Vazirlikning tashkil topgan vaqti: 2017 yil 29 noyabr
Vazirlikning tashkil etilishining huquqiy asosi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2017 yil 29 noyabrdagi PF-5264-son Farmoni
Vazirlik maqomi: Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini
har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Oʻtgan vaqt davomida innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. Innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, ularning yanada rivojlanishini taʼminlovchi normativ-huquqiy bazani yaratish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta farmoni, 11 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 8 ta qarori va 4 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari (jami 26 ta) tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son Farmoni 3-bandi ijrosi taʼminlash maqsadida Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Fan toʻgʻrisida”gi hamda “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunlari loyihalari ishlab chiqildi. Mazkur qonunlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etildi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fan toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishdan soʻng qabul qilindi. Ayni paytda ushbu Qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
2018 yilning mart oyi boshida “Fan toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasiga Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi “Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini muhokama qilish” (regulation.gov.uz) veb-sahifasiga joylashtirildi va u fuqarolarning juda keng muhokama mavzusiga aylandi. Ushbu Qonun loyihasi 2210 ta izoh qoldirilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi sifatida yetakchi oʻrinni egalladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son Farmoni bilan 2019 - 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi, uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”, Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.
Strategiyaning bosh maqsadi etib mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish belgilangan.
Strategiyada belgilangan asosiy vazifalardan biri sifatida Oʻzbekiston Respublikasining 2030 yilgacha Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 50 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |