kelgusi-yil boshida byudjet tashkilotlarida xodimlar soni va shtat birliklari hamda ularni o‘zgarishi prognozi.
2. Tovarlar, ishlar, moddiy ishlab chiqarish xizmatlari va amaldagi sotib olish bozor baholari hamda ularni baholarini o‘zgarish prognozi asosida tuziladi.
Biz yuqorida mahalliy byudjetlarni shakllanishi asoslarini sanab o‘tdik. Agar biz bularni har biriga to‘xtaladigan bo‘lsak, ya'ni mahalliy byudjetni daromadlari shakllaridan biri bu mahalliy soliqlar va tushumlarni kelgusi yil uchun amaldagi qonun asosida prognozlash. Bunda davlat byudjeti loyihasida mahalliy byudjetlarga amaldagi qonun asosida tushadigan mahalliy soliqlarni prognozi har bir hudud uchun uning iqtisodiy, ijtimoiy, geografik, demografik imkoniyatlarini hisobga olib tuziladi.
Hududlarda mahalliy soliqlar hisobidan mahalliy byudjet daromadlari to‘ldirish imkoniyatlari turlicha bo‘lgani sababli umumdavlat soliqlaridan yuqorida biz sanab o‘tgan imkoniyatlar asosida mahalliy byudjetlarga ajratmalar beriladi. Shu ajratmalar asosida mahalliy byudjet daromadlari to‘ldiriladi.
Bundan tashqari ushbu viloyatlar mahalliy byudjetlariga davlat byudjetidan subvensiya va dotatsiyalar ham beriladi. Chunki ushbu hududlarda mahalliy tushumlar va umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ularni xarajatlarini qoplay olmaydi.
Mahalliy byudjetlar xarajatlarini shakllanishi esa biz yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar soni va shtat birliklarini byudjet loyihasi tuzilayotgan-yil boshiga va ularni-yil davomida o‘zgarishlarini prognozlash orqali tuziladi. Bunda kelgusi-yilda byudjet sohasida ishlovchi xodimlar soni va shtat birliklari sonini ko’payishi yoki kamayishi prognoz qilib hisobga olinadi.
Shuningdek, tovarlar, ishlar, moddiy ishlab chiqarish xizmatlari bahosi hamda sotib olish bahosi va ularni byudjet-yili davomida o‘zgarishlari, bozor baholari prognozlari asosida loyihalanadi.
Shu loyihalar asosida mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari shakllanadi.Davlat byudjet loyihasi ko‘rib chiqib tasdiqlangandan so‘ng ikki hafta vaqt mobaynida davlat byudjetiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari bir hafta vaqtdan keyin tomonidan mahalliy byudjet loyihalari ko‘rib chiqib xalq deputatlari viloyat va tuman kengashi tomonidan tasdiqlab qabul qilinadi.
Qabul qilingan davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari yuzasidan uch kun muddat ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e'tiborini ularni byudjet daromadlari va xarajatlari miqdori, kelgusi moliya-yili uchun respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet subvensiyalari miqdori yetkaziladi.
Mahalliy byudjetlar mablag‘larini byudjet tashkilotlari bo’yicha tegishli moliya organi tomonidan sarflanadi.
Mahalliy byudjetlar hisob varaqlaridagi byudjet mablag‘lari qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablag‘i me'yorini shakllantirishga yo‘naltirish mumkin. Qoldiqlarning aylanma kassa mablag‘i me'yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi mahalliy hokimlarning qaroriga ko‘ra qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Shu bilan birga, mahalliy hokimiyatlarga yuklatilgan, byudjet xarajatlarida aks etmagan sohadagi tadbirlar ham borki, bu tadbirlar faqat byudjetda kundalik xarajatlardan tashqari ortiqcha mablag‘lar bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Bunday mablag‘lar, ayniqsa yuqori byudjetdan dotatsiya oluvchi mahalliy byudjetlarda bo‘lishi qiyin. Bu holat esa, o‘zlarini yuklatilgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal etish uchun, amaldagi qonunlarga zid ravishda mahalliy hokimiyat organlarini, korxonalar moliya xo‘jalik faoliyatiga aralashishi bilan bog‘liq salbiy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri hisoblanadi.
Mahalliy byudjetlar soni va hajmini oshishining asosiy faktorlari — mamlakat iqtisodiy potensialining rivojlanishi, oxirgi sonining o‘sishi va urbanizatsiya jarayonarining kengayishi hisoblanadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonlari — mahalliy byudjetlarning xarajatlar qismida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning mablag‘lari tasdiqlangan ko‘rsatkichlar darajasida quyidagicha xarajat qilinadi:
1. Qoraqalpog‘iston respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar orqali moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining joriy xarajatlari.
2. Joriy byudjet transfertlari.
3. Kapital xarajatlar.
4. Boshqa xarajatlar.
O‘zbekiston respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Qoraqalpog‘iston respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan quyidagi maqsadlar uchun xarajatlar amalga oshiriladi:
1. Davlat hokimiyati organlari va joylardagi boshqaruv organlarining faoliyatini ta'minlash.
2. Maktabgacha bo‘lgan tarbiya, o‘rta va o‘rta maxsus va maxsus ta'lim.
3. Ijtimoiy soha ob'ektlarini saqlash.
4. O‘zbekiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida byudjet tashklotlarining fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta'minot bo‘yicha tadbirlari.
5. Uy-joy kommunal xo‘jaligi faoliyatini ta'minlash.
6. Joylardagi ijroiya hokimiyatlarining markazlashtirilgan investitsiyalarini tashkil etish.
7. Yakka va kooperativ uy-joy qurilishini barqarorlashtirish.
8. Agrosanoat kompleksi bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish.
9. Moliyalashtirish belgilangan qonunchilik asosida boshqa maqsadlar.
Mahalliy byudjetlar xarajatlari va ularni har birining qanchalik zarurligi va iqtisodiy mohiyatini ko‘rib chiqamiz.
Iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirish.
Xarajatlar strukturasida iqtisodiy tarmoqlarni moliyalashtirishda uy-joy-kommunal xo‘jaligi xarajatlari alohida ajralib turadi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ko‘p tarmoqli uy-joy-kommunal xo‘jaligining ishlab chiqarish strukturasi 30 xildan ko‘proq faoliyat turini o‘z ichiga oladi. Ulardan eng yetakchilari quyidagilardir:
Uy-joy xo‘jaligi, elektr, issiqlik energiyalari, davlat ta'minoti, suv ta'minoti va kanalizatsiyalar, mehmonxonalar va obodonlashtirish.
O‘zbekiston asosan agrar davlat bo‘lganligi uchun mahalliy byudjetlar xarajatlarida qishloq xo‘jaligi muhim rol o‘ynadi.
Shuni ta'kidlash lozimki, barcha sanoati rivojlangan davlatlar doimiy ravishda ko‘p sohali qishloq xo‘jaligining byudjetdan moliyalashtirilishini qo‘llab chiqadi. Jumladan: Yaponiyada “Sariq sabzavotlar” deb nomlanuvchi programma ishlab chiqilgan va byudjetdan to‘liq moliyalashtrilgan. Bu esa o‘z navbatida mamlakat rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Infrastruktura sohasiga taalluqli bo‘lgan transport va aloqa ishlab chiqarish va regionlararo aloqalarni, aholi talablari va axborotlarning joylashishini ta'minlaydi. Transport va aloqa xalq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarning barcha jabhalari bilan doimiy birga bo‘ladi.
O‘zbekiston zamonaviy transportlarning salkam barcha turlaridan — temir yo‘l, havo, avtomobil va boshqalardan foydalanadi.
Iqtisoiyotning ko‘pgina sohalarida — transport xarajatlarining salmog‘i ancha yuqori bo‘lib, ular mahsulot narxining 10%dan 55%gacha bo‘ladi.
Hozirgi kunda yo‘lovchi tashish transporti zarar bilan ishlamoqda. Transport tashkilotlarning zarar bilan ishlashi va ularning rentabellik darajasining pastligi — davlatning ushbu masalalarini hal etilishida aralashuvining zarurligiga olib keladi.
Maktabgacha tarbiya maskanlari, o‘rta va o‘rta maxsus,
maxsus ta'lim sohalarining moliyalashtirilishi har qanday rivojlangan davlatning eng asosiy vazifalaridan biri yosh avlodning tarbiyasi va ularni o‘qitish hisoblanadi. O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng yosh avlodning tarbiyasida ta'lim sistemasi eng asosiy vazifa hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya sohasi ta'lim sohasining eng birinchi va muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
O‘rta maktablar uzluksiz ta'lim sohasidagi ikkinchi yo’nalishi hisoblanadi. Ular orqali O‘zbekiston respublikasi fuqarolari uchun bepul ta'lim olish imkoni yaratiladi.
O‘rta maxsus ta'lim muassasalari orqali o‘rta maxsus ta'lim mutaxassisligiga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlanadi. O‘zbekistonda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash maqsadida — ta'lim sistemasining byudjetdan moliyalashtirilishi to‘la asoslangan.
Jahon bankining ma'lumotlariga ko‘ra — rivojlangan mamlakatlarda maktab ta'limiga yo‘naltirilgan xarajatlar dolzarb hisoblanadi. 1998-yilda ushbu yo‘nalishdagi xarajatlar miqdori Rossiyada 50%, AQShda 67%, Germaniyada 70%, Fransiyada 73%, Buyuk Britaniya 74%, Italiyada 76% va Yaponiyada 89%ni tashkil etgan.Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida byudjet tashkilotlarining fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta'minot bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirilishi.
Inflyatsiya sharoitida — sog‘liqni saqlash sohsida moliyalashtirishlarni amalga oshirish va xarajatlarning moddalar bo‘yicha rejalashtirilishida ayrim qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shuning uchun xarajatlarning moliyalashtirilishi birinchi navbatda quyidagi moddalarga yo‘naltiriladi:
— ish haqi;
— ish haqidan ajratmalar;
— oziq-ovqat;
— dori-darmon.
O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat — davlatning real va aniq ijtimoiy funksiyalarni ta'minlashga yo‘naltirilgan. Joylarda boshqaruv tizimini va davlat hokimiyat organlarining faoliyatini ta'minlash. O‘zbekiston respublikasida davlat boshqaruvi o‘onun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati asosida tashkil etilgan.
Boshqaruv apparatlarini saqlash xarajatlarini aniqlovchi asosiy hujjat — shtat jadvallari va xarajatlar smetasi hisoblanadi. Davlat xizmatchilarining mehnatlariga haq to‘lash — boshqaruv xarajatlarining asosiy qismini tashkil etadi.
O‘zbekiston respublikasi Moliya Vazirligining 2006-yil 9 dekabrdagi “Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tavsifnomasi” tasdiqlanishi hamda 2008-yil 1 yanvaridan davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tavsifnomasining amalga kiritilishi – byudjet xarajatlarini muvofiqlashtirilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 1999-yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan:
- byudjet mablag‘laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda byudjet intizomini mustahkamlash, shuningdek mablag‘lardan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag‘larni oqilona taqsimlash; byudjetdan mablag‘ bilan ta'minlashni byudjet tashkilotlarining faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish faoliyatini kengaytirish bilan birga qo‘shib olib borish ko‘zda tutilgan.