2.3 Rudali foydali qazilmalar va Nometall xomashyolar
Rudali foydali qazilmalardan O`zbekiston hududida qora metallar (temir, titan, marganeo`, xrom), nodir metallar (volfram, molibden, qalay, vismut, simob, surma va boshqalar) topilgan. Respublika hududida temir va titanning bir nechta konlari ochilgan. Bularning hosil bo`lishi hududning geologik taraqqiyoti mobaynida sodir bo`lgan vulkanik jarayonlar, cho`kindi tog` jinslarining yotqizilishi hamda gidrotermal jarayonlar bilan bog`liq. Vulkanik jarayonlar bilan bog`liq temir rudalaridan biri Qoraqalpog`iston xududida joylashgan Tebinbuloq, Hisor tizmalaridagi Qazg`antog`, O`zbekistonning sharqiy qismida joylashgan Syurenota, Shabrez, Mingbuloq, Ixiach, Chimgan va boshqalardir. Cho`kindi tog` jinslari bilan bog`liq qora metallar Orololdi, Qizilqum, Sulton Vays va boshqa joylarda borligi aniqlangan.
Vulkanik, cho`kindi va gidrotermal jarayonlar natijasida hosil bo`lgan marganeo` konlari Zarafshon, Zirabuloq, Qoratepa va boshqa tog`larda ochilgan. Biroq, ularning aniqlangan zahiralari katta emas. Vulkanik jarayonlar bilan bog`liq xrom konlari Tamditog`, Sulton Vays tizmalarida topilgan.
O`zbekiston hududida rangli metallardan misning ko`plab konlari ochilgan. Konlarning uchtasidan (Qurama tog`larining shimoliy yonbag`irlarida Qalmoqqir, Sarichekuv, Dalneye) ma`dan qazib olinmokda. Bu konlardan qazib olingan xom ashyo hisobiga Olmaliq tog` metallurgiya korxonasi ishlab turibdi. Konlardagi mis Quii paleozoy davriga mansub slaneo`, quyi devon davri effuzivlar, devon toshko`mir davrlari karbonat tog` jinslari hamda ularni o`rta toshko`mir davrida yorib chiqkan intruziv tog` jinslarida joylatgan. Bulardan tashkari, mis konlari O`zbekistonning boshqa (Qizilqum, Janubiy O`zbekiston) xududlarida xam borligi aniqlangan.
Qo`rg`oshin va rux O`zbekistonning ko`pgina xududlarida topilgan. Bunday foydaln qazilmalar Janubiy O`zbekistondagi Xandizada ma`lum. Bunday foydali qazilmalarga Chotqol-Qurama tog`lari ancha boydir. Bu yyerlarda Qo`rg`oshinkon, Miskon, Koshmansoy va boshqa konlar ochilgan. Qo`rg`oshin va rux konlari Jizzax viloyatidagi Uchqulochda, Toshkent viloyatidagi Konjaylay, Qulochaloq va boshqa joylarda xam ochilgan. Bulardan eng ahamiyatlisi Uchquloch konidir.
O`zbekiston xududida nodir metallarning bir qancha konlari topilgan. Janubiy Nurota tog` tizmasidagi Langar, Qo`ytosh, Zirabuloq-Ziyovitdin tizmalaridagi Ingichka, Chakilqalon tizmasidagi Yaxton, Kamangoron, Qoratepa tizmasidagi Jom, Sariko`l, Sazag`an va boshqa joylarda volfram konlari topilgan. Umuman O`zbekistonda 6 ta katta volfram koni bor, 140 ga yaqin joyda esa ozmi-ko`pmi volfram borligi aniqlangan. Volfram konlari ichida Qo`ytosh va Ingichka konlarida ko`p yillardan beri bu ma`dan qazib olinmoqda.
O`zbekistonning ba`zi hududlarida: Hisor tog` tizmalarining g`arbiy qismida (Obizarang), Piskom tog`larida (Oydin), Qurama tog`larida (Shaygaz) va boshqa joylarda molibden konlari ochilgan. Hozir molibden Olmaliqda boshqa ma`danlar bilan birga ko`p miqdorda qazib olinmoqda. Chunki hozircha O`zbekistonda sof molibden koni topilgan emas.
O`zbekistonda 100 dan ziyod qalay konlari borligi aniklangan. Lekin bularning hammasi kichik konlar bo`lib, ulardan ma`dan qazib olinmaydi. Qalay konlari borligi Samarqand viloyatining Qarnab cho`li, Zirabuloq-Ziyovitdin tog`larida, Toshkent viloyatining Maydontol, Kengko`l, Sargardon, Ohangaron platosida va Jizzax viloyatining Nurota tizmalarida aniqlangan. Vismut Piskom tog` tizmasining janubi-g`arbiy qismida (Burchmulla qishlog`i yaqinida) O`rtasaroyda qazib olinmoqda. Bundan tashkari Qurama tizmasidagi Qizilgo`tda, Chotqol tizmasida Toshkentda va boshqa joylarda vismut borligi aniqlangan. Ular ko`pincha ko`rg`oshin-rux va mis-molibden rudalari tarkibida uchraydi. Vismutning ayrim o`choqlari Nurota, Zirabuloq-Ziyovitdin va Hisor tizmalarida ham ma`lum.
O`zbekistonda 50 dan ziyod simob va surhma konlari ochilgan. Birok, ularning zahiralari kam bo`lganligi sababli, qazib olind^aydi. Lekin respublikada bir qancha simob konlari ochilishi mumkin bo`lgan xududlar bor. Bularga MolruzorTurkiston (Zomin ruda mintaqasi), Zirabuloq-Ziyovitdin (Oltinozul ruda mintaqasi), Qizilqum (Quljuq1, Quljuq2 va boshqa rudali mintaqalar) va boshqalar kiradi.
O`zbekiston hududi asl metallarga boydir. Katta zahiraga ega oltin konlari Qizilqum cho`lida (Muruntog`, Kokpatas va boshqalar) ochilgan va qazib olinmokda. Bulardan tashkari Nurota, Chotkol, Qurama va boshqa qator joylarda kelajakda ochiladigan konlar va ruda ko`rinishlari aniqlangan. O`zbekiston hududida bir nechta kumush konlari ham mavjuddir.
Allyumin xom ashyolariga kaolin, alunit va boksit kabilar kiradi. Ohangaron ko`mir koni qazilib olinayotgan joyda kaolinning katta zaxirasi borligi aniqlangan. Alunitning aniqlangan konlari Qurama, Chotqol, Qarjantog` tizmalari yonbag`irlarida joylashgan.
O`zbekiston hududida sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan yuqori sifatli boksit konlari topilmagan. Nurota tog`lari, Qizilqum, Hisor tog`larida o`rta va past sifatli bir qancha kichik boksit konlari ochilgan. O`zbekistonda bentonitli gillar topilgan. Bularga Qashqadaryo viloyatidagi Azkamar, Samarqand viloyatidagi Kattaqo`rg`on va boshqalar kiradi. Ular bo`r va paleogen davrlarida hosil bo`lgan.
Nometall xom ashyolar ham O`zbekistonda ko`plab topilgan. Respublikada 30 dan ziyod grafit konlari mavjuddir. Uning katta koni Quljuktog` tizmasidagi Toshqazganda ochilgan va qazib olinmoqda. Kondagi ma`danning zahirasi 7 mln. tonnaga yakin.
Sulton Vays tizmasi, Janubiy Farg`ona va Hisor tizmalarida asbest konlari topilgan, lekin ulardan xom ashyo qazib olinmaydi. Molg`uzor tizmasidagi Sharaqsoyda va Qorjontog` tizmas Qurama tizmasidagi Olmabuloq, Kenqol, G`ovo, Chorkesarda, Chotqol tizmasidagi Sargardonda, Markaziy Qizilkumdagi Oqtoshda va boshqa yyerlarda kimmatbaxo toshlardan tashkil topilgan. O`zbekistonning 30 ga yakin joylarida biryuza borligi aniqlangan. Bulardan asosiylari Qurama tizmasidagi Ungurlikon, Shaygaz, Urgaz, Qalmoqqir, Akturpoq, Qoratepa tizmasidagi Ibroximota, Samarqandiq, Qizilqumdagi Ayaqoshi, Irlir, Ovminzatog`, Muruntov, Toshqazgan, Aytim va boshqalar. Ametist Piskom daryosining yuqori oqimi Miskon, Maydontol va boshqa hududlarda topilgan. Piskom tizmasida tog` billuri ham bor.
Zirabuloq-Ziyoviddin tog`laridagi G`unjak, Quhitang tizmasidagi Ajinakamar va boshqa g`orlarda marmar oniksining kattagina zahirasi borligi aniqlangan. Bulardan tashqari, O`zbekiston hududida nefrit, lazurit va boshqa qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar borligi aniqlangan.
O`zbekistonda kvaro` qumlarining katta zahirasi bor. Bularga Toshkent viloyatidagi Mayskiy koni, Ozadboshi koni, Qizilqumdagi Jerey koni, Karmana koni, xammasi bo`lib 13 ta kon bor. Ular gersen davrida xosil bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |