Mavzu: O`zbekiston hududiga kirib kelgan ko`chmanchi xalqlarni tarixini o`rganish va tahlil qilish. Reja



Download 16,06 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi16,06 Kb.
#395713
Bog'liq
O`zbekiston hududiga kirib kelgan ko`chmanchi xalqlar


Mavzu: O`zbekiston hududiga kirib kelgan ko`chmanchi xalqlarni tarixini o`rganish va tahlil qilish.

REJA:

  1. O`zbekiston hududiga kirib kelgan ko`chmanchi xalqlar.

  2. O`zbekistodagi ko`chmanchi xalqlar tarixini o`rganish.

O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan xalqlarning tarixi qadim o‘tmishga borib taqaladi. Yashab turgan hududimiz tarixiy manbalari, arxeologik qazilmalari, xalq og‘zaki ijodi namunalari orqali umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini butun olam tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk zaminda buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, siyosatchilar, buyuk sarkardalar yashab o‘tganlar. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu yerda yaratilgan, sayqal topgan. Milodgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, osori atiqalar dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi. Topilgan ko‘plab qadimgi toshyozuvlar, bitiklar, kutubxonalarda saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozmalar, ijtimoiy hayotning turli sohalariga doir o‘n minglab qimmatbaho asarlar o‘lka xalqlari ma’naviyatining yuksakligini namoyon qilib turibdi. Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini sinchiklab o‘rganish, ulardan O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, mamlakatimizni buyuk davlatlar qatoriga ko‘tarishda, xalq farovonligini yuksaltirishda foydalanish muqaddas vazifadir. Chunki O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “...kim bo‘lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”1 . Demak, o‘zligini tanigan, tarixiy tajribadan chuqur saboq olgan fuqarolariga ega bo‘lgan davlatni tanlagan yo‘lidan qaytarib bo‘lmaydi. Bunday davlatda tinchlik, taraqqiyot, farovonlik barqaror bo‘ladi. O‘zbekiston tarixining bog‘chadan boshlab barcha turdagi o‘quv yurtlarida o‘qitilishi yuqoridagi g‘oyadan kelib chiqadi. Fanni o‘qitilishining ahamiyati uning oldiga qo‘yilayotgan vazifalar va maqsadlardan kelib chiqishi tabiiydir. Bizningcha, O‘zbekiston tarixini o‘qitishdan ko‘zlangan maqsadni quyidagi uch jihat bilan izohlash mumkin: Birinchidan, O‘zbekiston tarixini fan sifatida o‘qitish bilan ijtimoiy jarayonlarni chuqur tahlil qilishga, ularning rivojlanish qonuniyatlari, sabab va oqibatlarini aniqlash va tushuntirib berish orqali yoshlarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga, intellektual qobiliyatini yuksaltirishga erishiladi. Tarixiy jarayonlar tasodifiy, o‘zaro bog‘lanmagan voqealar emas, balki muayyan qonuniyatga, mantiqqa ega bo‘lgan hodisalar ekanligini tushungan, ongli, bilimli odamni aldab bo‘lmaydi. U har bir narsani aql va mantiq tarozisiga solib ko‘radi va to‘g‘ri xulosalar chiqara oladi. Ikkinchidan, hech qaysi ijtimoiy fan O‘zbekiston tarixi kabi millatimizning o‘zligini bilishiga salmoqli hissa qo‘shmaydi. Aynan shu sababli O‘zbekiston tarixini o‘rganish jarayonida millatimizning o‘zini o‘zi anglash ehtiyoji to‘laroq qondiriladi. Boshqacha aytganda, tarix xalqning ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviyatning ajralmas tarkibiy qismi milliy tuyg‘udir. Milliy tuyg‘u – insonning o‘zi mansub bo‘lgan millatning tarixi, xususiyatlari, ruhiyati, hozirgi ahvoli va qadriyatlarini tug‘ma, hissiy anglashidir. Insonda milliy ong, tuyg‘u va g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, bunday inson o‘zga millatlarning ham qadr-qimmatini anglab yetmaydi, unda tarbiyaning vatanparvarlik, jasorat, ishonch kabi shakllarini qaror toptirish to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas. I. Karimovning ta’biri bilan aytganda, “Xalqimizning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljishda hal qiluvchi..., belgilovchi ahamiyatga ega”1 . Shuningdek, O‘zbekiston tarixini o‘rganish davlatimiz fuqarolarini vatanparvarlik, baynalmilallik ruhida tarbiyalash, xalqimizning milliy xudbinlik, maqtanchoqlik, milliy mahdudlikka botib ketmasligining oldini olish kabi bir qator tarixiy vazifalarni ado etadi. Uchinchidan, mustaqil davlatimizning kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotidagi insonparvar demokratik rivojlanish yo‘lini tanlaganligi bu davrda turli xil partiyalar, siyosiy harakatlar va birlashmalarda ishtirok etayotgan fuqarolardan davlatimizning iqtisodiy rivojlanishi uchun siyosiy barqarorlikni ta’minlashlarini talab etadi. Bu talab fuqarolarimizda siyosiy ong va siyosiy madaniyatning yuksak darajada bo‘lishini taqozo etadi. O‘zbekiston tarixi fani esa jahondagi ilg‘or demokratik kuchlar, davlatlarning tajribalarini umumlashtirish asosida fuqarolarimizda yangicha siyosiy madaniyatni shakllantirish, ularning davlatimizni boshqarish ishlaridagi qatnashuvida siyosiy kaltabinlikka yo‘l qo‘ymasliklarining yo‘lyo‘riqlarini ko‘rsatish kabi amaliy-siyosiy vazifalarni ham bajaradi. Xullas, o‘tmishimizni chuqur tahlil etsak, undagi boy tajribani to‘laligicha egallasak, undan saboq olsak, eski xatolarga yo‘l qo‘ymasak, bugungi kunimiz va kelajagimizni to‘g‘ri belgilab olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Tarixsiz kelajak, milliy g‘urursiz mustaqillik bo‘lishi mumkin emas. Shunday ekan, endilikda biz istiqlolga erishgan vatanimizning turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo‘lgan ilmiy siyosiy tafakkurini shakllantirishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan yangicha tarixiy tafakkurning mahsuli sifatida o‘rganishimiz kerak. Uni mustaqillikni mustahkamlash, millatimizning o‘zligini anglash, milliy g‘ururni shakllantirish, yoshlarimizni mustaqil Vatanimizga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga xizmat qildirmog‘imiz darkor.
Download 16,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish