Mavzu: O’zbekiston foydali qazilmalari geografiyasi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. 1 Foydali qazilmalar



Download 0,79 Mb.
bet2/6
Sana31.03.2022
Hajmi0,79 Mb.
#520311
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston foydali qazilmalari geografiyasi

Maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi O’zbekiston Foydali qazilmalarini o’rganishga qaratilgan. SHu bilan birga O’zbekiston foydali qazilmalarini yanada chuqurroq o’rganish, tahlil qilish va Qo’shni davlatlar bilan taqqoslash ularni o’rganishdan iborat.
Bu maqsadga erishish uchun tadqiqot o’z oldiga quydagi:
• O’zbekiston foydali qazilma konlarini o’rganish:
• O’zbekistondagi mavjud yoqilg’i energetika boyliklarini o’rganish
• O’zbekistondagi rudali norudali foydali qazilmalarni o’rganish tahlil qilish va o’rganish;
• O’zbekistondagi mineral resurslarni tahlil qilish
Kurs ishining ob`ekti va predmeti. Kurs Ishining obekti sifatida O’zbekiston hududi tanlangan bo’lsa, Tadqiqot predmeti O’zbekiston foydali qazilmalariga qaratilgan.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, to’rtta reja, hulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
II. Asosiy qism.
2.1 Foydali qazilmalar.
O`zbekistoi hududi turli geologik tuzilishga va tarixga ega. SHuning uchun bu hudud turli foydali qazilmalarga boydir. Respublika hududida ko`p yillik geologik tadqiqotlar olib borilishi natijasida turli qimmatbaho qazilma boyliklari borligi, ularning miqdoriy jihati va sanoag ahamiyatiga ega bo`lgan konlari aniqlandi. Bu xalq xo`jaligini muhim tarioqlarini, ayiiqsa gaz, oltin chiqarish, znergetika, kimyo, rangii metallurgiya, ruda bo`lmagan xom ashyolar va qurilish materiallari sanoatlarini tez sur`atlar bilan rivojlantirish imkoniyatinn berdi. Hozirgi davrga kelib aniqlangan qazilma boyliklar manbalari ishlab chiqarish korxonalarini uzot muddat davomida oltin, mis, tabiny gaz, qo`rg’oshin, rux, ko`mir va boshqa mahsulotlar bilan ta`minlabgina qolmay, hattoki ishlab chiqarishin ancha kengaytirish imkonini ham beradi.
O’zbekistonda turli xil mineral resurslar tarqalgan. Bu yerda yonuvchi, rudali va rudasiz foydali qazilmalar ko’p. Ayniqsa oltin, volfram, mis, qo’rg’oshin, rux, tabiiy gaz va boshqalarning zahiralarining ko’pligi bo’yicha jahon mamlakatlarining orasida yetakchi o’rinlarda turadi. Respublika hududida qurilish materiallari (ayniqsa marmar), oyna qumi, sement keyingi yillarda ochilgan yirik fosforit konlari ham alohida ahamiyatga egadir.
O’zbekiston ayniqsa oltin qazib chiqarish bo’yicha MDH davlari orasida, Rossiyadan keyin ikkinchi, jahonda esa 8 o’rinda turadi. Sifatliligi darajasi ham juda yuqori. Oltinning yirik konlari Muruntou, Ko’kpatas, Uchqg’uduq, ulardan tashqari Zarmiton, Marjonbuloq, CHodak, Qo’ytosh kabi konalardan iboratdir. Muruntou oltin koni asosida Qizilqumda yirik sanoat markazi va Zarafshon shahri qad ko’targan.
Rangli metallar Toshkent viloyatida ko’plab topilgan. Rangli metallar qazib chiqarish asosida Olmaliq shahri rivojlangan. U respublika iqtisodiyotida yetakchi rol o’ynaydi. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida yirik gaz konglari tipilgan. Yirik konlardan Muborak, SHo’rtan, jarqoq va boshqalar shu yerda joylashgan. Ayniqsa sho’rtan gaz konining istiqboli porloqdir. Gaz faqat yoqilg’igina bo’lib qolmay balki kimyoviy xomashyohamdir.
Qashqadaryo viloyai gaz zahiralari jahatidan respublikada yetakchidir. Keyingi paytlarda Ustyurt platosi hududida ham yangi gaz konlari ochilgan.
Respublika xo’jaligida ko’mir katta rrol o’ynaydi. Respublikada qazib olinadigan ko’mirning 95 % toshkent viloyatida (Angren ko’mir koni) mavjud. Bu yerda ko’mir ochiq usulda qazib olinadi. SHu sababli mahsulotning narhi ancha arzondir. 1- rasm
Manba:https://aim.uz//docstation/com_content.article/23834/ozbekistoning_foydali_qazilmalari.docx
Surhondaryo viloyatida sanoatda katta ahamiyatga ega bo’lgan toshko’mir konlari topilgan (SHargun, Boysun konlari), ular kokslanuvchi ko’mir turiga kiradi.
O’zbekistonda ko’plab neft qazib chiqariladi. Dastlabki neft konlari Farg’ona vodiysida 1904 yilda topilgan (CHimyon koni). Keyinchalik bu yerda Polvontosh, So’x, Janubiy Olamushuk, Andijon va boshqa konlar ochildi. Mustaqillik yillarida esa (1992) Namangan viloyatida Mingbuloq neft koni topildi.
Respublikada 1990 yilda 2 mln tonna neft qazib olingan bo’lsa, 1998 yilda esa 8 mln tonnadan oshib ketdi va O’zbekiston neft mustaqilligiga erishdi. Ayniqsa Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Hozirda O’zbekistonda xilma-xil neft maxsulotlari ishlab chiqarilmoqda.3
Respublika hududida ko`p yillik geologik tadqikotlar olib borilishi natijasida turli qimmatbaho qazilma boyliklari borligi, ularning miqdoriy jihati va sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan konlari aniqlandi. Bu xalq xo`jaligini muhim tarmoqlarini, ayniksa gaz, oltin chiqarish, energetika, kimyo, rangli metallurgiya, ruda bo`lmagan xom ashyolar va qurilish materiallari sanoatlarini tez sur`atlar bilan rivojlantirish imkoniyatini berdi. Hozirgi davrga kelib aniqlangan qazilma boyliklar manbalari ishlab chiqarish korxonalarini uzoq muddat davomida oltin, mis, tabiiy gaz, qo`rg`oshin, rux, ko`mir va boshqa mahsulotlar bilan ta`minlabgina qolmay, hattoki ishlab chiqarishni ancha kengaytirish imkonini ham beradi.
Taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston yer usti tuzilishining har xilligi, respublika hududining geologik tarixi geoximik jarayonlar taʼsirida shakllangan qazilma boyliklar, mineral xom ashyo resurslari geografiyasini ham belgilab beradi. Mavjud maʼlumotlarga qarangda, Oʼzbekiston 2700 dan koʼproq foydali qazilma konlari maʼlum boʼlib, ularning faqat tasdiqlangan zahirasi 970 milliard АQSh dallarni, umumiy miqdori esa 3,3 trillion АQSh dallarini tashkil qiladi.
Foydali qazilma konlar zahiralari, ularning geologik oʼrganilganligiga qarab turli kategoriyalarga boʼlinadi. Yaxshi oʼrganilgan zahiralar sanoat ahamiyatiga ega boʼlgan zahiralar, barcha zoxiralar esa taxminiy yoki prognoz zahiralar deyiladi.
Qazilma boyliklar zahiralari xalq xoʼjalik ahamiyatiga koʼra balans va nobalans zahiralarga boʼlinadi. Balans zahiralar qulay geografik oʼrin va yaxshi texnik-iqtisodiy koʼrsatkichlarga (konning umumiy zahirasi, sifati, qatlamlarning tuzilishi va h.k.) hamda ularning qazib olishga ehtiyoj mavjud boʼlganlarni oʼz ichiga oladi. Bu talablarga javob bermagan konlar nobalans zahiralar tarkibiga kiradi.
Foydali qazilmalar zahiralari, ularning miqdori, kategoriya va ahamiyati vaqt oʼtishi bilan oʼzgarib boradi; yangi zahiralar ochiladi, zahiralarning oʼrganganlik darajasi va balans zahiralarni toʼldirib borishi roʼy beradi.
Oʼzbekiston ayrim foydali qazilma zahiralari boʼyicha dunyoning yetakchi mamlakatlari qatoridan joy oladi. Bunga eng avvalo oltin, mis, volьfram, uran, tabiiy gaz kabilar kiradi. Jumladan, respublikamiz oltin zahirasiga koʼra dunyoda 4 chi, qazib olishi boʼyicha esa yettinchi-sakkizinchi oʼrinlarni egallaydi (maʼlumot uchun: 2007 yilda Аvstraliya, JАR va Xitoyda, ularning har birida 250 tonnadan ziyodroq, АQShda shunga yaqin miqdorda oltin qazib olingan) .4
Maʼlumki, har bir mamlakat milliy iqtisodiyoti xavfsizligini taʼminlashda uning yoqilgʼi-energetika mustaqilligi katta ahamiyatga ega. Respublikamiz bu borada yirik tabiiy gaz konlariga ega. Ular asosan Qashqadaryo viloyatida (Shoʼrtang, Muborak, Uchqir, Shoʼrxok, Zevardi va b.) joylashgan. Buxoro viloyatida ham tabiiy gaz konlari mavjud (Qandim va b.), biroq ularning koʼpchiligini zahiralari tugash arafasida.
Аyni vaqtda Ustyurtda yangi-yangi gaz konlari topilmoqda. Ularning eng yirigi Surgʼil koni hisoblanadi. Garchi dastlabki neft konlari Fargʼona vodiysida ochilgan boʼlsada (masalan, Shoʼrsuvda 1886 yilda), hozirgi kunda uning ham asosiy zahiralari Qashqaryoda viloyatiga toʼgʼri keladi. Shuningdek, bu yerda eng katta kon Koʼkdumaloq sanalanadi va uning asosida Buxoro viloyatining Qorovulbozor shahrida yirik neftni qayta ishlash zavodi qurilgan.
Neft konlari Surxondaryoda (Hovdogʼ, Koʼkaydi, Lalmikor), Fargʼona vodiysida (Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Mingbuloq va h.k.). Qoraqalpogʼiston Respublikasida (Oqsholoq, Oʼrga, Shoxpaxti va b.) mavjud. Ustyurt platosi, Orol koʼli akvatoriyasi va unga tutash hududlarda yangi neft konlarini aniqlash boʼyicha hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda (“Lukoyl” kompaniyasi) geologik-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Bunday ishlar Surxondaryo viloyatida Malayziya va Eron mamlakatlari bilan birgalikda ham amalga oshirilmoqda.
Respublikada koʼmir konlari geografiyasi nisbatan keng tarqalmagan. Katta zahiraga ega boʼlgan Аngren konida (2 mlrd t.) qoʼngʼir koʼmir asosan ochiq usulda qazib olinadi va u koʼproq issiqlik elektr stantsiyalarida ishlatiladi. Toshkoʼmir konlari esa Surxondaryo viloyatida – Shargʼun va Boysun (Toʼda) konlaridan olinadi.
Yoqilgʼi resurslariga baho berganda quyidagi xulosa chiqarish mumkin: tabiiy gaz bilan mamlakatimiz yaxshi taʼminlangan va u eksport ham qilinadi; neft zahiralarini koʼpaytirish kerak; koʼmir zahiralari esa uncha yuqori sifatli emas va ularning sanoat ahamiyati kamroq.
Oʼzbekistonda temir ruda zahiralarining ham sanoat ahamiyati cheklangan. Bunday konlar Qoraqalpogʼistonning Sulton Uvays togʼida (Tebinbuloq) hamda Toshkent (Temirkon) va Navoiy viloyatlarida (Surenota) topilgan. Volьfram zahirasiga esa respublikamiz birmuncha boy. Uning asosiy konlari Qoʼytosh, Ingichka, Yaxton, Sargardon, Langar va boshqalardir. Marganets Samarqand viloyatida, molibden koni Hisor, Nurota va Chotqol tizmasida topilgan.
Yuqorida taʼkidlaganimizdek, mamlakatimiz oltin, mis, kumush, qoʼrgʼoshin zahiralari boʼyicha ham ajralib turadi. Oltinning eng yirik koni Muruntov va Koʼkpatas hisoblanadi. Shuningdek, Marjonbuloq, Qizilolma, Chodoq, Zarmetan kabi oltin konlari ham mavjud. Jami oltin zahirasining 4/5 qismidan koʼprogʼi Markaziy Qizilqumda joylashgan; hozircha respublikada aniqlangan oltin konlarining taxminan 1/4 qismi, oʼrganilgan konlarning yarmiga yaqini ishlatilmoqda, xolos.
Mis Olmaliq atrofida (Qalmoqqir, Dalьnoe, Sarichek), polimetal rudalar (Xonjiza, Uchquloch, Lashkarak) zahiralari ham katta sanoat ahamiyatiga ega. Shu bilan birga, respublikada qoʼrgʼoshin, qalay, vismut konlari ham bor, alyuminiy xom ashyosi – kaolin esa Аngren qoʼngʼir koʼmir qatlamlari orasida juda katta zahiralarga ega. Oʼzbekiston uran konlariga boy; uning asosiy konlari Markaziy Qizilqumda, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarida joylashgan.
Mamlakatimizda turli togʼ kimyosi xom ashyolarining katta zahiralari mavjud. Ular eng avvalo Tubekatan kaliy, Xoʼjaikon osh tuzi, Boybichekan tosh tuzi hamda Qoraumbet, Borsa Kelmas, Qoʼngʼirot yaqinidagni turli tuz konlaridir. Fosforitning yirik zahirasi Navoiy viloyatida – Markaziy Qizilqumda topilgan va undan hozirgi paytda foydalanilmoqda.
Oʼzbekistonda har xil qurilish materiallari – qum, gips, granit, marmar konlari bor. Marmar Samarqand, Qashqadryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpogʼistonda qazib olinadi (Gʼozgʼon, Langar, Omonqoʼton, Kitob va b.). Nometal foydali qazilmalar – flyuorit, dala shpati, grafit, asbest, talьk, bentonit gillarining ham zahiralari mavjud.
Shunday qilib, respublikamizda foydali qazilmalar asosan Navoiy Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida joylashgan. Fargʼona vodiysi va, xususan, Sirdaryo hamda Xorazm viloyatlari bu borada deyarli koʼzga tashlanmaydi.
Rangli, nodir va qimmatbaho metal konlarida “yoʼldosh” minerallar koʼp uchraydi. Binobarin, bunday rudalarni iloji boricha toʼliq, kompleks qayta ishlash talab etiladi. Umuman olganda, mamlakatimizning foydali qazilmalari yoqilgʼi, rangli metallurgiya, kimyo hamda qurilish materiallari sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qulay imkoniyatlar yaratadi. Boshqa sanoat tarmoqlari, ayniqsa qora metallurgiyani keng miqyosda rivojlantirish uchun esa tegishli sanoat ahamiyatiga ega boʼlgan resurs salohiyati hozircha mavjud emas.
Oʻzbekiston tubida minerallarning 100 ga yaqin turi aniqlangan boʻlib, ular taxminan 100 ga yaqin . 1000 konlari va 1900 ruda ko'rsatadi . Tabiiy gaz, oltin, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram, tuzlar, alyuminiy xomashyosi, metall boʻlmagan materiallar rudalarining katta zahiralari (1-jadval) . Mamlakatning umumiy mineral-xomashyo salohiyati 3,5 trln. AQSh (2002 yil holatiga ko'ra). Konchi turlarining o'ziga xos qiymati. B.dagi xom ashyo . quyidagicha: neft, gaz, kondensat - 28,8%; ko'mir - 10,2%; oltin - 7,1%; rangli, nodir, radioaktiv va qora metallar - 8,1%; seramika va sklosirovina - 6, 4%; flux va boshqa sanoat xom ashyolari - 15,1%; konchi uchun xom ashyo. o'g'itlar - 4,1%, kimyoviy uchun. sanoat - 6,0%; d.. m-bo'ladimi - 14,2%. Oltin, uran, neft, mis, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinning tasdiqlangan va istiqbolli zahiralari boʻyicha V. mintaqa va jahonda yetakchi oʻrinlarni egallaydi.5



    1. Yoqilg’i-energetika va Kimyoviy xomashyo boyliklari.

Yonuvchi foydali qizilmalar «kaustobiolitlar» deb ataladi. Grek tilidan «kaustos» – yonuvchi, «bios» – organik hayot, «litos» – «tosh», ya’ni «kelib chiqishi organik bo‘lgan yonuvchi toshlar» degan ma’noni bildiradi. Ular qattiq (torf, ko‘mir, yonuvchi slanetslar), suyuq (neft) va gaz (tabiy yozuvchi gazlar) holida bo‘lishi mumkin.
Yonuvchi foydali qazilmalar yoqilg‘i energetika bazasining asosini tashkil etadi va muhim xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega. Hech qaysi soha yonuvchi foydali qazilmalarsiz faoliyat ko‘rsata olmaydi. Ular kimyo, metallurgiya, energetika sohalari uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. Butun dunyoda qazib olinadigan foydali qazilmalarning 85 % yonuvchi foydali qazilmalarga to‘g‘ri keladi.
Yonuvchi foydali qazilmalarning asosiy elementlari, ya’ni yonuvchi moddalari uglerod (C) va vodoroddir (H). Ularning miqdori qattiq foydali qazilmalarda 95 %, neft va gazlarda 80–85 % atrofida bo‘ladi. Yonuvchi foydali qazilmalar tirik organizmlar va qsimliklarning hayot faoliyati va qisman chirishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu foydali qazilmalar guruhiga neft, gaz va ko`mir kiradi. Neft va gaz konlari Farg’ona botig’idagi SHimoliy Sox, Janubiy Alamushik, Polvontosh, CHimyon, SHursu va boshqa joylarda topilgan. Bular yura, bo`r, paleogen va neogen davrlarida yotqizilgan cho`kindi tor jinslari qatlamlari orasida joylashgan. Paleogeya davri yotqiziqlari ayniqsa foydali qazilmalarga boydir.6
Neft va gaz konlari Hisor tizmasining janubiy-g’arbiy tarmoqlaryadagi Odamtosh, Gumbuloq, Pachkamar, qizilbayroq, Omanota nomli joylarda yuqori yura davri karbonat tog’ jinslari antiklinal’ burmalarida ham ochilgan.
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarining tekislik qismida bir nechta neft’ va gaz konlargt (Muborak, Oqjar, Saritosh, Jarqoq, qoravulbozor va boshqalar) ochilgan bo`lib, ular yura va bo`r cho`kindi tog’ jinslari bilan bog’liqdir. Gazning juda katta zahirasi Buxoro viloyatidagi Gazlida 50-yillardayoq ochilgan edi. U juda katta hajmda Rossiyaning markaziy shaharlari va Urolga quvurlar ortqali olib ketilgani natijasida hozir tugab barmoqda.
Bundap tashqari, gaz konlari Ustyurt platosidagi SHohpaxta, Kuanish nomli joylarda yura davri cho`kindi tog’ jinslari qatlamlari orasida ochilgan.
O`zbekiston hududida ko`mirning to`rtta koni (Ohangaron SHag’un, Boysun, Kuhitang) ma`lum. Bulardan Ohangaron qo`ng’ir ko`mir koni Toshkent vnloyatidagi Ohangaron daryo vodiysining O`rta oqimida joylashgan bo`lib, ochiq usulda qazib oliimoqda. Bu ko`mir konining zaxirasi respublikada topilgan barcha ko`mir zahirasining 96,5 foiznni tashkil qiladi. O`zbekistondagi ikkimchi kon Surxondaryo viloyatining tog’li qismidagi yuqori sifatli SHarg’un toshko`mir konidir. Kon dengiz satxidan 600—800 m balandlikda yura davri yotqiziqlari orasida joylashgan. O`zbekiston ko`mir konlarining umumiy zahirasi 6 mlrd. tonnadan ziyoddir.7
Ko'mir. 2000 yilda mamlakatda ko'mirning o'rganilgan zaxiralari 1900 million tonnani, shu jumladan qo'ng'ir ko'mir - 1853 million tonnani, tosh - 47 million tonnani tashkil etdi. Prognoz resurslari 7 milliard tonnadan ortiq, shundan toshkoʻmir 5718 million tonnani tashkil etadi.Oʻzbekistonda 28 ta istiqbolli koʻmir maydonlari aniqlangan. Toshlar zaxiralari . ko'mir 2 avlodga to'plangan. Surxondaryo viloyati Shargunskiy va Baysunskiy . Yura davrining koʻmirli qatlami kambrgacha boʻlgan gneys va slanetslar hamda paleozoyning terrigen-karbonat va choʻkindi-effuziv jinslariga tayangan. Janob. Shargunskoe avlodining ishchi qatlamining qalinligi . 4,6 m . ko'mirli qatlam 11 tagacha ko'mir qatlamini o'z ichiga olgan ikkita gorizontdan iborat bo'lib, eng kattasining qalinligi 2,4 m kam kulli , g'ijirlamaydigan , oltingugurtli. 8
Ko’mir-yonuvchi tog’ jinsi hisoblanib, o’simlik va organizm qoldiqlarining parchalanishidan paydo bo’ladi. U sertuproq, yaxlit, qat-qat yoki donador teksturaga, bir xil yoki har xil strukturaga ega. Rangi jigar rangdan kul rang va qoragacha; yaltiroqligi-(nursiz), yaltiroqsiz va metallsimon. Ko’mir yer sharida eng ko’p tarqalgan yonuvchi foydali qazilmadir. Uning 3000 dan ortiq konlari va havzalari ma'lum. O’zbekistonda ko’mirning Sharg’un, Angren va boshqa konlari mavjud. Ko’mir asosan ikki qismdan iborat: organogen moddalar va mineral aralashmalar. Organogen moddalar orqali ko’mirning muhim xossalari aniqlanadi. Organogen moddalar asosan uglerod, kam holda kislorod, vodorod, oltingugurtdan; oz miqdori azot, fosfor va mineral aralashmalardan tashkil topgan.
Organogen moddalar massasi-quruq ko’mir massasining 50-97 % ni tashkil qiladi. Mineral aralashmalari organogen massada yoki ko’mir tabaqalarida kristall, konkresiya, mayda qat-qatlik va linza shaklida bo’ladi. Bunda gilli mineral juda ko’p tarqalgan. Ular noorganogen materiallar massasining umumiy 60-80% miqdorini tashkil qiladi. Kam miqdorda karbonatlar, sulfidlar, temir va kvarslar kuzatiladi. Undan tashqari juda kam miqdorda rangli va kamyob metallar sulfidi, fosfatlar, sulfatlar, metallarning ishqorli tuzlari uchraydi.
Yonuvchi slanes -Yonuvchi slaneslar mergelli, gilli, kremniy tarkibli cho’kindi jinslardan tarkib topib, uning tarkibida 10-50%, ayrim hollarda 60% gacha singenetik yo’l bilan cho’kkan organogen moddalar ishtirok etadi.
Ular jigar rang, sariq, kul rang tusga va varaqsimon yoki yaxlit teksturaga ega. Ayrim hollarda "yonuvchi slanes" atamasi kaustobiolitlarni anglatadi.
Ular yer ostida ko’milib qolgan o’simlik va hayvonot qoldiqlaridan paydo bo’lgan. Ularning qattiq navlari- torf, ko’mir, sapropelitlar, suyuq navlari esa - neft va uning o’zgarishidan paydo bo’lgan asfalt, ozokeritdir. Yonuvchi slanesdagi organik moddalarning dastlabki materiallari biomassadan, oddiy suv o’tlaridan, kam darajada oliy o’simlik va kam holda hayvonot organizmlaridan hosil bo’lgan. Yonuvchi slaneslarning organogen moddalari tarkibida yuqori miqdorda vodorod (7-10%)ning bo’lishi, termik qayta ishlashda uchuvchi komponentlarning ko’p ajralib (90% gacha) chiqishi va yonganda yuqori miqdorda issiqlik chiqarishi bilan xarakterlanadi.
Asosiy mineral komponentlari: kalsit, kvars, gilli minerallar, kam miqdorda dala shpati, pirit, aksessor minerallar hisoblanadi. Yonuvchi slanesning yonish issiqlik hajmi 5 mJ/kg bo’lgandagina sanoatga yaroqli yoqilg’i sifatida foydalaniladi. Konlarning ko’pchilik qismi platforma viloyatlariga taalluqli bo’lib, gorizontal va kuchsiz qiyshaygan holda yotadi.
Yonuvchi slaneslardan yog’ va gaz haydashda, qattiq yoqilg’i sifatida, slanesli smolalardan kimyoviy xom-ashyo (fenol, plastifikator) va uning chiqindisi - kuldan qurilish materiallari sifatida foydalaniladi. Ayrim yonuvchi slanes konlarida yuqori miqdorda mis, molibden, uran, qo’rg’oshin, sink, vanadiy uchraydi. Ular ma'dan xom ashyosi sifatida baholanadi.
Torf yonuvchi foydali qazilma sifatida yuqori namlik, kam kislorodli sharoitda biokimyoviy jarayonlar ta'sirida o’simliklarning tabiiy chirishi va chala parchalangan qoldiqlarining to’planishidan hosil bo’ladi. Torf yer yuzasida yoki o’n metrlar chamasidagi chuqurliklarda joylashadi. Torf tqrtlamchi davrda yuzaga kelgan mineral mahsulotlardan organogen birikmalarining ko’pligi (50% dan kam bo’lmagan) bilan, qo’ng’ir ko’mirdan esa namligining va o’simlik parchalarining ko’pligi bilan farqlanadi.
Shunday qilib, torfning organik moddasi turli darajada parchalangan qsimlik qoldiqlaridan iborat. Chirindi (gumus) torfga qoramtir tus beradi. Hujayra to’qimalarini yo’qotgan mayda o’simlik tikanlari torfning parchalanish darajasini aniqlaydi. Shuning uchun torfning parchalanishi kuchsiz (20%), o’rtacha (20-35%) va kuchli (35% dan ortiq ) bo’ladi.
Torfning botanik tarkibiga, paydo bqlish sharoitiga va xossalariga qarab uch turga (yuqori, qtkinchi, pastki) bo’lish mumkin. Torfning fizik-kimyoviy tarkibi uning turiga, darajasiga qarab aniqlanadi.
Uning tarkibida S-48-65%; O-25-45%; N-4,7-7%; N-0,6-3,8%; S-1,2% ayrim holda-2,5% ga yetadi. Torfning rangi uning turiga, parchalanish darajasiga qarab-och sariqdan to’q jigar ranggacha (yuqori), kulrang-jigarrangdan sertuproq qoragacha (pastki) o’zgaradi.
Torfning zichligi - namlikka, parchalanish darajasiga, kullanishiga, mineral tarkibiga va organogen qismlariga bog’liq bo’lib, oddiy sharoitda yotganda 800-1080 kg/m3 ga yetadi. G’ovakligi 96-97% ga teng o’rtacha yonish issiqligi-21-25 mJ/g. Torfning yonish issiqligi parchalanish darajasi va tutunning oshishi bilan yana ko’tariladi. Torf yirik elektr stansiyalarida, issiqlik elektr markazlarida, zavod va fabrika qozonxonalarida yoqish uchun ishlatiladi. Torfdan qurilish materiallari (plitalar) tayyorlanadi.
Gazlashtirish va chala kokslash yo’li bilan kimyoviy moddalar olinadi. Qishloq xqjaligida mineral o’g’itlar va ohak aralashmasini tayyorlashda torf-mineral ammiakli qg’itlar ishlab chiqarishda, sabzavotchilik va gulchilikda biologik yonilg’i, torf-chirindili tuvakchalar yasashda ham ishlatiladi.
Kimyoviy xom ashyolardan O`zbekiston xududida osh va kaliy tuzlari mavjud. Bular dengiz va quruqlik sharoitlarida yuqori yura, quyi bo`r, neogen va to`rtlamchi davrlarda hosil bo`lgan. Yuqori yura dengiz sharoitida hosil bo`lgan osh va kaliy tuzlari respublikaning janubi-g`arbiy qismida ayniqsa keng tarqalgan. Bu xududda Boybichakon, Xo`jaikon, Tyubegatang, Oqbosh, Laylimkon va boshqalar bor.
O`zbekiston katta kaliy tuzlari zaxirasiga xam egadir. Ular yura davrida xosil bo`lgan bo`lib, ko`pincha osh tuzlari bilan birga uchraydi. Ular Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududida joylashgan Tyubegatang, Oqtosh, Odamtosh, Okmachit nomli katta konlardir.
O`zbekistonda hozirgi sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan katta fosforit konlari aniqlanmagak. Molg`uzor, Nurota tog`lari va Surxondaryo botig`ida ularning katta zahiraga ega konlari ochilgan.
Farg`ona botig`i adir mintaqasidagi bir nechta tektonik strukturalarda (Qizilarcha, Andijon, Qurshob va boshqalar) bo`r va paleogen yotqiziqlari, Hisor tizmasi janubi-g`arbiy tarmoqlarida paleogen yotqiziqlarida hamda Ustyurt platosidagi paleogen va yura yotqiziqlarida oltingugurt borligi aniqlangan. Hozirgi vaqtda O`zbekistonda oltingugurt gazini tozalovchi Muborak zavodi bu xom ashyoni beruvchi asosiy manba hisoblanadi.
Chotqol va Qurama tog` tizmalari, Hisor tizmasining janubi-g`arbiy tarmoqlari hududlarida, Nurota tizma tog`larida flyuorit konlari ochilgan. O`zbekistonning tog`li qismidagi yoriqlarda va karstg`orlarida tabobatda qadimdan foydalanib kelinayotgan mumiyo topilgan.9



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish