Mavzu: O’zbek muhojirligi tarixi tanlov faniningning maqsad va vazifalari, tarixshunosligi Reja



Download 81,41 Kb.
bet7/8
Sana12.06.2022
Hajmi81,41 Kb.
#659818
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Microsoft Word Document (2)

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. S.Sayhonli. “Adashganlar” Istambul (tarixiy roman) 1975 y. (turk tilida).

  2. B.Hayit. Turkiston ikkinchi jahon urushi yillarida // Sharq yulduzi 1992 yil, 2-son.

  3. Hayitov Sh.A. va boshqalar. Xorijdagi o’zbeklar. Toshkent “Fan” 1992.

  4. Vatan, vatanparvar, vatanjudo. Toshkent 1992.

  5. Tarix darslari samaradorligini oshirishda xorijdagi o’zbeklar hayotini o’rganish (o’quv qo’llanma) Buxoro 1993.

  6. Xorijdagi o’zbek ijodkorlari (o’quv qo’llanma) Buxoro 1993.

  7. O’zbek muhojirligi tarixidan lavhalar. Farg’ona 1998.

  8. Davriy matbuot.


Mavzu: G’arbiy Yevropa, Avstraliya va AQShdagi muhojir o’zbeklar.
1. G’arbiy Yevropadagi o’zbeklar tarixi
2. AQSh o’zbeklari va ularning etnik xususiyatlari
3. Avstraliya o’zbeklari
Tayanch atamalari
Milliy Turkiston” – o’zbek vatandoshlarining xorijiy nashri
Gullar makoni” - Ergash Shermat (AQSh) ning istiqlolni madh etuvchi she’riy to’plami
Turkistonliklarning madaniy yordamlashma jamiyati” – M.Axmedov rahbarligida Olmoniyaning Myunxen shahrida ish ko’radigan o’zbeklar uyushmasi
Turk adabiyoti” – Istambulda chop etiladigan majmua
Turkiston jamiyati” – AQSh dagi o’zbeklar uyushmasi
Adashganlar” – Turkiyalik o’zbek muhojiri S.Sayhonlining romani

Muhojir o’zbeklarning anchasi Evropa mamlakatlarida ham istiqomat qilishadi. Ular madaniy hayot taraqqiy qilgan Olmoniyada ko’p sonlidir. Mamlakatning Myunxen shahri o’zbek muhojirligi markazlaridan biri hisoblanadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra Myunxen shahri va uning atrofida 250 xonadon turkistonliklar istiqomat qilar ekan. Jahonga mashhur bo’lgan ushbu shaharda “Turkistonliklar madaniy yordamlashma jamiyati” raisi, medistina doktori Murod Axmedov, huquqshunos olim, professor Shoxmurod Ilhom, “Ozodlik” radiosi o’zbek eshittirishlari bosh muharriri Yoqub Turon, radio muxbirlari Ra’no Ismatulla qizi Dildoraxonim, Yoqub Kuchar kabi o’nlab, yuzlab yurtdoshlarimiz panoh topgan.


Olmoniya o’zbeklari bilan O’zbekiston o’rtasidagi madaniy aloqalar sho’ro davlati davrida ham mavjud edi. Doktor Murod Axmedov, professor Shoxmurod Ilhomovlar, ona yurtlari O’zbekistonda bo’lib, mavjud o’zgarishlar bilan tanishganlar.
O’zbekiston teatr xodimlari uyushmasi raisi Bernora Qorieva oilasi bilan Murod Ahmedovlar oilasi o’rtasidagi munosabatlar, qavm-qarindoshlikka yaqindir. M.Axmedovning qizi X.Axmedova, B.Qorieva ustozligida O’zbekistonda balet sirlarini o’rgandi. Hozirgi kunda X.Ahmedova Vena balet teatrida (Avstriya) ishlamoqda. Olmoniyada istiqomat qilayotgan o’zbek vatandoshlar orasida biz uchun yaqin bo’lgan, asli ota–bobosi buxorolik Temur Xo’janing nomi davriy matbuotimiz orqali ko’pchilikka tanish. Temir Xo’ja Buxorodagi “yosh buxoroliklar” harakatining faol ishtirokchisi Buxoro Xalq sho’rolari jumhuriyatining birinchi raisi Usmonxo’ja Po’latxo’jaevning (1878-1968 yy.) o’g’lidir. Usmonxo’ja Po’latxo’jaev sho’ro hukumatining adolatsiz siyosatidan norozi bo’lib, 1922 yilda qo’shni Afg’onistonga chiqib ketgan. Afg’onistondan Turkiyaga o’tgan. Usmon Xo’ja ikkinchi jahon urushi yillarida Janubiy Eron va Polshada ham yashashga majbur bo’lgan edi. Usmon Xo’ja Po’latxo’jaev Sho’ro hokimiyati rahbarligida ishlagan Fayzullo Xo’jaevning amakisi bo’lib, Turkiyada umrining oxirigacha Turkiston madaniyati tarixi masalalarini o’rganish va targ’ib qilish bilan shug’ullangan. Temur Xo’ja Istambulda (Turkiya) dunyoga kelgan. U 1991 yil “Xalq so’zi” ro’znomasi muxbiri Rajabboy Ota Turk bilan muloqotda: “Men 1947 yil Istambulda tug’ilganman. O’shanda otam Usmonxo’ja 70 yoshda ekanlar. Ul zot 4-5 yoshimdan boshlab, meni Cho’lpon, Mashrablarning she’rlarini yodlashga undaganlar. Onamning chiroyli allalarini unutmaganman” – degan edi. Temur Xo’ja 1947 yilda tug’ilganini hisobga olsak, haqiqatdan ham u otasi keksalik davrida dunyoga kelgan, lekin uning otasi o’shanda 70 yoshda edi. Arxiv hujjatlari tasdig’icha U.Po’latxo’jaev 1878 yilda tavallud topgan.
Ilm - fanni qadrlaydigan madaniy taraqqiyot yo’lida ancha xizmati singgan Usmon Xo’ja oilasida tavallud topgan Temur Xo’ja ta’lim-tarbiyasiga etarli e’tibor berilgan. U dastlab turk maktabida, taqdir taqozosi bilan 3-sinfni Pokistonda o’qiydi (ingliz tilida).
O’rta ma’lumotni olgan Temurxo’ja AQSh da oliy ta’lim olgan. U o’zbek adabiyotining 20-30-yillar davri bilan kengroq qiziqib, M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Qodiriy kabi ijodkorlarning bir necha asarlarini ingliz tiliga o’girgan. “Zamonaviy o’zbeklar XIV asrdan hozirgi davrga qadar madaniyat tarixi” kitobining muallifi, Kolumbiya dorilfununing professori Edvart Ollvort rahbarligida filologiya tadqiqoti bilan shug’ullandi. E.Ollvortni xorijlik muhojirlar o’zbek madaniyati, adabiyoti, etnografiyasining bilimdoni sifatida hurmat qiladilar. Salkam 33 yil AQSh da muhojir bo’lib yashagan keksa otaxon marhum Axror A’zamning (1915-1993) hikoya qilishicha, E.Ollvort o’zbek tilida yozilgan kitob, ro’znomalar, to’plangan shaxsiy kutubxonasiga ega bo’lib, o’zbek vatandoshlar ona–yurt sog’inchi taftini bir qadar qondirish maqsadida bo’sh paytlarini o’sha erda mutolaada o’tkazishgan.
Temir Xo’ja “O’zbek va qozoq romanchiligida milliy ong masalasi” mavzusida doktorlik dissertastiyasini yo’qlaydi.
1974 yilda Temurxo’ja Nigorxonim ismli o’zbek qiziga uylangan. Nigorxonimning ota-bobolari asli Toshkentlik bo’lib, 1930 yillarda Shing-Jon uyg’ur-muxtor rayoniga ketishgan. Nigorxonim Urumchida tug’ilgan, ularning oilasi bir qadar Shanxayda (XXR) yashab, 1967 yildan buyon Istambulda (Turkiya) istiqomat qilib kelyapti. Temir Xo’ja 1977 yildan buyon rafiqasi Nigorxonim bilan birga “Ozodlik” radiosida ishlab kelyapti. Filologiya sohasidagi tadqiqotlarini davom ettirayotgan Temir Xo’ja 20 ga yaqin turkiy lahjalarini zamonaviy va tarixiy mohiyatini o’rganmoqda.
Temir Xo’ja O’zbekiston Respublikasida nashr qilinayotgan “Yoshlik”, “Sharq yulduzi”, “O’zbekiston ovozi”, “Xalq so’zi”, “Turkiston”, “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” singari jurnal va ro’znomalarni olib turadi.
U yuqoridagi matbuot organlarimiz orqali o’zbek adabiyoti, fan, san’ati yangiliklaridan xabardor bo’lib keladi.
Temir Xo’ja 1991 yilda ota-bobolari yurti O’zbekistonda bo’lib, Buxoro, Samarqandda va Jizzaxda 250 ga yaqin qarindoshlari borligini aniqladi. U O’zbekistonda bo’lgan davrida “Boburnoma” asari yozilganligining 460 yilligi munosabati bilan oynai-jahonda fikr-mulohazalar bildirdi. Jumhuriyat radiosining “Gulshan” dasturida ham ishtirok qildi. Temir Xo’ja nafaqat ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanib qolmay, o’zbek adabiyoti namunalarini turk tiliga tarjima qilish bilan ham mashg’ul.
O’zbek adabiyotining taniqli vakillaridan bo’lgan O.Yoqubov uyida mehmon bo’lgan Temir Xo’ja “Aslida siz emas, men sizni ko’proq taniyman. Romanlaringiz “Diyonat”, “Ulug’bek xazinasi”ni turk tiliga o’giryapman, ammo buni faqat oddiy bir tarjima emas, sizning o’sha aytgan so’zlaringizdagi chuqur ma’noni turkchada ifodalashga harakat qilyapman. Ammo shundoq bir narsa chiqishi kerakki, O.Yoqubov bu asarni turkcha yozgan desinlar” mazmunida fikr bildirgan edi.
Temir Xo’ja o’zbek shoirlaridan Toshpo’lat Ahmad va Salomat Vafoevalarning asarlarini turk tiliga o’girishni ham maqsad qilgan edi. Istambulda chop etiladigan “Turk adabiyoti” oynomasida ushbu adiblarning asarlaridan bir necha namunalar o’quvchilarga havola qilindi. Jumladan mazkur jurnalning 1991 yil /iyun/ sonida yozuvchi Salomat Muhammad Vafoning “O’lim qal’asi” hikoyasi Temir Xo’ja tomonidan turk tiliga o’girilib e’lon qilindi.
Temir Xo’ja nozik qalb egasi, yuragidagi vatan sog’inchi-yu, hasratini o’z ona tilisi bo’lgan o’zbek tilida she’rlar yozish bilan taskin toptiradi. Otasi Usmonxo’janing vatanga qo’ygan mexr–muhabbati, azobi, ona yurtga intilib yashash tuyg’usi Temir Xo’jada kuchli.
Temir Xo’ja muloqotlaridan birida “Vatan bu ildizdir. Bu yurtga ildiz otmagan, uni tuprog’ini hurmat qilmaganlar, bu erni Vatan qilolmaydi. Ildiz oyog’ing ostida bobolaring arvohi chirqillab turishidir. Ildiz shu erning tilini, urfini faqat tilga emas, qalbingga singdirishdir... Bizning ham bolalar Turkistonni Vatan deydi, chunki ildizimiz bizni ko’kartiruvchi, yashnatuvchi tuprog’imiz shu erda” degan edi.
Haqiqatdan ham o’zbek vatandoshlar o’z farzandlariga “Shoxona qasrlar”, “Bitmas tuganmas boylik”, “hosildor erlar” emas balki eng oliy tuyg’u-Vatan muhabbatini qoldirib, ular qalb va shuuriga vatanparvarlikni singdira oldilar.
O’zga yurtlarda muhojir o’zbeklar “qashshoq”, “gado” bo’lib yashamagan bo’lsada, Vatangadosi ekanligini his qilib turgan.
Muhojir o’zbeklarning vatanga intilib o’ta sog’inch bilan yashaganligini Temir Xo’ja yozgan “Navoiy ruhi oh tortguncha”, “Ruhim Vatanim”, “Olislardan bir sado”, “Tut meni”, “Qaysi kundasan, Turkiston?” kabi she’rlari va “Vatan to’rtliklari... ” kabilardan anglab olamiz.
Shoir har bir muhojir o’zbek umrining so’nggi nafasigacha loaqal bir martagina o’zi tug’ilib o’sgan ona yurt havosidan nafas olish, uning visolidan bahramand bo’lish, ishtiyoqi bilan yashayotganligini ifodalab, to’rtliklarning birida:
“Yurtga borolmay qolsam,
Daraxtlar sezarmikan?
Olislarda ko’z yumsam,
Vatan “O’g’lim” dermikan?”
deb yozadi.
Temir Xo’ja o’zbek muhojirlari yashagan ko’pgina mamlakatlarda bo’lib, yurtdoshlarimizning vatanjudolik dardida azob chekayotganligini shaxsan guvohi bo’lgan. Sobiq Sho’ro hokimiyati yillarida “Temir qafas” bilan o’ralgan O’zbekistonga borib kelish mashaqqatli va qiyin ekanini yaxshi biladilar. Vatan muhabbati qalblarni kuydirsada, mavjud tuzum, sho’roviy mafkura erkin kelib–ketishiga yo’l qo’ymas, qarindoshlar bir-biridan xavotirlanib, hadiksirash va tashvish bilan, aytish mumkinki, qo’rqinch bilan yashardilar.
Temir Xo’ja “Ruhim - vatanim” she’rida:
Xalqimda demak bor ekan ezgu -
Oru - nomus degan muqaddas tuyg’u
Bag’rimni ezsada muhabbat qayg’u,
Chegaradan o’tolmaganim bo’lsin...
deb yozganida yuqorida qayd qilingan holatlarni chuqur o’kinch bilan ifodalaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, mamlakatlar o’rtasida chegarani mustahkamlash yoki hukumatlarni bir-biridan ajratish mumkin, ammo bir-biriga yaqin bo’lgan qalblarga to’siq qo’yib bo’lmaydi.
Muhojir o’zbeklar O’zbekiston istiqloli, yurtimiz ozodligini intizorlik bilan kutdi. Yaxshi, umidli kunlar kelishiga ishonib yashadi.
Shoir aytganidek:
“Bu kun albat, o’tib ketar bu yillar”
Tinchir shamollar-u, tinchir hasratlar
Nahotki yurakda muzlar faryodlar
Osmoningdan o’gib ololmaganim bo’lsin?!
Temir Xo’ja Yassaviy va Farobiy, Navoiy va Bobur, Temur va Ulug’bek kabi siymolarni jahonga etkazib bergan O’zbekiston haqida she’riy misralar bitar ekan, ular ruhini shod etish an’analarini davom ettirish faqat istiqlolga erishish orqali amalga oshishini ta’kidlaydi.
“Qaysi kundasan Turkiston?” she’rida:
“Tarixingni eslab ol
Tuprog’ingni ko’zlab ol
O’z tilingni so’zlab ol ,
Boyligingni qo’llab ol,
Ayt qaysi kundasan, Turkiston?
Ayt qanday kundasan Turkiston?” - deb yozadi.
Ushbu she’riy misralar 1991 yil 18 martida Myunxenda (Olmoniya) bitilgan. O’zbekiston hali mustaqillikka erishmagan, sho’ro tuzumi qiynalib, o’zining so’nggi nafaslarini olayotgan o’sha tuzumda istiqlol, mustaqillik sari intilish kuchli edi.
O’zbek tilining davlat maqomini olishi, mustaqil respublika qomusining qabul qilinishi, er osti boyliklarining respublika tasarufiga o’tishi, tariximizga bo’yamasdan yangicha ob’ektiv nuqtai-nazardan qarash yo’lidagi dastlabki amaliy qadamlar “O’zbekistonni qaysi kundan”, “qaysi kunga” o’tib borayotganiga javob bo’ladi.
Erk, ozodlik, istiqlol kabilarni xalqimiz uzoq vaqt sabr-toqat bilan, butun irodasini ishga solib kutdi. Xalqaro nufuzli tashkilot BMT binosi oldida mustaqil O’zbekiston bayrog’i ko’tarilganida o’zbek yurtdoshlarimizning ko’pchiligi ko’zda yosh bilan turli shaharlardan Nyu Yorkka piyoda keldilar.
Chunki xalq uzoq kutgan yuksak orzularidan biriga erishdi.
Vatan erk deb kuyganda
Tog’lar osmon o’pganda
Xalqim seni kutganga
Temir bo’lsang chidab ko’r!
deb bitilgan qalbiy misralar har bir yurtdoshimiz, muhojir vatandoshlar toqat va chidamiga berilgan haqli bahodir. Ha, vatan ishqi uning yodi va g’ami, Temur Xo’jalar singari yurtdoshlarimizning ruhida, dilida, jonida, ko’zida, tanasida. Shoirning o’zi aytganidek uning ruhi doim telbanamo, har daqiqa bezovta, Vatanga intiladi.
“Biz devona ruhlardan
Bir butun ruh tuzalgan
Yaxlit bir butun ruhdan
Yaxlit vatan yaralgay”
mazmunidagi to’rtligining misralari aksariyat o’zbek muhojirlari yuragidagi satrlardir.
“Millatlar muzeyi” deb nom olgan AQSh o’zbek muhojirligining markazlaridan biri hisoblanadi. AQSh ga sayohat qilib qaytgan yurtdoshlarimizdan biri Amerikada besh yuz xonadon o’zbek bor desa, biri 700-800 xonadon deydi. Yana biri esa 1000 xonadon va undan oshiq o’zbeklar istiqomat qilishadi deydi. Shunisi bizga ayonki, Amerikadagi o’zbeklar soni muntazam o’zgarib turadi. Bu mamlakatdagi erkinlik va demokratiya tufayli o’zbeklar u erdan xohlagan vaqt chiqib ketishi va aksincha qaytib kelishi mumkin.
AQSh lik o’zbeklarning ko’pchiligi 20-30-yillardagi sho’ro siyosati natijasida Afg’oniston va Sharqiy Turkistonga ketib qolgan yurtdoshlarimizning farzandlaridir. Ular AQSh ning jahonga mashhur bo’lgan Vashington, Chikago, Nyu-York kabi shaharlarida istiqomat qiladilar. Badiiy ijod bilan shug’ullanadigan Ergash Uchqun, Abdulla Chig’atoy, tijoratchi Abdulrauf Maqsudiy, Kamol Boboqurbon, Akbarxo’ja ota va uning o’g’li Abdullaxo’ja, Usmonxo’ja, Yusufxo’ja o’g’li, jamoatchi Abdullaxo’ja Tarobxo’ja o’g’li, Nyu York tayyoragohida uchuvchi bo’lgan, Turkiston jamiyatini boshqargan Ne’mat Begish kabilarning davriy matbuotimizda e’lon qilingan xabarlarda bir necha bor qayd qilindi. Amerikalik o’zbeklarning Nyu York shahrida “Turkiston jamiyati” tashkiloti bo’lib, jamiyatda o’zbek vatandoshlari yig’ilib, milliy bayram, anjumanlarni o’tkazib turadigan binosi bor.
Dunyoning eng madaniylashgan markazlaridan biri bo’lgan AQSh da yashashiga qaramay, yurtdoshlarimiz o’z ona tilisi bo’lgan o’zbek tilini, o’zbekona urf-odatlarni yaxshi saqlab qolishgan.
AQSh da istiqomat qilayotgan o’zbek vatandoshlardan biri keksa otaxon Ergash Shermatning nomi she’riy asarlar orqali bizga tanish. Ergash Shermatov 1910 yilda Andijon viloyati Xo’jaobod tumaniga qarashli Chakar qishlog’ida tug’ilgan. 1925 yildan boshlab dastlab Toshkent san’at bilim yurtida, 1935 yildan Sovet xuquqi institutida dostent va dekan vazifalarida ishlagan. 1939 yilda Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi boshlig’i bo’lib ishlagan. E.Shermatov harbiy xizmatga chaqiriladi. 1940 yil fevral oyida harbiyga chaqirilgan E.Shermatov Ukrainaning Belaya Sterkov shahriga yaqin harbiy qismlardan birida xizmat qilgan. 1941 yildan nemis fashistlariga asir tushgan E.Shermatov uchun mashaqqatli vatanjudolik davri boshlanadi. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so’ng Germaniyada “Ozodlik” radiosida ishlaydi. “Milliy adabiyot”, “Milliy Turkiston” majmualarini tuzadi. O’zining dolzarb maqolalari bilan chiqishlar qiladi. 1958 yildan boshlab AQSh ga ko’chib o’tadi. AQSh ning Chikago va Vashington shaharlarida yashagan Ergash Shermatov “Amerika ovozi” radiosining o’zbekcha eshittirishida ham qatnashdi. Amerikaning yirik dorilfununlarida, ayniqsa Kolumbiya dorilfununida o’zbek milliy madaniyati, fani, adabiyoti, ekologiya, Orolni qutqarish muammolarga bag’ishlangan ma’ruzalar o’qigan. Shoir va siyosatshunos sifatida Ergash Shermatov o’zbek vatandoshlarimiz orasida yuksak hurmatga ega bo’lgan. Xorijda ota-onasi asli quvasoylik bo’lgan, keyinchalik Turkiyada istiqomat qilishgan vatandoshlarimizdan birining qizi Xadichaxon ismli ayolga uylanib, hozir Dilbar va Eshimjon ismli farzandlari bor.
Ergash Shermatov “Buloqboshi” taxallusi bilan she’rlar ham yozgan. Bolaligi va yoshlik davrining eng go’zal damlari kechgan, tug’ilib o’sgan qishlog’i buloqlarga boy, sersuv, xushhavo bo’lganligi uchun o’ziga Buloqboshi taxallusini olgan.
Ergash Buloqboshi badiiy ijodiyotdagi eng yaxshi she’rlarini saralab, 1961 yil Vashington - Anqarada o’zbek tilida, lotin alifbosida “Gullar makoni” nomli she’riy to’plamini nashr qildirgan. “Gullar makoni” kitobida Buloqboshining 80 ga yaqin she’rlari jamlangan. To’plamdagi she’rlarni o’zbek adabiyotining go’zal namunalari, badiiy xususiyatlari mukammal deb baholash o’rinli emasdir. Lekin ona yurti O’zbekistondan yiroqda yashab uning go’zal tabiati va mehnatkash, sohibkor xalqiga mehr-muhabat ila yozilgan misralar kishini o’ziga jalb qilishiga hech qanday e’tiroz bo’lmasa kerak. “Gullar makoni” to’plamidan o’rin olgan “Vatan tug’i”, “Sog’inch yo’lida”, “Bu zamon”, “Cho’lpon yuduziga”, “Judolik oxiri kelgay”, “Bir zum xayol surganda” kabi she’rlarida Vatanni ulug’lash, unga bo’lgan cheksiz mehr-muhabbat, xalqimiz qalbining daryo ekanligi, mustaqillik eng oliy ne’mat ekanligi bosh qon tomiridek o’tib turadi.
Sho’ro tuzumi davrida, ayniqsa 20-30 yillari ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan siyosat, Stalin qatag’oni, zo’rlik, ochlik va zulmlarning jonli guvohi bo’lgan Buloqboshi “G’ariblikda” nomli she’rida quyidagicha yozadi:
Aytolmasang ko’nglingdagi fikringni,
Qilolmasang erkinlikka zikringni,
Xunoblikdan chiqmay doim bo’g’ilsang,
Buyruq ila o’ltirsang, yo tursang,
G’arib bo’lmay yana qanday chora bor?
“Ulug’” mamlakatdagi adolatsizliklarni ko’rib turgan shoir o’sha paytda bu haqda og’iz ocholmas edi. Cho’lpon, Fitrat, Qodiriy, Marg’on singarilar nohaq xo’rlanganini o’z alamlarini ichiga yutishga majbur bo’ladi. O’zga ellarda 30-yillarning oxiriga qadar bo’lgan davrlarni xayol ko’zgusidan o’tkazar ekan, shoir Cho’lpon singarilar millat yuksakligi, ozodligi yo’lida kurashgani uchun qatag’on qilinganligini she’riy misralarda ifodalaydi. Jumladan “Cho’lpon”, “Cho’lpon yulduziga” nomli she’rlarida hurlik va ozodlik yo’lida kurashganlar xor-zor bo’lganligi Cho’lpon misolida bayon qilingan.
“Er Cho’lponni yurtinda sayr etmish qullik, xo’rlik,
Sochmoqchi bo’ldi Cho’lpon o’z yurtida yorug’lik.
Sen yashagan dunyoda balki bo’lmas o’g’rilar
Yorug’ nuring dushmani, qonsiragan bo’rilar
Er Cho’lponi bo’g’ildi erk o’g’risin qo’linda,
Etdi jonini qurbon erkin olish yo’linda” –
deb yozadi Buloqboshi. “Cho’lpon yulduziga” nomli she’rida esa shoir Cho’lpon, Fitrat, Oltoy, Botu, Magjon (qirg’iz adibi) kabilar haqida yozar ekan, ular Sho’ro maddohiga aylanmaganligi, o’z e’tiqodidan millat manfaati yo’lida voz kecha olmaganligini alohida ta’kidlaydi: “Cho’lpon” she’rida:
... Shoir bo’lding, kuylading –
bo’lsin deb hurlik yurtda.
Senga jo’r bo’lib hamon
Tinmay kuylardi Magjon,
Tushunganing har zamon
Edi yurting Turkiston,
Sen chaqnagan chiroqding –
O’chirmak istadilar,
Begonalarchi maddoh –
Bo’lmoqqa qistadilar,
Bo’lmading maddoh o’zga –
Kiymading niqob yuzga,
Qaynar ilhoming buloq –
Har so’zingda shamchiroq,
Yoving uchirdi seni
Ayni chaqnar chog’ingda,
Yo’l bermay sayrash uchun –
o’z yurtingda bog’ingda: -
kabi misralarni o’qish mumkin. O’zbek xalqining ulug’ farzandi haqida ehtiros bilan yozar ekan, Buloqboshi she’rlarida, Vatanga, o’zi tug’ilib o’sgan Andijonga sog’inch, mehr-muhabbat cheksizligi namoyon bo’ladi.
Shoirning “Vatanga salom”, “Judolik oxiri kelgay”, “Vatan tug’i” kabi ona-yurt O’zbekistonni ko’rish orzusi, “Qayg’u alamlarning so’nggi nuqtasi”, “Zimistonlikdan nurli kunga chiqish”, “Judolik zulmidan ozod bo’lish”, “Tuganmas shod va xurramlik” ekanligini tarannum etishga qaratilgan.
Biz qurdik, ko’p kezib, sendan ham o’zga,
O’lkalar bor buyuk, qomati chaman.
Ammo hech bittasi o’xshamas senga,
Tortolmas seni kabi o’ziga tomon.
Senga sevilgan qalblardan salom”
singari misralarni o’qiymiz. “Vatanga salom” she’ridan.
Ergash Shermatov shunday go’zal yurt o’zgalar oyog’i ostida toptalgani, qullik zulmi ostida ushlab turishga intilganlarini, haqiqiy hurriyat mustaqillik tufayli qo’lga kiritilajagini qayta-qayta takrorlaydi. Kamol Matyoqubov ta’kidlaganidek.
“Buloqboshining “Vatn xoini” deb ayblashga asos bo’lgan omil, biz bugun anglab etgan haqiqatni bundan 30-40 yil avval tushunganligida va shu maqsad uchun xizmat qilganligida”, deb yozganida haqli edi.
Haq har joyda o’z quvvatin saqlasa,
Ul o’lkada zulm kirgan hokimdir,
Chetdan kelgan zolim kuch hokim bo’lsa,
Yurt egasi qorong’ilikda quldir
kabi misralar bundan salkam 50 yillar oldin yozilib, “Gullar makoni” she’riy to’plamiga kiritilgan edi. Shoir zulm, zo’ravonlik, yot kishilar hokimiyati boqiy emasligiga ishonadi. Har qanday zo’ravonlikning umri tugashi o’lkamizda porloq quyosh bir kunmas bir kun nur sochishiga imon keltirib yashaydi. Istiqlol orzusi hayotiy haqiqatga aylanishiga hech qanday shak-shubha yo’q – deydi Buloqboshi.
“O’ksizlanma, aziz xalqim, gul o’lkam,
Raqiblaring kunu-tun uyg’oqdir.
Ozodlik chun tashlagan qadam haqdir.
Bu g’ariblik ko’pga cho’zilmas chog’dir” –
deb yozadi shoir “G’ariblikda” nomli she’rida. Ergash Shermatov vatandoshlarimizni sabr-toqatli bo’lib, ertangi kunga ishonch bilan qarashi va yuksak optimizm ruhi bilan yashashiga chorlaydi.
Sho’ro imperiyasi davri Turkiston Markaziy Osiyo xalqlari uchun dastlabki bosqinchilik ostida ezilish emas, balki o’tmishda ham ko’plar haq huquqimizni toptaganligi oxir-oqibatda esa tarix qa’riga yo’q bo’lganliklarini ta’kidlaydi.
Shoir “Bugun kechar, erta albat bizniki” nomli she’rida:
“Ertasin o’ylagan qilmas pushaymon,
Zamon tinmay aylanur go’yo tegirmon,
Gavdamizdan ketar albat yot qamchi izi,
Tunni yozib chiqar, tongning yorqin yulduzi,
Bugun kechar, erta albat bizniki
Gar tilinsin butun gavda parchaga,
Ruh butundir, dil butundir bo’linmas,
Dushman garchi rahna solsin bog’chaga,
Gul ildizda yashab qolur, u so’lmas,
Bugun kechar, erta albat bizniki” – deb yozgandi.
O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishishi, hur va ozod diyorimizning mustaqillik yo’liga kirib, jahonga o’zini tanitayotganligi ertangi kunimiz muvaffaqiyatli bo’lishidan nishona emasmi? Ruhi, dili butun, pok kishilarimizning Vatan taraqqiyoti yo’lida o’z bilim va iroda qudratlarini ishga solib olib borayotgan bugungi faoliyati iqtisodiy tanazzulni keltirib chiqargan Sho’ro tuzumi asoratlaridan qutulish sa’h-harakatlar emasmi? Ha, istiqlol mash’ali nurafshon qilgan yurtimizda Buloqboshi orzu-umidlari amalga oshmoqda.
Shoir bundan 30 yillar oldin “Bir zum xayol surganda” nomli she’rida “Xayolimda yurt bog’ida jo’yaklar qazdim,
Yangi meva, gul ko’chatlar o’tkazmoq uchun.
“Turkiston hur” degan so’zni alvonga yozdim,
Hilpiradi miliy bayroq har yonda shu kun”, -
deb yozgan xayoliy orzular hayotiy haqiqatga aylanmdi. O’zbekiston o’z mustaqilligining salkam 20 yilini faxrlansa arziydigan yutuqlar bilan kutib oldi. O’tgan davr ichida o’z milliy bayrog’imiz, gimn va gerbimizga ega bo’ldik. 1992 yil mart oyidan boshlab xalqaro nufuzli tashkilott BMT qarorgohida yuzlab davlatlar singari O’zbekistonimizning milliy bayrog’i hilpirab turibdi. Huquqiy davlat tuzish yo’lida amaliy qadamlar qo’yilib, 1992 yil dekabrida Mustaqil O’zbekistonning yangi qomusi qabul qilindi. O’nlab davlatlar bilan g’amkorlik korxonalarining tuzilganligi, yangi sanoat korxonalari qad ko’tarayotganligi ham mustaqilligimiz samarasidir. Ergash Buloqboshining to’plamga sarlavha qilib olingan “Gullar makoni” nomli she’ridan:
“Ochilsin lolalar, gullar, yana fasli bahor bo’lsin,
Hayotimning o’chog’i-yurt, yana sabzavor bo’lsin
Bu dunyoda jannati senda xaloyiq yayrasin kulsin,
Saodat qo’ynida har kim hayot davronini sursin” –
mazmunidagi misralar bor. Oliy himmat, orzu-umidlar bilan yo’g’irilgan ushbu misralar mustaqillik bahori nashidasidan bahramand bo’layotgan xalqimiz taqdiri va kelajagiga hamohang bo’lishiga ishonchimiz komildir. Shoirning yuksak tuyg’ulari, orzu va umidlari istiqlolga erishishimiz, sarbast, kelajagi porloq davlat bo’lib rivojlanishimiz o’z intihosiga erishishi rost bo’lsin.
Muhojir o’zbek ijodkorlari asarlarining badiiy xususiyatlari, tematikasi, hozirgi o’zbek adabiy jarayonidagi o’rni haqida mukammal ilmiy maqola va asarlar yozish adabiyotshunoslarimizning vazifasidir. Yuqorida nomlari zikr etilgan, xorijda badiiy ijodiyot bilan shug’ullanayotgan o’zbek vatandoshlarimiz vatanparvarlik, istiqlolni qadrlash va hurmat qilish, faol hayotiy pozistiyada turish kabi g’oyalarni o’z asarlari mag’ziga singdira olganlar deb hisoblaymiz.
Hozirgi kunda yosh vatandoshlarimizni mustaqillik mafkurasi asosida tarbiyalash vazifasi qo’yilar ekan, ular ijodiy namunalarini o’rganish foydadan xoli bo’lmaydi. Chunki ma’nan pok, Vatanni chin dildan sevuvchi, uning istiqloli va istiqboli yo’lida o’z jonini ayamaydigan kishilar orqaligina mustaqilligimizni saqlab qolish, poydevorini mustahkamlash mumkin. Muhojir o’zbeklar ijodi esa ushbu tuyg’ularni shakllantirishga qaratilgan. Jahon o’zbek adiblarining xalqaro anjumanini uyushtirish, xorijlik millatdoshlarimiz asarlaridan mukammallarini saralab olib kitob holida chop ettirish maqsadga muvofiq bo’lardi. Umuman xorijlik o’zbek vatandoshlarga munosabat masalasiga kelganda esa respublikamiz prezidenti I.A.Karimovning “Yosh vatandoshlarning xalqaro anjumani qatnashchilariga!” qarata qilgan murojaatidagi “Xorijlik birodarlar, bu qadimiy Vatan bizniki bo’lgani kabi sizniki hamdir. Aziz vatanimizni gullab yashnashi, mustaqilligimizni mustahkamlash, uni har tomonlama himoya qilish hammamizning muqaddas burchimizdir. Barcha sa’h-harakatlarimiz, aqlu-kuchimiz, ana shu ezgu ishga qaratilmog’i darkor. Buning uchun yanada yakdil va hamkor bo’lmog’imiz zarur”, - degan fikrlari dasturulamal bo’lmog’i lozim.


Download 81,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish