Mavzu: O’zbek muhojirligi tarixi tanlov faniningning maqsad va vazifalari, tarixshunosligi Reja


Mavzu:1917-1930 yillardagi sho’ro siyosati va muhojirlik to’lqinlari



Download 81,41 Kb.
bet3/8
Sana12.06.2022
Hajmi81,41 Kb.
#659818
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Microsoft Word Document (2)

Mavzu:1917-1930 yillardagi sho’ro siyosati va muhojirlik to’lqinlari.
Reja:
1. 1917-1920 yillardagi Turkiston muhojirligi.
2. Er-suv islohoti davrida muhojirlikning avj olishi
3. Qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish va quloqlashtirish siyosati yillarida muhojirlikning ommaviy to’lqinlari
4. 1920-1930 yillardagi muhojirlikning boshqa omillari
5. Muhojirlarning ijtimoiy tarkibi
Tayanch atamalar
Haj – musulmonlarning muqaddas joylari Makka va Madina ziyorati
Tijorat – savdo – sotiq mashg’uloti
Turk kultur” – Turkiston madaniy – ma’rifiy masalalarini o’rganish uchun Turkiyadagi muhojir o’zbeklar uyushmasi
Turkiston” jurnali - Turkiyadagi o’zbek muhojirlarining har uch oyda chiqadigan jurnali
Turkistoniylar – Xorijdagi o’zbek vatandoshlar o’zlariga olgan nom

Bir paytlar hozirgi Markaziy Osiyo territoriyasida yashagan o’zbeklar va boshqa turkiyzabon xalqlarning turli xorijiy mamlakatlarda doimiy yashab qolishi bizdan uzoq bo’lmagan tarixiy davrlar bilan bog’liqdir.


Ko’pgina manbalarning ma’lumoticha xorijdagi o’zbeklar, turkman, qoraqalpoq, qirg’iz kabi xalqlar asosan tariximizning murakkab ziddiyatli davrlarda xorijiy mamlakatlarga borib qolganlar. O’zbek muhojirlari oktyabr voqealaridan oldin ham xorijiy Sharq davlatlarida yashashgan. Lekin ular yakka tartibda turli sabablarga ko’ra o’zga yurtlarga borib qolishgan.
Chor Rossiyasi o’lkamizni istilo qilgunga qadar bu erda Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklaridan iborat 3 ta mustaqil davlatlar bor edi. Ushbu davlatlar jahonning ko’pgina, ayniqsa qo’shni Sharq mamlakatlari bilan qizg’in savdo – sotiq, diplomatik munosabatlar olib borganlar. O’zbeklar va boshqa xalq vakillari turli maqsadlarda xorijiy ellarga borib turganlar. Hatto Buxoro amirligi XIX asrning birinchi yarmida Shimoliy Afg’onistonga qarashli Balx, Qunduz, Shibirg’on, Andxuy, Maymana, Bog’lon, Saripul, Axcha kabi kichik xonliklarni o’ziga bo’ysundirgan. Ushbu erlar va ularning atrofida asosan o’zbek xalqiga mansub kishilar yashagan. Ular bilan hozirgi O’zbekiston o’zbeklari orasida o’zaro bordi – keldi, savdo – sotiq, quda – andachilik munosabatlari mavjud bo’lgan. Chunki Buxoro amirligi ko’plab turkiyzabon xalqlarni birlashtirgan edi. XIX asrda amirlik aholisi etnik sostavi 50,7 % o’zbeklar, 31,8 % tojiklar, 10 % turkmanlar, 7,5 % qoraqalpoq, qozoqlar va boshqalardan iborat edi.
Tadqiqotchi olim O.Usmonovning ma’lumoticha Buxoro amirligi hududida joylashgan 92 turkiy qabilalarning 28 tasi hozir Afg’oniston deb atalmish Xuroson yoki Janubiy Turkiston erlarida yashaganlar. XIX asr oxirida Maymana va uning atroflarida o’zbeklardan taxminan 5000 oila, Saripulda – 4000 oila, Andxuy atroflarida 3,3 ming oila, Shibirg’on atroflarida 3,5 ming oila, Mukur rayonida esa 1000 oila o’zbeklar istiqomat qilganlar. Ushbu o’zbeklarning asosiy qismi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadigan, mahalliy o’zbeklar bo’lsada, keyinchalik Afg’oniston davlati ixtiyoridagi erlarda yashay boshladilar. O’zbekiston, umuman O’rta Osiyodan borgan muhojir o’zbeklar Andxuy va uning atroflarida, Kobul kabi poytaxt shaharlariga turli sabablarga ko’ra hijrat qilib borib qolganlar. XIX asr 90 yillarida Afg’oniston poytaxti Kobul shahrida Toshkent, Samarqand, Andijon, Qo’qon, Marg’ilon shaharlariga borib qolgan 2,5 ming oila o’zbeklar yashagan. Bu davrda o’zbeklar savdo–sotiq masalasida Eron, Turkiya singari mamlakatlarga borib, ba’zilari o’troqlashib qolganligi haqida ham ma’lumotlar bor. O’zbek xalqi qadimdan savdo ilmining ustalari bo’lganligi, ular ko’pgina Sharq mamlakatlarida, o’zlarining o’zbek savdo do’kon va rastalariga ega bo’lganlar. Ushbu fikrlarni keltirishdan maqsad shuki, hozir ham o’zbek vatandoshlarning ko’pchiligi Sharq mamlakatlarida, ayniqsa Afg’onistonda yashashi bo’lsa, ikkinchidan Evropa va Amerika mamlakatlarida yashovchi ko’plab o’zbeklar Afg’oniston, Suriya, Iroq kabi mamlakatlarda yashashgan. Tarixiy jarayonlarning rivojlanishi, Rossiya xalqlarining birinchi inqilobi (1905-1907 y.y.), birinchi jahon urushi, unda chor Rossiyasining ishtirok qilishi bilan bog’liq. Mahalliy xalq vakillaridan frontorti ishlariga mardikorlikka olish farmoni (1916 y. 25 iyun), 1916 yildagi xalq qo’zg’olonlari, avval fevral burjua, so’ngra oktyabr to’ntarilishi bilan bog’liq voqealarni xorijda turib eshitgan o’zbek vatandoshlar notinch va “alg’ov-dalg’ovlar” zamonida xorijda qolib ketishga majbur bo’lganlar. Bundan tashqari O’rta Osiyoda istiqomat qiluvchi xalqlar islom diniga e’tiqod qilganlar. Ularning ko’pgina vakillari islom qoidalarini bajarish yo’lida Makka va Madina (Saudiya Arabistoni) shaharlariga hajga borganlar. Haj qoidalarini bajarib qaytayotgan paytlarda ayrimlari Sharq mamlakatlaridan birida o’troqlashib yashab qolganlar.
Albatta bunday qilishga ularni biz yuqorida qayd qilgan davr va boshqa sabablar majbur qilgan. Ushbu davrda xorijda yashagan o’zbek va O’rta Osiyolik boshqa turli xalq vakillarining asosiy qismi dunyodan o’tgan. Lekin ularning farzandlari, avlodlari O’zbekistonni ota – bobolar vatani sifatida ona yurt deb ataydilar.
1917 yilga qadar xorijda yashagan vatandoshlar safiga Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi, Buxoro va Xorazmdagi to’ntarishlar davrida sovet hokimiyati hamda partiya rahbarlik sistemasidagi kamchiliklar, ko’p sonli xatoliklar, buyuk millatchilik ta’siri bilan majburan ketib qolganlar ham borib qo’shilganlar. Ushbu davr tarixi chuqur va har tomonlama tadqiq qilinishi jumhuriyat ziyoli olimlarini qat’iy xulosalar chiqarishga olib kelmoqda. Bu o’rinda davriy matbuotimiz, ilmiy va ijtimoiy jurnallardagi tarixiy faktlarga asoslangan maqolalarni nazarda tutiladi.
Oktyabr voqealaridan keyin etmish yillardan ortiq bir davrda undan keyingi tarixiy voqealar o’z haqiqiy ilmiy bahosini olishi uchun qilinayotgan harakatlar shuni ko’rsatmoqdaki, bu davrda xorijga ketishga majbur bo’lgan o’zbek vatandoshlarning barchasi “shavqatsiz qonxo’r bosmachi”, “ozodlik” va “tenglik”, “farovonlik” dushmanlari yoki sovet hokimiyatiga qarshi bo’lgan kishilar emas edi. Jumladan, Buxoro “inqilobi” g’alaba qozongan vaqtda harbiy qismlarni oziq–ovqat bilan ta’minlash uchun mahsulotni (100 mln. so’m qarzdan tashqari) xalqdan majburan tortib olinishi, darhol xususiy savdoni man qilish, soliqlarning tartiblarini ishlab chiqish choralarini ko’rmaslik, aholining asrlar bo’yi vujudga kelgan milliy urf–odat, an’analariga mensimasdan qarash, xalqning dinga munosabatini hisobga olmasdan darhol shariat sudi va eski maktablarni tugatish, mahalliy aholidan armiyaga xizmatga olinishi bilan bog’liq sun’iy to’siqlar (1923 yil Buxoro qizil armiyasi 30 ming kishi, shundan ortig’i 400 tasigina mahalliy aholi vakillari bo’lgan) kabilar xalqdagi sovet hokimiyatiga nisbatan yuksak ishonchga darz keltirdi. Natijada aholining ko’p qismi Sharq mamlakatlariga, asosan Afg’onistonga qochib keta boshlagan. Adabiyotshunos olim B.Qosimovning ta’kidlashicha, 1920-yillarda Samarqandga Turkiston tarixidan mutlaqo bexabar ishchilar, matroslar qizil askarlarning “jazo” otryadlari kelib, maschit–madrasalarga o’z otlarini bog’lab, diniy tuyg’ularni oyoq osti qilgan, xorijga qochganlarning qarindoshlarini qiynaganlar. Ko’plarini maxbus qilib, bir kechada kim ko’p otib o’ldirish musobaqasini o’tkazganlar.
Buxoro jumhuriyatida esa mahalliy mustaqil armiya tuzish, aloqalarini o’rnatish aholining milliy ong xususiyatlarini hisobga olish talabi bilan chiqqan ko’pgina mahalliy rahbarlar hokimiyatdan chetlatilgan. Ular turli bosmachilik qismlariga (hozir bu harakat o’ziga xos milliy – ozodlik harakati sifatida qaralyapti) qo’shilganlar hamda xorijga ketib qolganlar A.Kuruщelnistkiy ma’lumoticha, A.Muxitdinov – Umumbuxoro inqilobiy qo’mitasi raisi, BXSR mustaqil diplomatik aloqalar hamda Qizil Armiya qo’shinlarini Buxorodan chiqarilishini talab qilganligi uchun 1921 yil ishdan haydalgan.
U.Po’latxo’jaev – “Yosh buxoroliklar” partiyasidan, BXSR Markaziy Ijroiya Komitetining birinchi raisi 1921 yil Anvarposho tomoniga o’tib ketgan (eslatma: U.Po’latxo’jaev avval Afg’onistonda, keyin Eron, Turkiya kabi mamlakatlarda yashagan. Turkiyada o’zbek va turkiy xalqlar madaniyatini targ’ib qiluvchi gazeta “Bugungi Turkiston”ni nashr qildirgan. Turkiyadagi hozirgi “Turkiston kultur” jamiyatining asoschilaridan biri bo’lgan. 1968 yilda vafot etgan).
K.Qulmuhammedov – BXSR birinchi milliy armiyasi qo’mondoni, sovet hokimiyati siyosatidan norozi bo’lgan, bosmachilarga ham qo’shilishni lozim ko’rmay Afg’onistonga o’tib ketgan.
A.Orifov – kommunist, BXSR harbiy noziri bo’lgan. 1922 yil mart Anvarposho tomoniga o’tib ketgan.
O’rta Osiyodagi mahalliy millat vakillari tomonidan tuzilgan “Qo’qon muxtoriyati” tor–mor qilingandan keyin muxtoriyatga xayrixoh hayot qolganlarning ko’pchiligi ham xorijda yashashga majbur qilinganlar.
Bundan tashqari Turkiston avtonom muxtoriyati hududida vujudga keltirilgan o’ziga xos uch hokimiyatlik, ya’ni Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti, V.I.Lenin tomonidan yuborilgan Turkkomissiya (1919 yil, 8 oktyabr, keyinchalik Turkbyuro (1920 yil iyun) hamda mahalliy millat vakillarini birlashtiruvchi) “Musulmon byurosi” o’rtasidagi ixtiloflar, ko’plab kishilarni tushunib tushunmay turli oqimlarga isyonchilar gruppalariga qo’shilib ketishiga ham sabab bo’ldi. Natijada keyingi davrda bunday kishilar xorijiy sharq mamlakatlariga o’tib ketganlar.
O’rta Osiyo tarixchilarining 1980-yillarning oxirida bo’lib o’tgan ilmiy-nazariy konferenstiyalarida XX asr boshlari, 20–30 yillar tarixi davridagi partiya va rahbarlik sistemasi masalalarini o’rganilishini aktual qilib qo’ymoqdaki, kelajakdagi tadqiqotlar O’rta Osiyo xalqlari vakillarini biz yuqorida qayd qilgan davrlarda xorijga ham ketib qolishining ham noayon ko’plab sabablarini ochib berishi ehtimoldan xoli emas.
O’zbek vatandoshlar xorijga ketib qolishining 2–davri O’rta Osiyo territoriyasida o’tkazilgan 20–30 yillardagi iqtisodiy, sostial, siyosiy hayotdagi tub o’zgarishlar, islohotlar bilan bog’liq Turkiston avtonom muxtoriyati hamda Buxoro va Xorazm xalq jumhuriyatlarida o’tkazilgan er- suv islohotining 1-davri (1920 – 1922 y.y.) keyingi ikki davri (1925 - 1927) hamda qishloq xo’jaligini yoppasiga kollektivlashtirish davrida (30 yillar) ular asosan ketib qolganlar.
20–30 yillar davri tarixi – tarixiy, badiiy adabiyotlarda bir yoqlama yoritilganligini hisobga olsak, xorijdagi o’zbek vatandoshlarga “vatangado”, “milliy hududiy dushman”, “xor – zorlikda, qashshoqlikda” yashovchi kishilar sifatida tor ma’noda berilgan baholarga duch kelamiz. Aslida ushbu davr murakkab va ziddiyatli rivojlanish jarayoni ma’muriy buyruqbozlik sistemasi bilan bog’liq oqibatlar deyarli chuqurroq o’rganilishga muhtojdir.
Hatto, sobiq SSSR ning birinchi va so’nggi prezidenti bu haqda to’xtalib: “Mamlakatda murosasozlik, dushmanlik, shubhalanish muhiti vujudga keldi... Mutlaq ravshanki, sovet jamiyati zarur darajada demokratiyalanmaganligi 30 yillarda shaxsga sig’inish ham, qonunlarni buzish, zo’ravonlik va repressiyalarni ham mumkin qilib qo’ydi. Ochig’ini aytganda hokimiyatni suiste’mol qilish zaminida chinakam jinoyatlar sodir bo’ldi”.
Bu fikrning zaminida lenincha milliy siyosatni stalincha talqini va uning hayot jarayonlariga ta’siri, qishloq xo’jaligini sostialistik asosda qayta qurish uchun olib borilgan amaliy ishlardagi ko’p sonli xatoliklar – majburan kollektiv xo’jaliklar tuzish, noqonuniy ravishda quloq qilish siyosati, kolxozchilik bayrog’i ostida kambag’al va badavlatroq oilalarning eng oxirgi g’allasi va erini ham tortib olish, 1932 – 1933 yillardagi ochlik, mamlakatni sanoat mustaqilligini ta’minlash shiori ostida qabul qilingan va aravaning “beshinchi g’ildiragi”, deb nom olgan “sostialistik mulkni himoya qilish” qonuni (1932 yil, 7 avgust) kabilarga ishora qilinadi.
Stalincha antidehqon siyosati, qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish jarayonidagi ko’plab xatolik va shoshqaloqliklar, buyruqbozlikka asoslangan ta’qib qiluvchi tuzum, ochlikning dahshatli xavfi (chet el sovetologlarida 13 mln kishi ochlik davri bilan vidolashgan, shundan 7 mln.ga yaqini faqat ochlikdan o’lgan, R.Devis, Barbera, Anderson, Brayn Silver kabilar esa ochlikdan o’lganlar 3–4 mln. kishi degan ma’lumot beradi) ko’plab kishilarni xorijga majburan ketishga asos bo’lgan. Bu jarayon butun mamlakatimizdagi jumhuriyatlarda ro’y bergan. Masalan: Qozog’iston olimlari J.Abilxojin va M.Tatimovlar ma’lumoticha, ma’muriy buyruqbozlik siyosati ta’qiblari va kollektivlashtirish davrida 1 mln.dan ortiq qozoqlar O’zbekiston, Qirg’iziston, RSFSR va chet ellarga, asosan Shin-Jong uyg’ur avtonom Jumhuriyatiga (600 ming - XXR) ketib qolganlar.
Bu davrda xorijga ketib qolgan o’zbek vatandoshlarning o’zlari bergan ma’lumotlaricha, qishloq xo’jaligini kollektivlashtirishda kishilarning o’z kasbini qo’yib, boshqa kasblar bilan shug’ullanishga majbur qilish hollari ham bo’lgan. Jumladan savdogar va hunarmandga dehqonchilik bilan shug’ullanishni qat’iy shart qilib qo’ydilar.
30 yillarning boshida O’zbekistondan Afg’onistonga chiqib ketgan, hozir Turkiyada yashayotgan mashhur adib Ahmad Yassaviy avlodlaridan Shaxobiddin Yassa bunday deydi: “Kelajakni oldindan bashorat qilib, haqiqatni aytgan bobolarimiz oldida uch yo’l bor edi, biri haq yo’lida jonni qurbon qilish, ikkinchisi istibdodga ko’nib, taqdirga tan berish, uchinchisi tarki dunyo qilib, g’ariblik jandasini kiyib vatandan bosh olib ketmak. Ne qilaylikki taqdir ekan, bizlarning otalarimiz uchinchi yo’lni tanlagan”. Albatta, bu davrda xorijga chiqib ketgan o’zbek vatandoshlarining hammasi ham zamona jabrini tortishni sabab qilib ko’rsata olmaydilar. Ular orasida eski feodal tuzum tartib va qoidalari, o’z mol–mulklarini to’laligicha qaytarilishini xohlovchilar ushbu maqsadlar uchun kurashuvchilar ham bo’lgan. Lekin shuni aytish o’rinliki, bir paytlar sovet hokimiyatiga sadoqat bilan xizmat qilgan Fayzulla Xo’jaev, Akmal Ikromovlar bilan bir safda turib haqiqat va adolat uchun kurashgan kishilar ham ta’qib ostiga olinganlar. Ushbu sohada Yo.Yakvalxo’jaevning tarixiy hamda hayotiy xotiralar asosida yozilgan “Qaytar dunyo” romanidagi tafsilotlarni eslashning o’zi etarlidir.
20 – 30 yillardagi xorijga ketib qolgan o’zbek vatandoshlar muhojirlarning eng ko’p qismni tashkil qilib, hozir ularning farzand va nevaralari er yuzidagi ko’p mamlakatlarda yashamoqdalar.
Mana bir necha taqdirlar: “1928 yilgacha Sultonxon degan kishi bilan oila qurib yashadik. U kishi 1928 yilda bizlarni Afg’onistonga ko’chirib ketmakchi bo’lib maslahat qildi. Biz bu maslahatga ko’nmadik. U 6 yashar o’g’li Abdulhamidni o’zi bilan olib ketdi. Ota boladan 40 yil davomida xat-xabar bo’lmadi. 1970 yil yanvar oyida o’g’lim Abdulhamiddan nogahon xat olib qoldim. U hozir AQSh ning Nyu York shahrida” - deb yozadi M.Maxsudova Namanganning Chust rayonidagi sobiq Lenin yo’li kolxozidan.
Raxmonqulxon degan kimsa 1904 yilda O’shda dunyoga kelgan. 1917–1933 yilgacha sho’ro shartlarini bajarib yashagan, dehqonchilik bilan shug’ullangan. 1936 yilda qamoq va ta’qib, do’q–po’pisalar bilan qo’rqitish ta’sirida 6 ming qishloqdoshlari bilan Afg’onistonga o’tib ketgan. 1980 yil Pokistonga o’tgan. Keyin Turkiyada yashab 1990 yil 86 yoshida olamdan o’tgan. Uning dafn marosimida Olmoniya, AQSh, Avstriya, Iordaniya, Iroq, Saudiya Arabistoni, Eron kabi mamlakatlardan vatandoshlar kelgan, telegrammalar yuborganlar. Yoki Zuhuriddin Mirzaobid Turkistoniy (Saudiya Arabistonilik jarroh) 1930 yil O’shda o’rta hol dehqon oilasida tug’ilgan. 1931 yil uning otasi majburan jamoaga a’zo bo’lishni istamay Xitoyga (Shin–jong viloyatiga) ketgan. Zuhuriddin Turkistoniy avval Kashmirda (1936 yil) Pokiston, Afg’onistonda yashagan. Hozir Saudiya Arabistonining Ar–Riyot shahridagi o’ziga to’q oilaning boshlig’i”.
“Men O’zbekistonni 8 yoshimda tark etganman. O’lkam ko’z o’ngimda dunyoning eng go’zal jannati sifatida har doim gavdalanadi. Men ko’p mamlakatlarni kezdim, lekin vatanim haqida o’ylayman. Bizga taqdir shuni ravo ko’rgan ekan, nima ham qilardik. Avtorini bilmayman, lekin mana shunday to’rtlik bor.
G’urbatda agar etsa o’lim gul badanimga,
Qabrimni qazib nashimni yulsa kafanimga,
Tobutim yuksak era bir lahza qo’yinglar,
Shoyad etishur bo’yi Vatan bu jasadimga”
- deb yozadi Saudiya Arabistonidan Mo’minjon Andijoniy. Ushbu singari voqeaviy taqdirlarni ko’plab keltirish mumkin. Shuni ta’kidlash o’rinliki, 20-30-yillardagi o’zbek vatandoshlar ona–yurtimizdan chiqib ketgan paytlarida 1 yoshdan 10-15 yoshgacha bolalar va norasida go’daklar bo’lganlar. Ular otalari, qavm–qarindoshlari, yaqin kishilari izidan xorijga ketib qolishga majbur bo’lganlar. Saudiya Arabistonilik vatandoshimiz Abdulhakim Xalifa Ismoil al–Buxoriy hikoya qilishicha uning otasi Farg’ona viloyati Quvadan xorijga ketayotganida bor–yo’g’i bir yoshda ekanligi haqida ma’lumot beradi. 1986 yil jumhuriyatimizda mehmon bo’lgan asli Andijonlik Abdulvosiq al–Buxoriy hikoya qilishicha, otasi uni 8 yoshga to’lganida o’zi bilan Makkaga hajga olib ketadi. O’sha payt yo’ldayoq otasidan ajralib qoladi. 8 yoshli bola Saudiya Arabistonidagi arablar qo’lida tarbiya ko’radi. Yoki 1990 yil qishida O’zbekistonda bo’lgan Fayzullo Marg’iloniy va Abdulqodir Muhammad Akbarlar turli matbuot organlarining xodimlari bilan suhbatda bundan 57-60 yillar burun otalari, amakilari bilan Saudiya Arabistoniga borib qolganliklari, u paytda hali esini tanimagan bolalar bo’lganliklari haqida gapiradilar.
Ushbu faktlar bizni hali go’daklik davridayoq chiqib ketgan, 50-60 yillar davomida ilk bor ona – yurtimizga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo’lgan vatandoshlarimizga nisbatan do’stona munosabatda bo’lishiga undashi tabiiydir. Bu hol ular bilan madaniy va do’stona aloqalarimizni mustahkamlashda bizga mas’uliyat yuklabgina qolmay zaruratga aylantirishiga ham shak – shubha yo’q.
Xorijdagi o’zbek vatandoshlarning uchinchi gruppasi Vatan urushi yillarida (1941–1945 y.y.) janglarda ishtirok qilib asirga tushgan va boshqa sabablar bilan chet ellarda qolib ketganlar.
Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyin xorijda qolib ketgan o’zbeklar unchalik ko’pchilikni tashkil qilmaydi.


Download 81,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish