3. Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan hozirgi kunga qadar 21 nafar yosh olimlarning xorij mamlakatlariga ilmiy stajirovkalari tashkillashtirildi. Jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va mutaxassislarning xarajatlarini moliyalashtirishga 17,0 ming AQSH dollari hamda 70 mln. soʻm miqdorida mablagʻ yoʻnaltirildi. Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondiga 117 turdagi jami 158,1 mln. soʻmlik (20,1 ming AQSH dollari) noyob qoʻlyozma va tarixiy manbalar mazkur qoʻlyozma egalari – jismoniy shaxslardan xarid qilindi. 2018 yil 20 avgustda yosh olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlov eʼlon qilindi, 8 nafar yosh olim tanlovdan muvafaqqiyatli oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 apreldagi PQ-3674-son qaroriga muvofiq, “Yuqori texnologiyalar oʻquv-eksperimental markazi” davlat korxonasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi davlat ilmiy muassasasi shaklidagi Ilgʻor texnologiyalar markaziga aylantirildi. Ilmiy va innovatsion loyihalarini tijoratlashtirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Ilgʻor texnologiyalar markazi bazasida innovatsion start-ap akseleratori va inkubator tashkil etilib, faoliyat koʻrsatmoqda. Hozirgi kunda 25 startap jamoalar oʻz faoliyatini boshlash uchun uchun maxsus oʻquv treninglaridan oʻtmoqdalar. Hozirgi vaqtda markazda jami 2,7 mlrd. soʻmlik 18 ta loyiha (fundamental, amaliy, innovatsion va yosh olimlar) amalga oshirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 apreldagi 276-son Qarori bilan Innovatsion ishlanmalarni tatbiq etishning ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari sirasiga innovatsion intellektual muhit shakllantirish va yangi bilimlar paydo boʻlishi ham kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi PF-5418-son Farmoniga muvofiq Gʻoʻza urugʻchiligi respublika markazi
va Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi respublika markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tashkil etildi. 2018 yil iyunidan boshlab Markazda eksportbop ekin urugʻlari toʻgʻrisida statistik maʼlumotlar yuritish tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 sentyabrdagi 721-son “Innovatsion faoliyatni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, «Yashnobod innovatsion texnoparki direksiyasi» Davlat unitar korxonasi Toshkent shahar hokimligi tasarrufidan chiqarilib, Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilmasiga oʻtkazildi.
Fargʻona shahrida davlat unitar korxonasi shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida «Yoshlar innovatsiya markazi» Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 oktyabrdagi 832-son Qarori bilan tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabrdagi 865-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tashkil etildi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi PQ-3697-son “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Toshkent shahri, Andijon, Fargʻona, Namangan, Jizzax viloyatlarida innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va oʻzlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etildi.
Davlat-xususiy sherikchilik asosida Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda oʻz faoliyatini boshlagan Namangan shahridagi “Innovatsiya markazi” shahar markazida joylashgan boʻlib, belgilangan talablarga javob beradigan moddiy-texnika bazaga ega hamda hozirgi kunda ushbu markazda 10 dan ortiq xodim faoliyat olib bormoqda.
Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalarni transfer kilish markazi “Xorazm viloyati va Xiva shahrining turistik salohiyatidan samarali foydalanish va uni yanada oshirish strategiyasini ishlab chiqish” mavzuida amaliy ilmiy-texnik tadqiqotlar loyihasini bajarmoqda.
Respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan oʻquv muassasalaridagi internetga ulanish, hamda oʻquv, axborot, taʼlim va zamonaviy onlayn darslik va maʼlumotlarni olish boʻyicha mavjud muammoni hal qilish maqsadida “Internet Q-Box” loyihasi ishlab chiqildi.
Mazkur loyiha joriy etiladigan Surxondaryo viloyatida 100 ta maktab belgilab olindi. Moslamalarga joylashtiriladigan kontent Xalq taʼlimi vazirligi multimedia markazi tomonidan taqdim etildi.
Q-Box moslamalarini xarid qilish va yetkazib berish maqsadida 2018 yil 28 sentyabrda “Realan computer products limited” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan 2 oktyabr kuni 83244,60 AQSH dollari miqdorida oldindan dastlabki toʻlov amalga oshirildi.
5. 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan ilmiy-tadqiqot muassasalarining 36 nafar ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlari hamda oliy taʼlim muassasalarining 78 nafar ilmiy ishlar boʻyicha prorektorlari, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlar lavozimiga tayinlandi.
Oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamgʻarmalar va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha boʻlinmalar tashkil etildi. Jamgʻarmalarda ayni paytda 3,8 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ (toʻlov-kontrakt mablagʻlarining 5 foizdan kam boʻlmagan miqdori hamda innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish hisobiga) shakllantirildi.
Professor-oʻqituvchilar va doktorantlarni malaka oshirish, stajirovka oʻtashlari, konferensiyalarda ishtirok etishlari boʻyicha jalb etilgan xorijiy investitsiyalar 47,4 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Vazirlik ishtirokida 7 ta ilmiy tadqiqot institutlariga 26,1 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar kiritildi. Bundan tashqari, hozirgi kunda 67 ta oliy taʼlim muassasalariga jami 14,7 mln.AQSH dollaridan ziyod xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.
Vazirlik tashabbusi bilan 2018/19-oʻquv yilining boshida sinov tariqasida Toshkent Davlat stomatologiya institutida QR Book loyihasini ishga tushirdi. Mazkur loyiha tez orada boshqa oliy taʼlim muassasalarida ham tadbiq etilishi rejalashtirilgan.
Loyihaning mohiyati shundaki, endilikda talabalar sevimli kitoblarini qidirib topish uchun hech qancha vaqt sarflamaydi va proffessor oʻqituvchilar tomonidan tavsiya etilgan oʻquv qoʻllanma va darsliklar, virtual laboratoriya, multimedia vositalarining barchasini telefon yordamida onlayn ravishda ochib koʻrish imkoniyatigi ega boʻladilar. QR book innovatsion kutubxonaga kirish uchun, oʻquvchi smartfonni QR code reader (analoglari mavjud) ilovasini yuklab olishi va karta orqa tarafidan istagan kitobni tanlab, QR kodini oʻqitishi lozim. Shunda uyda, mashina va jamoat transportlarida, oʻquv muassasalarida, dam olish maskanlarida kitob mutoala qilish imkoniyatiga ega boʻladi.
Kelajakda ushbu loyihani yanada takomillashtirish uchun QR book kartasiga oʻquv materiallarini yaxshi oʻzlashtirish uchun video va foto materiallar, elektron darslik va atlaslar, mualliflik kitoblari va laboratoriya ishlarini animatsiya tarzda joylashtirish rejalashtirilgan.
“INNOWEEK” Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasidan oʻrin olgan Xalqaro innovatsion yarmarkada pavilonga yondosh ochiq hududda Spark elektromobilining ikkita namunasi taqdim etildi. Birinchi namuna Turin politexnika universiteti Toshkent filiali huzuridagi Innovatsiya markazi tomonidan Olcha.uz brendi koʻmagida ishlab chiqilgan boʻlib, loyihaning umumiy qiymati 200 mln soʻmni tashkil etadi. Ikkinchi elektromobil prototipi Urganch davlat universiteti tomonidan St-Energy kompaniyasi ishtirokida yaratilgan.
Bundan tashqari, Turin politexnika universiteti qoshidagi Avtosanoat innovatsiya markazi tomonidan yaratilgan “ProBUS”
deya nomlanuvchi avtonom mikroavtobus belgilangan yoʻnalish boʻyicha haydovchisiz sensorlardan kelgan maʼlumotlar asosida yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan. Ushbu transport vositasi “sunʼiy intellekt” yordamida boshqariladigan mamlakatimizda yaratilgan birinchi innovatsion avtomahsulotdir.
Yosh avlodning ijodiy gʻoyalari va ishlanmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda iqtidorli yoshlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan fizika-matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan yosh biologlar va kimyogarlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab internatlari tashkil etildi.
6. Sogʻliqni saqlash sohasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, oʻz vaqtida va samarali davolashga imkon beruvchi ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va sogʻlom avlodni tarbiyalashga qaratilgan kompleks tizimni yaratish maqsadida Toshkentda Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida Doktor Maksudova innovatsion klinikasi ochildi va Memorandum imzolandi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida ham innovatsion klinikalardan biri 2019 yil uchinchi choragida ochilishi rejalashtirilgan.
Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Vena tibbiyot universiteti (Avstriya) hamkorligida yurtimizda birinchi marta Toshkent shahrida ikkita eng soʻnggi avlod VPPS 2010 chang qopqonlari oʻrnatildi. Endi poytaxtimiz aholisida mavsumiy allergiyalarni nazoratga olish imkoniyati paydo boʻldi. Toshkent shahrining ikki nuqtasiga mazkur chang qopqonlari - aerobiologik monitoring stansiyalari oʻsimlik changlari va boshqa manbalar orqali paydo boʻladigan changlarga nisbatan allergiyani nazorat qilish imkonini beradi.
Allergen oʻsimliklar changi toʻplanishini kuzatishni va muayyan hududda allergiya patalogiyasi bilan kasallangan bemorlarni xabardor qilishni nazarda tutadigan aerobiologik tizimini yaratish uchun “Lanzoni S.R.L.” (Italiya) korxonasi bilan 2018 yil 18 iyulda VPPS 2010 soʻnggi avlodining ekologik chang qopqonlari xaridi uchun 18,2 ming yevrolik shartnoma tuzilgan. Mavjud shartnomaga asosan 9,6 ming yevrolik chang qopqonlari va butlovchi qismlari yurtimizga keltirilgan.
Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligida taqdimoti oʻtkazilgan innovatsion ishlanmalar qatorida MADX (Avstriya) ilmiy-tadqiqot kompaniyasi tomonidan namoyish etilgan allergiya diagnostikasining zamonaviy tizimi - ALEX testi ham boʻlib, uning yordamida allergiyaga moyillikni qondan allergiya rivojlanishining 282 ta potensial trigger faktorini bir martalik tekshiruv natijasida aniqlash imkonini beradi. Yarmarkaning birinchi kunida 25 nafar koʻngilli respondentlar Oʻzbekistonda birinchi marta qoʻllanilayotgan zamonaviy testdan oʻtish va salomatligiga doir maʼlumotlarni olish imkoniga ega boʻlishdi.
Respublika aholisining allergik kasalliklarini aniqlash uchun ultra-zamonaviy biologik mikrochiplar va skaner xaridi uchun “Macro Array Diagnostics GmbH” (Avstriya) kompaniyasi bilan 2018 yil 7 avustda 80,0 ming yevro miqdorida shartnoma tuzilgan. Tuzilgan shartnomaga muvofiq mikrochiplar va skaner toʻliq yetkazib berilgan.
7. Agrar sohaga innovatsion gʻoyalar, ishlanma va texnologiyalarni joriy etib, qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini yaratish maqsadida Xalqaro-urugʻchilik Federatsiyasi va boshqa urugʻchilik assotsiatsiyalari bilan aloqalar oʻrnatildi. Ushbu tajribadan kelib chiqib, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ham urugʻchilik klasterlarini tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun har bir klasterga 10 mln. AQSH dollaridan, jami 60 mln. AQSH dollari ajratilmoqda. Turkiyaning “Agrobest” va Yaponiyaning “Musashino Seed Co., Ltd.” kompaniyalari bilan hamkorlikda urugʻchilik klasterlarini tuzishga kelishilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 723-son Qarori bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan Andijon viloyati Marhamat tumanida yangi turdagi yuqori oqsilli omixta yem ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalarini joriy etish, dorivor oʻsimliklar oʻstirish uchun plantatsiyalar tashkil etish va qurilish materiallari uchun tez oʻsuvchi daraxtlarning yangi turlari (pavloniya)ni koʻpaytirish, farmatsevtika sanoati uchun biologik faol qoʻshimchalar olishga qaratilgan dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, biogaz uskunalari, suv chiqarish moslamalarini yaratish kabi vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan, shuningdek, fermerlarni qishloq xoʻjaligi sohasidagi innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirishga moʻljallangan maslahat punktlarini oʻz ichiga olgan Innovatsion poligon tashkil etiladi.
Davlat-xususiy sherikchilik asosida “Qoʻqon klaster” va “Qarshi-klaster” urugʻchilik korxonalarini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari tayyorlandi. Mahalliy investorlar “Sidbad” MCHJ va “Kamol Sulton” f/x tomonidan mazkur loyihalar uchun 2,5 mln. AQSH dollaridan investitsiya kiritish koʻzda tutilgan.
8. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2019-2021 yillarga moʻljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar iqtisodiyot tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va vazifalaridan kelib chiqib, xorijiy tajribalarni eʼtiborga olgan holda bosqichma-bosqich shakllantirilib, grantlar doimiy ravishda eʼlon qilinmoqda.
Respublika iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va vazifalari asosida dolzarb tematik tadqiqotlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot grantlari tanlovlari eʼlon qilindi.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2019-2020 yillarga moʻljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalari boʻyicha grant tanlovi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari, yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida shakllantirilib eʼlon qilindi.
Yoshlarni ilm-fanga qiziqishini kuchaytirish, ular faoliyatini ragʻbatlantirish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ijtimoiy-gumanitar, tabiiy va texnik, tibbiyot va qishloq xoʻjaligi fan yoʻnalishlari boʻyicha “Yosh olim” respublika tanlovi oʻtkazildi. Mazkur tanlovda 41 ta nomzod orasida 4 ta yoʻnalishda (tabiiy fanlar, texnika fanlari, qishloq xoʻjalik fanlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar) uchta toifada 12 nafar gʻoliblar aniqlanib, eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan 30 baravarigacha pul mukofotlari va diplomlar taqdim etildi.
Davlat-ilmiy texnika dasturlari doirasida 2018 yilda jami 1 748 ta loyiha 193,4 mlrd. soʻm miqdorida moliyalashtirilib, shundan amaliy loyihalar tegishliligi boʻyicha 912 ta va 114,5 mlrd., fundamental loyihalar – 369 ta va 38,2 mlrd., innovatsion loyihalar – 285 ta va 32,9 mlrd., yosh olimlarning amaliy loyihalari – 165 ta va 6,3 mlrd., xalqaro ilmiy-texnik loyihalar esa – 17 ta va 1,3 mlrd. soʻmni tashkil etadi. Ushbu loyihalarning natijaviyligi yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 oktyabrdagi PQ-3975-sonli qarori bilan Orol dengizining qurib qolgan qismidagi shoʻrlangan yerlarda ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar koʻlamini kengaytirish, ekotizimni yaxshilash hamda munosib hayot faoliyatini taʼminlash, tadqiqotlar va innovatsiyalarning ilgʻor tajribalarini joriy etish maqsadida Islom taraqqiyot banki va Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining (ICBA) ilmiy-texnik koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi. Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi hamda Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi.
Xalqaro innovatsiya markazi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Nukus davlat oʻrmon xoʻjaligiga tegishli boʻlgan Nukus tumani, “Samanbay” qishloq fuqarolar yigʻiniga joylashtiriladigan boʻldi.
Xalqaro innovatsiya markazi faoliyati uchun Innovatsion rivojlanish vazirligining “Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” tomonidan 5,8 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, yuqori texnologik innovatsiyalarni transfer qilish va halqaro aloqalarni kengaytirish maqsadida Oʻzbekston Respublikasi uchun Fransiya Taraqqiyot agentligi tomonidan ajratilayotgan 150 mln. yevro imtiyozli zayomdan 30 mln. yevro ushbu markaz faoliyati va ilmiy-tadqiqotlari uchun yoʻnaltiriladi.
“Yashnobod” innovatsion texnoparki tuzilmasida ilmiy va innovatsion loyihalarni tijoratlashtirishni qoʻllab-quvvatlash uchun biznes inkubator tashkil etiladi.
Innovatsion texnopark tuzilmasida ilmiy va innovatsion loyihalarni tijoratlashtirishni qoʻllab-quvvatlash uchun biznes-inkubator tashkil etildi. Hozirgi kunda texnoparkda 7 nafar rezident faoliyat yuritib, ular tomonidan 33 ta yangi ish oʻrni yaratildi hamda 11 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi.
Innovatsion gʻoyalar haftaligida “Yashnobod” innovatsion texnoparki ham faol ishtirok etdi. Xususan, texnoparkning 7 ta rezidenti namoyish etgan “ISR”ning roboti, “City lihgt”ning yorugʻlik tarqatuvchi mahsuloti
va “Green code”ning 3D printeri yarmarka ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.
Xorazm viloyatining ilmiy salohiyati va sanoat rivojlanishi koʻrsatkichlari boshqa hududlar bilan taqqoslaganda eng past boʻlganligini inobatga olib, yagona innovatsion muhitni yaratish, innovatsion ishlanmalarning tezkor va amaliy bajarilishi uchun shart-sharoitlar yaratish uchun Xorazm viloyatida iktisodiy rivojlanishga turtki berish maqsadida innovatsion texnoparkni yaratish taklif etiladi. Texnoparkda quyidagi yoʻnalishlar mavjud boʻladi: kimyoviy texnologiya; biotexnologiya; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish; axborot texnologiyalari; texnologik ishlab chiqarish; robototexnika va elektrotexnika.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 avgustdagi PQ-3899-sonli qarori bilan Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamgʻarmasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tuzildi.
Ilmiy va ilmiy-texnik ishlanmalarini oʻrganish va tijoratlashtirishning normativ-huquqiy bazasini yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3855-son karoriga muvofiq, tasdiqlangan 43 ta ishlanmani tijoratlashtirilishi bilan bogʻliq barcha masalalarga Fanlar Akademiyasining 15 ta ilmiy tekshirish institutlari va 6 ta tijorat banklari jalb etildi. Tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq 18 ta loyiha boʻyicha innovatsion kompaniyalar ochildi, 9 ta loyiha boʻyicha litsenziya shartnomasi imzolandi. Hozirgi kunda changtutgich loyihasi Navoiy togʻ-kon metallurgiya kombinati mablagʻlari hisobidan tijoratlashtirishilib, dastlabki ikki bosqichi yakuniga yetdi.
Loyiha qiymati 18,49 mlrd. soʻm boʻlgan Qoraqalpoq tabiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti texnologiyasi asosida “Barxan qumi va ohak asosida silikat gʻisht ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish uchun ustav kapitali 400 mln. soʻmdan iborat “Silikat Barxan” MCHJ tashkil etildi. Ushbu loyihaning katta yutugʻi shundaki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi juda katta miqdorda mavjud barxan qumidan xom ashyo sifatida foydalaniladi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida tabiiy gazdan foydalanilmaydi, shu bilan bir qatorda maxsulot yuqori darajadagi ekologik zararsizdir.
Oʻzbekiston hududidagi seysmik xavfni baholash dasturi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tijoratlashtirildi. Oʻsimlik moddalar kimyosi instituti va “Nikofarm” MCHJ oʻrtasida farmatsevtika sohasiga oid “Flanorin” va “Ferulen” substansiyalarini ishlab chiqarish boʻyicha litsenziya shartnomasi imzolanib, ushbu loyihalarni tijoratlashtirish natijasida 440 mln. soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Seysmologiya institutining “Yaqin yillarda kutilayotgan seysmik faol xududlar xaritasi” loyihasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tijoratlashtirildi. Xaritalar har yili yangilanib boriladi.
Innnovatsion haftaligida Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining fizika-texnika instituti hamda Isroil Davlatining 6 ta kompaniyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi oʻrtasida imzolangan oʻzaro anglashuv Memorandumiga muvofiq, 25 oktyabr kuni TSM (Technology Systems Management) kompaniyasi tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |