Masalan, rus-o`zbek yozuvining grafik tizimidagi o grafemasi ruscha leksik o`zlashmalardagi o`rta-keng lablangan «o» unlisini ifodalaydi: opera, tonna so`zlarining yozilishi o grafemasining shu xususiyatiga asoslangan, bu xususiyat, aslida, rus - Masalan, rus-o`zbek yozuvining grafik tizimidagi o grafemasi ruscha leksik o`zlashmalardagi o`rta-keng lablangan «o» unlisini ifodalaydi: opera, tonna so`zlarining yozilishi o grafemasining shu xususiyatiga asoslangan, bu xususiyat, aslida, rus
tilining grafik tizimidagi harf-tovush munosabatlarining (grafik qoidaning) o`zbek yozuviga aynan (o`zgarishsiz) ko`chirilishiga tayanadi, Faxri Kamolovning «grafik tamoyili»da shu holat nazarda tutilgan. Tarixiy-an`anaviy tamoyil - Bu tamoyilga asoslangan imlo qoidalari so`zlarning yoki so`z shakllarining qadimdan odat bo`lib qolgan shaklda yoki an`anaga mos shaklda yozilishini hozirgi imlo uchun me`yor tarzida belgilaydi. Chunonchi, hurriyat so`zi tarkibida ikkita "r"ning mavjudligi hozirgi o`zbek tili uchun me`yor sanaladi, ammo shu so`z ishtirokida yasalgan jumhuriyat so`zida esa bir "r" yoziladi, chunki bu so`zni bir "r" bilan yozish qadimdan odat bo`lib qolgan.
Tarixiy-an`anaviy tamoyil so`zning yoki so`z shakllarining haqiqiy tarkibi (fonema yoki morfemalari) yetarli aniqlanmagan holatlarga nisbatan ham qo`llanadi. Masalan, taqozo so`zining oxirgi bo`g`inidagi unli ba`zan "o", ba`zan "a" holida (taqozo yoki taqoza kabi) talaffuz qilinadi, shulardan qaysi biri to`g`ri ekanligi hozircha aniq emas. Biroq, shu narsa ma`lumki, yozuvda taqozo shakli aktivroq qo`llanib kelgan, bu omil hozirgi o`zbek yozuvi imlosiga ham asos bo`lgan. Tarixiy-an`anaviy tamoyilga amal qilish holatlari hozirgi paytda yaratilayotgan ayrim badiiy asarlar tilida ham uchrab turadi: klassik adabiyot tiliga taqlid tarzida so`zlarning eski o`zbek tiliga xos shakllari ishlatiladi - Tarixiy-an`anaviy tamoyil so`zning yoki so`z shakllarining haqiqiy tarkibi (fonema yoki morfemalari) yetarli aniqlanmagan holatlarga nisbatan ham qo`llanadi. Masalan, taqozo so`zining oxirgi bo`g`inidagi unli ba`zan "o", ba`zan "a" holida (taqozo yoki taqoza kabi) talaffuz qilinadi, shulardan qaysi biri to`g`ri ekanligi hozircha aniq emas. Biroq, shu narsa ma`lumki, yozuvda taqozo shakli aktivroq qo`llanib kelgan, bu omil hozirgi o`zbek yozuvi imlosiga ham asos bo`lgan. Tarixiy-an`anaviy tamoyilga amal qilish holatlari hozirgi paytda yaratilayotgan ayrim badiiy asarlar tilida ham uchrab turadi: klassik adabiyot tiliga taqlid tarzida so`zlarning eski o`zbek tiliga xos shakllari ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |