Mazkur tahlildan ko’zlangan maqsad O’zbekistonning milliy innovatsion tizimi va uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarni, salohiyatini o’rganish va baho berish, O’zbekiston kuchli tomonlarga ega bo’lgan sohalarni aniqlash, bosh bo’g’imlarni va yaxshilanish uchun harakat talab yo’nalishlarni belgilab berishdan iborat.
Ilm talab va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishning o’rni katta. Shu bois, butun dunyoda yangi va ilg’or texnologiyalarni bozor qiymati oshib bormoqda. O’zbekiston bu yo’nalishda o’ziga xos salohiyatga ega hisoblanadi. Bugungi kunda davlatimiz rahbarining ilm-fanni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratayotgani tufayli ushbu salohiyat yuksalib bormoqda. Har yili istiqbolli ilmiy g’oya va loyihalarni amalga oshirish uchun davlat grantlari ajratilmoqda. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ro’yobga chiqarilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar jahon ilm-fani uchun ham katta ahamiyatga egadir. Olimlar o’z ishlarini, birinchi navbatda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar oldida turgan aniq vazifalarni hal etishga yo’naltirayotir. Innovatsion salohiyatni oshirish kichik korxonalarni rivojlantirish bilan bog’liq. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, kichik korxonalar katta korxonalarga qaraganda, 4 barobar ko’p innovatsiyalar yaratadi yoki ilmiy tadqiqotga kiritilgan har bir dollarga kichik innovatsion korxonalar 2,5 barobar ko’p mahsulot yaratadilar. Korxonalarda innovatsion salohiyatni baholashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega: - ilmiy-texnik salohiyat (ilmiy darajaga ega xodimlar soni, bir xodimga to’g’ri keladigan ratsionalizatorlik takliflar soni, patentlar soni va boshqalar); - kommersializatsiya ko’rsatkichlari (ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmida yangi mahsulot ulushi, litsenziya shartnomalari soni va boshqalar); - bajarilayotgan ishlarning davomiyligi (innovatsion davrning kattaligi); - innovatsiyaning boshqarilayotgan tizimi tavsifi (korxonada innovatsion faoliyatni rag’batlantirish shakllari, yuqori darajadagi 122 rahbarlarning innovatsion loyihalarni amalga oshirishda qatnashishi, innovatsion faoliyatga qatnashuvchilarga erkinlik darajasini ta‘minlanishi). Innovatsion faoliyat maqsadlarni amalga oshirish miqyosi va xususiyatlardan kelib chiqib, innovatsion strategiyani ishlab chiqish mumkin. Innovatsion strategiya korxonaning uzoq muddatga rivojlanishida innovatsion salohiyatdan samarali foydalanishini ta‘minlaydigan tadbirlar majmuasidir. Innovatsion o’zgarishlar raqobat afzalliklari asosida o’rganilib, quyidagi strategiyalar ishlab chiqiladi: - differensiatsiyalash; - xarajatlarni pasaytirish; - eng yaxshi qiymat. ―Innovatsiyalarning iqtisodiy ahamiyatini misollarda ko’rib chiqish materialni tushunishni yanada soddalashtirish lozim. Shunday ekan innovatsiyalarning turli mamlakatlar, xususan, Xitoy, Tayvan, Koreya va Singapurlar misolida mamlakat sanoatida va iqtisodiyotining o’sishidagi ahamiyati e‘tiborga sazovordir. Ularning innovatsion rivojlanishi boshqa Evropa mamlakatlariga nisbatan ancha tez bo’lganligi sababi, bu mamlakatlar innovatsiyalarni yaratish uchun texnologiyalarni xorijdan sotib olib, o’zlari uni takomillashtirish ustida ishlashgan. ―Milliy innovatsion tizim‖ tushunchasini fanga dastlab amerikalik olim K.Frimen 1987 yilda kiritgan. ―Milliy innovatsion tizim‖ turli istitutlarni birgalikda yoki alohida yangi texnologiyalarni yaratishga hissa qo’shgan va hukumat a‘zolarining yangi siyosatni ishlab chiqash va amalga oshirishga ta‘sir etuvchi innovatsion jarayondir. U o’zaro bog’langan institutlar tizimi bo’lib, ular ―bilimlar, yangiliklar va yangi texnologiyalarni tashkil etish, saqlash va uzatishni amalga oshiradilar. Dunyo olimlarining fikricha mamlakat innovatsion taraqqiyoti to’g’ri olib borilgan innovatsion siyosatga bog’liq.Rivojlanish yo’lidan borayotgan har bir davlatning innovatsion siyosatini bosh maqsadi milliy innovatsion tizimning barcha zaruriy unsurlari shakllanishi va o’zaro integrallashgan aloqada bo’lishini ta‘minlashdan iborat. Innovatsiyalar yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik loyihalari va hokazo.) foydalanish tushuniladi. Bugungi kunda yangiliklar, ularni amalga oshirish, samarali joriy etish va ulardan oqilona foydalanish yo’nalishlari, bozorni egallash, iste‘molchilar talabini qondirishga qaratilgan strategiyalarini o’rganuvchi alohida fan vujudga keldi. Innovatsiyalarning har bir necha turlarini ajratish mumkin. Iqtisodiyotda mahsulot va jarayon innovatsiyalari degan tushuncha bo’lib, ular o’ziga xos xususiyatlar bilan farqlanadi. Jarayon innovatsiyasi ko’proq foyda olishga qaratilgan yangicha ishlash uslubi, ishlab chiqarish, sotuv jarayonlarini oqilona tashkil etish va bajarishni yanada takomillashtirishni o’z ichiga oladi. Innovatsion jarayonlarga innovatsion marketing va menejment, raqobat, liderlik strategiyalarini misol qilishimiz mumkin. Bunday innovatsion jarayonlar yirik kompaniyalar raqobatbardoshligi ortishida markaziy rol o’ynaydi.
Innovatsion jarayon yangi g’oya paydo bO’lganidan tortib to bozorda sotiladigan mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarish amalga oshirilgunga qadar bO’lgan O’zaro bog’liq bosqichlar murakkab zanjirini ifodalaydi. Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning ketmaketlikdagi zanjiri bO’lib, uning davomida yangilik oddiy bir g’oyadan muayyan mahsulot, texnologiya yoki xizmatgacha ―pishib etadi‖ va xO’jalik amaliyotida tarqaladi18 . Innovatsion jarayon sub‘ektlari quyidagi guruhlarga bO’linadi. 1.Korxonada faoliyat yuritayotgan novatorlarfan- texnika taraqqiyot generatori. 2.Dastlabki renioisitlar – bu birinchi bO’lib yangilikni joriy qilgan tadbirkorlar hisoblanadi. 3.Dastlabki kO’pchilik yangilikni joriy qilgan korxonalar. Ijtimoiy iqtisodiy globallashuv sharoitida innovatsion rivojlanishning uchta asosiy yO’nalishini qayd etishi mumkin: 1.Makromiqyosda ilmiy ishlab chiqarish davrining barcha bosqichlarini O’zida mujassam etgan maqsadli loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish modeli (AQSH, Angliya, Fransiya). 2.Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini mo’tadil innovatsion muhit yaratish orqali optimallashtirish, yangilik va ixtirolarni keng tarqatishga ixtisoslashgan model(Germaniya, Shvetsiya, Shvetsariya). 3.Innovatsion infratuzilmani rivojlantirish orqali yangiliklar yaratishni rag’batlantiruvchi model(YAponiya, Janubiy Koreya). SHu nuqtai nazardan O’zbekistonda innovatsion rivojlanishning birinchi modelida, ya‘ni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini iqtisodiy amaliyotga tadbiq etish yO’lidan borildi. 19 Innovatsion rivojlanish haqida fikr yuritar ekanmiz, uni belgilovchi kO’rsatkichlar haqida bilish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda universitetlar sifati ham oshirilishi venchur investitsiya kiritilishi kabi jihatdan hisobga olinadi. Reyting tuzishda ekspertlar etti mezonga asoslanadi; -tadqiqot va ishlanmalarga yO’naltirilayotgan xarajatlar; -YaIMning foizlardagi ishlanmasi; -YaIMdagi texnologik ishlab chiqarish qiymati; -sanoatdagi samaradorlik; -mamlakatdagi yuqori texnologiyalar sektoridagi kompyuterlar soni; -xizmatlar kO’lamining rivojlanganligi; -prefessional tadqiqotchilar; -patentlar soni. 2017 yilda ushbu reytingda g’oliblikni qO’ldan boy bermagan Janubiy Koreya yana birinchi O’ringa sazovor bO’ldi. Shu yili O’zbekiston esa ushbu rO’yxatda 133-O’rinda qayd etilgan. Olimlarning fikricha, mamlakat innovatsion taraqqiyotga erishish uchun ushbu tarmoqqa YAIMning 1 foizi miqdoridan kam bO’lmagan 19 I.Y.Umarov ―Sanoat korxonalarining innovatsion slohiyati ko‘rsatkichlari taxlili‖// ―Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar‖ ilmiy elektron jurnali. № 4 iyul-avgust, 2015 yil 125 miqdorda mablag’ yO’naltirishi kerak. Hisob-kitoblarga kO’ra bu O’zbekistonda taxminan 0.19 foizni tashkil etadi. Bundan kO’rinadiki, O’zbekiston innovatsion rivojlanish yO’liga O’tish uchun YaIM hajmida innovatsion xarajatlar miqdorini oshirishi lozim. Yurtimiz dunyoning innovatsion rivojlangan davlatlar rO’yxatidan joy egallashi uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud bO’lib, avvalambor iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish talab etiladi. Fanning zimmasiga jamiyatga yangi imkoniyatlar berish kabi asosiy vazifa yuklatilsa, yangilikni joriy etishning asosiy vazifasi insonlar yashash tarziga ta‘sir qilishdan iborat bO’ladi. Demak, yangilikni joriy etish birinchi bO’lib mahsulot yoki xizmatni qO’llash, yangi g’oya va ilmiy natijalarni tijorat darajasida O’zlashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |