MAVZU: O’ZBEKISTON HUDUDIDAGI FOYDALI QAZILMALAR VA ULARDAN FOYDALANISH
Tayyorladi: QMB-520 guruh talabasi
Mardonov Azizbek
O’zbekiston respublikasining zamini juda katta miqdordagi turli-tuman qazilma boyliklarga ega. Bu zaminda 2800 dan ziyod foydali qazilma konlari va ular namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Aniqlangan bu konlarda 118 turdagi mineral xomashyo mavjud bo’lib, shundan 65 turi o’zlashtirilgan. O’rganilgan 1500 ta konning 188 tasi neft va gaz konlari, 48 tasi noyob metallar, 43 tasi rangli, kamyob va radioaktiv metallar, 5 tasi qora metallar, 3 tasi ko’mir va ko’pgina boshqa turdagi qazilma boyliklar konlaridir. Har yili bu konlardan 5,5 mlrd. AQSh dollarilik qazilma boyliklar olinmoqda va qo’shimcha 6-7 mlrd. dollarlik yangi zaxiralar topilmoqda. O’zbekistonda aniqlangan foydali qazilmalarning umumiy miqdori 3,3 trln. AQSh dollariga baholanadi. Faqatgina neft va gaz zaxiralarining qiymati 1 trln. dollarga teng. Hozirgi kunda respublikada 400 ta ma’danli, 450 ta ichimlik va shifobaxsh suv konlaridan foydalanilmoqda.O’zbekiston zaminida qimmatbaho metallarning katta zaxiralari mavjud. Uning hududida 32 turdagi qimmatbaho rangli metallar topilgan bo’lib, hozirgi paytda ular 33 ta kondan qazib olinmoqda.
1. Metall resurslar. Oltin.Oltin zaxirasi bo’yicha O’zbekiston dunyoda to’rtinchi o’rin (2 mln. t sof oltin), uning qazib olinishi bo’yicha esa birinchi yettilikdan o’rin olgan. Oltin zaxiralari respublikaning uchta iqtisodiy hududida joylashgan: 1) Qizilqum hududida Muruntov, Ko’kpatas, Triada, Ajibugut, Turboy, Myutenboy, Bulutkon, Aristontov, Balpantov, Besapantov, Amontoytov, Daugiztov konlari mavjud. Muruntov koni Yevroosiyo qit’asidagi eng yirik kon bo’lib, uning topilishi Xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan XX-asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot, deb e’tirof qilindi. Muruntovda affinaj yo’li bilan sof metall olish texnologiyasi joriy etilganligi hamda kon oltinining sifati yuqori bo’lganligi uchun ham bu yerda soflik darajasi «to’rtta to’qqiz»ga teng asl oltin olinmoqda. Muruntov koni qator yillar respublika oltinining 80% ni berib keldi. Undan olib ishlatilgan va ko’p yillardan beri ag’darmaga chiqarib tashlangan ruda tuprog’i bir necha yil davomida Amerikaning «N’yumont Mayning Korporeyshn» kompaniyasi ishtirokida qayta ishlanib, tarkibida qolgan oltin ham ajratib olindi. Ko’kpatasdan shu kungacha 40 t oltin olindi. Daugiztov va Amontoytovning oltin zaxirasi 300 t ga teng; 2) Nurato hududida Zarmitan, Marjonbuloq, Gujumsoy, Sarmish va boshqa konlar topilgan bo’lib, hozirgi vaqtda Zarmitan va Marjonbuloq konlarida o’zlashtirish ishlari jadal sur’atlarda ketayapti; 3) Toshkentoldihududida Qizilolmasoy, Go’zaksoy, Ko’chbuloq, Qayrag’och, Kauldi, Pirmirab va boshqa konlar topilgan. 2015 yildan yana 40 ta yangi oltin konlarini ishga tushirish mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |