Mavzu: O’zbek muhojirligi tarixi tanlov faniningning maqsad va vazifalari, tarixshunosligi Reja



Download 81,41 Kb.
bet4/8
Sana12.06.2022
Hajmi81,41 Kb.
#659818
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Microsoft Word Document (2)

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. M.Cho’qaev. Turkiston sho’rolar hokimiyati ostida. “Erk” gazetasi 1990 yil. 14, 15, 16, 17, 18 – sonlarida.

  2. O.Sharofiddinov. Mustafo Cho’qaev. “Sharq yulduzi”. 1992 yil 4-son. 85 – 93 sahifalar.

  3. P.Shermuhammedov. M.Cho’qaev o’g’li portretiga, chizgilar. “Turkiston” 1992 yil 21 fevral.

  4. Axmedov B. O’zbeklar. “Muloqot” 1991 yil 1- son.

  5. Yusupov A. Xorijdagi o’zbeklar. “Yoshlik” 1990 yil 2–son, 54-58- betlar.

  6. Orif Usmon. Xuroson o’zbeklari. “Muloqot”. 1991 yil 3–son.

  7. E.Jo’shqin. Hojilar. Xalq so’zi 1994 yil 4 yanvar.

  8. “O’zbek muhojirligi tarixidan lavhalar”. Farg’ona 1998 yil.

  9. 1990 yillardagi davriy matbuot materiallari.



Mavzu:O’zbek muhojirligi tarixida 2-jahon urushi omili va xorijdagi o’zbeklarning soni, ijtimoiy ahvoli.
1. Asirga tushish muhojirlik omili sifatidа
2. Xorijdagi o’zbeklarning soni bilan bog’liq mulohazalar
3. Chet el o’zbekdarining mashg’ulotlari
Tayanch atamalar
Vatandosh” radiostanstiyasi – o’zbek vatandoshlar uchun joriy etilgan, radioeshittirishlar olib borgan.
Bugungi Turkiston” – Franstiyada o’zbek muhojirlari nashr qilgan gazeta.
Klern” – tozalash, muhojirlarni tekshiruvdan o’tkazish.
Ikkinchi jahon urushi yillari insoniyat tarixida muhim o’rin tutadi. Urush tarixi hozirga qadar tadqiq qilinmoqda. Bu davrda asir tushish va turli sabablarga ko’ra millatdoshlarimiz bir umr o’zga ellarda yashashga majbur bo’ldilar. Ular bir necha ming kishi bo’lib, asosan Evropa, Kanada va Amerika singari mamlakatlarda yashaydilar. Ularning ko’pchiliklari nemis–fashist bosqinchilariga qarshi qahramonona jang qilganlar. Taqdir taqozosi bilan asir tushgandan so’ng, o’z jonlarini saqlab qolishlaridan barcha azoblarga bardosh berganlar. Urush tugagandan so’ng O’zbekistonga qaytish orzusi ularning ko’pchiliklarini tark etmagan bo’lsada, lekin “xalqlar otasi” I.V.Stalin tomonidan chiqarilgan dushman qo’lida asir bo’lganlarni o’lim va surgun jazosiga hukm qilish haqidagi 270–buyruq to’siq bo’lgan. Mana shunday kishilardan Absalom Tincherov 1974 yillarda O’zbekistonda bo’ldi. U urushning birinchi yarmidayoq dushmanga asir tushib, avval Germaniyada, so’ngra Turkiya va AQSh da yashagan. 1975 yilda u O’zbekistonda bo’ldi. Tincherov qizi, xotini, qarindoshlari bilan Bekobodda uchrashadi. Sil kasali bilan og’rigan Tincherov o’zbek vrachlariga tashakkur bildirib: “Agar shu onda men Amerikada bo’lganimda edi, medistina xizmati uchun 250 dollar to’lashga majbur bo’lar edim. Sizlarda oliyjanoblik hamda mehmondo’stlik bor” – degan edi. Men albatta bu erda ko’rganlarimni Vatanga qaytib kelish orzusida yurgan u erdagi (AQSh) o’zbek vatandoshlarimga aytib beraman – deb aytgan edi. 1943 yil o’rtalarida dushmanga asir tushgan K.Sobirov (Marg’ilon) 1945 yil Avstriyada Angliya va Amerika qo’shinlari tomonidan ozod qilinadi. U Olmoniyaning Bremen shahrida yashagan, qurilish ishlari bilan shug’ullangan bir shirkat topshirig’i bilan Turkiyada 13 yil ham usta, ham tarjimon bo’lib ishlagan, qizi Inobatxon bilan 40 yildan so’ng 1988 yilda uchrashgan. Unga radiomuxbir nima uchun Vatanga (O’zbekistonga) qaytmadingiz yoki, xat yozmadingiz deb so’raganida: “Endi bu qadar urushda o’lmadik. Endi borib 15 sana, 20 sana Sibirda ham o’lamiz,” - deb kelolmadik. “80–sanaga qadar xat yozmadik, xat yozolmadim, qo’rqdim, balki men xat yozsam, sening odaming bu erda (chet elda) deb bularga bir zararing tegmasin,” - deb yozolmadim. K.Sobirov 3–4 yil davomida xat yozishuvlaridan so’ng o’z yurti Marg’ilonga qaytib keldi va Marg’ilonda yashadi. Yoki rosa 40 yillardan so’ng o’z ona shahri Andijon hamda Toshkent, Farg’ona, Marg’ilon, Samarqand shaharlarida bo’lgan Abdurahmon al- Buxoriy (Yaman Xalq Respublikasida yashagan) “Men bu erga (Sovet Ittifoqiga) juda qo’rqib, ikkilanib keldim. Ko’plar menga seni Moskvada ushlab olishadi, o’ldirishadi yoki ochlikdan o’lasan,” – deb qo’rqitishdi. Ular aytdilarki, sening hamma narsangni olib qo’yishadi, - deb, aslida barisi yolg’on ekan, deydi. Shunga o’xshash fikrni bildirgan. Gulmat Nuriddin (Finlandiya) asli Namanganlik bo’lib, 1941 yil avgust oyida 19 yoshida Belorussiyada fashistlarga asir tushadi. 1941–1945 yillarda (avgust oyida) harbiy lagerlarda keyin esa Franstiya, Italiyada, 1950 yildan Finlandiyada yashay boshlagan. “Vatandosh” radiostanstiyasi muxbiri savollariga javob bera turib o’zbek xalqining savodsizligi haqidagi fikrlar bekor, bu erdagi kishilar kitobxonligi meni hayratda qoldirdi. Uyda ham, mehmonxonada ham, naqliyotda ham (maxsus kutubxonalarda) odamlar kitob, gazeta, jurnal o’qish bilan band. O’zbekiston haqiqattan ham savodxon yurt degan ekan.
Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyin xorijda qolib ketgan vatandoshlarning uzoq vaqt qon–qarindoshlik aloqalari o’rnata olmasliklariga nafaqat bizning mamlakatimizda demokratiya va oshkoralikning to’laqonli darajada mavjud ekanligini sabab qilib ko’rsatish bir yoqlama qarash bo’lar edi. Chunki “sovuq urushlar” siyosati deb atalgan va uzoq davom etgan davrlarda chet el televideniya, radioeshittirish vositalari, matbuot organlari ko’plab bo’htonlar tuhmatlardan iborat xabarlarni yoydilar. Bu sohada “ozodlik”, “Amerika ovozi” kabi radiostanstiyalarning xizmati ham ozmuncha emas. Har xil qo’rquv, ikkilanishga sabab bo’luvchi informastiya vositalari xorijdagi vatandoshlarga katta ta’sir ko’rsatdi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida xorijga borib qolgan o’zbek vatandoshlar M.Cho’qaev, V.Qayumxon, Boymirza Hayit singari nemis-fashist bosqinchilari tomonida turib mas’ul vazifalarda ishlagan kishilar haqidagi fikrlar ziddiyatli va qarama–qarshidir. Jumhuriyatimiz ziyoli xodimlari ularga va ular bilan bir safda turganlarga baho berishda bir yoqlama yondashmoqdalar. M.Sharopov, B.Hayitovning 2-jahon urushi davridagi pozistiyasini oqlashga hech qanday asos yo’q deb isbotlashga harakat qilsa, jurnalist Shuhrat To’lqino’g’lining “Dard ko’p, dardkash kam” kabi maqolasi, unga aqlli, teran fikrli, bilimli, qat’iyatli kishi sifatida baho beriladi. Uning ijobiy xususiyatlari haqida jumhuriyatimizning muloqotda bo’lgan ziyolilari ham tan oladilar. Shunga qaramasdan ushbu shaxslarga baho berayotganda ham tomonlama mukammal kamchiliklar, xatoliklar bilan birga ular aytgan haqiqatga, ob’ektiv reallikka muvofiq fikrlardan ham xulosa chiqarish kerakligini hozirgi hayotimiz taqozo qilmoqda. Bu uchun M.Cho’qaevning “Turkiston sho’rolar hokimiyati davrida” kitobi, “Qo’qon muxtoriyati” bilan bog’liq tarixiy memuar maqolalarni (U Qo’qon muxtoriyatining qonuniy rahbari bo’lib, keyinchalik Franstiyada “Bugungi Turkiston” degan gazeta ham chiqargan), Boymirza Hayitning “Turkistonda milliy kurash tarixining asosiy manbalari”, “Turkiston XX yuz yillikda”, “Moskva va Sharq”, “Toshkent ruhi”, “Bosmachi: 1917–34 yillardagi “Turkistondagi ozodlik kurashi” kabi ko’plab asarlari o’z ilmiy bahosini olishi kerak.
O’zbek vatandoshlarning xorijga borib qolish hollari urushdan keyingi davrlarda ham uchraydi. Chunki keyingi yillarda oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan ming–minglab xorijliklarning ayrim vakillari bilan oila qurish asosida o’zbeklar xorijda yashaydilar. Bunday kishilar salmoqli foizni tashkil qilishsada, kelajakda ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi, xorijlik o’zbek vatandoshlar bilan ko’p yoqlama aloqalar kuchayishining istiqbollari xorijdagi o’zbek vatandoshlari bilan O’zbekiston o’zbeklari o’rtasidagi yaqin qon- qarindoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun ham keng yo’llar ochsa kerak.
Biz yuqorida qayd qilgan sabablarga ko’ra xorijda istiqomat qilib qolgan Ra’no Ismatullo qizi. U kishi Pokistonlik musulmon yigitiga turmushga chiqqan. 60 yillarda o’z oilasi bilan 25 yil yashab, turmush o’rtog’i Habib olamdan o’tgandan keyin farzandlari bilan Olmoniyaga kelgan. Yana biri To’qimachilik muhandisi kasbiga o’qigan Dildora xonum (Dildora Muzaffariy) Olmon yigitiga turmushga chiqqan. Ular “Ozodlik” radiostanstiyasi xodimlari Olmoniyada sayohat qilgan. A.Iminov Libenvalda shahrida Qoraqalpoq ayoli Zimfirga va uning oilasi bilan muloqotda bo’lganligini yozadi. Afg’onistonda istiqomat qiluvchi mahalliy o’zbek va o’zbek vatandoshlar bilan bu yo’nalishdagi aloqalar ancha salmoqlidir. Xorijda istiqomat qiluvchi o’zbek vatandoshlar va ularning ayrim olingan mamlakatlardagi, hamda umumiy soni necha kishini tashkil qilishi, ularning asosiy mashg’uloti, shug’ullanadigan sohalari ham e’tiborga loyiq masaladir.
Xorijiy ellarda qancha O’zbekistondan borib qolgan vatandoshlar istiqomat qiladi? Jumhuriyat kundalik matbuotida e’lon qilinayotgan xabarlar, maqolalarda, O’zbekiston davlat arxivi va o’lkamizdagi maxsuslashtirilgan jamoat tashkilotlari joriy arxivlarida bu masalada e’lon qilinayotgan raqamlar turli–tumandir. Farg’ona viloyatidagi “Vatan” jamiyati bo’limining 70-yillar oxiri 80-yillar boshidagi ma’lumoticha “O’zbek emigrantlari” asosan quyidagi mamlakatlarda yashashadi: Afg’onistonda – 1,5 million, Turkiyada – 20 ming, Pokiston va Hindistonda - 6 ming, AQSh da – 2 mingdan ortiq, Saudiya Arabistoni va Misr Arab Respublikasida – 37 ming, Xitoy Xalq Jumhuriyatida – 13 ming o’zbeklar yashashadi. O’zbeklarning uncha ko’p bo’lmagan gruppalari Olmoniya, Gollandiya (47 kishi), Daniya (50 kishi), Italiya va Franstiyada ham mavjud deb xabar qilinadi. O’zbekiston Markaziy Davlat Arxivi materiallarida xorijda bir mln.dan ortiq o’zbeklar bor, ular asosan Sharq mamlakatidadir, - degan xabar bor.
1989 yil dekabr oyida “Vatan” jamiyati mas’ul xodimi, bo’lim boshlig’i T.Nurmatov “Komsomolest Uzbekistana” gazetasi muxbiri savollariga javob berib, yana ushbu masalaga qaytadi. “Aniq bo’lmagan ma’lumotlarga ko’ra xorijda 3 mln.ga yaqin o’zbeklar, shulardan 2 mlni O’zbekistondan chiqqan o’zbeklar yashaydi”, - deb ma’lumot beradi. Vatan jamiyati raisi muovini Z.Rahimboboeva ham o’zbeklarning xorijdagi soni 3 mln. kishi atrofida ekanligini tasdiqlaydi. Ayrim mamlakatlardagi o’zbek vatandoshlarning umumiy soniga kelsak, taniqli olim B.Axmedov Turkiyada 170,5 ming o’zbeklar yashaydi, 1990 yil Makkada hajda bo’lib qaytgan “Mir Arab” madrasasining ilmiy mudiri (Buxoro shahri) Abdurahim Hojiahmad ma’lumoticha, Saudiya Arabistonida 300 ming o’zbek yashar ekan, Toshkent dorilfununida ta’lim olayotgan Afg’onistonda yashovchi o’zbek talabalari Hadisa Abduvahob qizi va G’ulom Rasullarning radiochiqishlaridan birida bergan xabarlarida Afg’onistondagi o’zbeklar soni 3–3,5 mln kishi atrofida deb xabar beriladi.
Taqqoslash uchun alohida olingan mamlakatlardagi o’zbeklarning sonlarini manbalar bo’yicha yonma–yon qo’yish etarli bo’ladi. Jumladan, Afg’onistonda 3–3,5 mlnu – 1,5 mln, Turkiyada 170,5 mingu 20 ming, Saudiya Arabistoni va Misrda 37 mingu – birgina Saudiya Arabistonida 300 – 400 minglar atrofida. Demak, xorijda istiqomat qiluvchi o’zbek vatandoshlarining umumiy soni masalasi ham hali to’la oxirigacha echilgan masala deb bo’lmaydi.
Albatta, bu erda ma’lumotlar berilgan vaqtlar o’rtasidagi yillarning farqlari hamda xorijdagi o’zbek vatandoshlarning majburan yoki ixtiyoriy bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishini ham hisobga olish kerak. Ammo, bir-biridan deyarli katta farq qilmaydigan davrlarda berilgan raqamlar xorijdagi o’zbek vatandoshlar haqidagi ma’lumotimiz etarli ekanligini ko’rsatuvchi ko’zgudir. Hozirgi kunda O’zbekistonning xorijdagi birodarlashgan shaharlar yo’nalishidagi ko’p yoqlama aloqalari shuni ko’rsatyaptiki, “Vatan” jamiyati bilan umuman aloqada bo’lmagan o’zbeklarning klub va birlashmalari bu shaharlarda mavjud bo’lgan. Xorijdagi o’zbek vatandoshlar bilan hamkorlikning etarlicha rivojlanmaganligi emas, balki Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlaridagi notinchlik, Afg’onistonda o’n yillar davom etgan mantiqsiz urushlar natijasida ko’plab o’zbeklar shu mamlakatlardan Evropa va Amerikaga ko’chib o’tdilar va o’zlarining o’zbek jamoalariga asos soldilar. Bir qancha o’zbeklar (asosan Sharqda yashovchi) O’zbekiston bilan aloqa o’rnatish imkoniyatiga ega bo’lmasdan, ular orasida arablashuv jarayoni yuz berdi. Bu haqda o’zbek vatandoshlarning Sharqdagi vakillari bugungi kunda afsuslanib gapirmoqdalar. Bundan tashqari yildan–yilga o’zbek vatandoshlarning yangi oilalar hisobiga saflari kengaydi. 1990 yil boshlarida O’zbekistonda bo’lgan vatandoshimiz Abulqodir Muhammad Akbar Andijoniy (Saudiya Arabistoni) “Bizning oila Andijondan chiqib ketganida bor–yo’g’i 4 kishidan iborat bo’lgan (30 yillar) hozirgi kunda oilamiz a’zolarining soni 80 kishiga etdi” – degan edi. Yuqorida qayd qilingan ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga qo’shimcha ravishda shuni ilova qilish mumkinki, 70– 80 yillarda, uzoq vaqt jamoatchilikning siyosiy madaniyat rivojlanishiga to’la yo’l ochilmadi. Ushbu xayrli ishda jumhuriyat jamoat tashkilotlari, ilg’or ziyolilar aktivligiga keng imkoniyat yaratilmadi. Sovet jamiyatida boshlangan inqilobiy o’zgarishlar o’zbekistonlik va xorijdagi o’zbeklar hamkorlik, qon–qardoshlik munosabatlari sari keng istiqbollar ochib berdi desak xato bo’lmaydi. Xorijda istiqomat qiluvchi o’zbek vatandoshlar o’zlari yashayotgan mamlakatlarda turli tabaqa va gruppalarga mansub mavqelarga ega. Xorijdagi o’zbek vatandoshlarining ko’pchiligi savdo va tijorat ishlari bilan shug’ullanadilar, o’z do’konlari, shirkatlariga ham ega kishilar salmoqli foizni tashkil qiladi.
O.Usmon yozishicha, “Afg’onistondagi muhojir o’zbeklar asosan savdo– sotiq ishlari bilan shug’ullanadilar: Qobul, Mozori–Sharif, Qunduz, Andxuy shaharlardagi choyxonalar, restoranlar, oshxonalar, karvonsaroylar asosan muhojir o’zbeklar qo’lidadir”. Saudiya Arabistoni (Makka va Toif shaharlari) hamda Turkiya (Istambul va Adan) shaharlarida AQSh dagi o’zbek vatandoshlarning ham ko’pchiligi tijoratchilardir. Qishloq joylarida yashovchi o’zbek vatandoshlar orasida dehqonlar, mayda hunarmandlar, kustarlar, masjid, madrasa xodimlari ham bor. Shaharlarda harbiy xizmatchi, sanoat korxonasining egalari bo’lgan o’zbek vatandoshlar ham yashaydilar. Xorijda yashovchi o’zbek vatandoshlarning ko’pchiligi sharoiti o’zlari yashab turgan mamlakatdagi o’rta hol oilalar darajasidadir. Olmoniyalik vatandoshimiz Temir Xo’ja ma’lumoticha: 1988 yilda vafot etgan Narziqul ismli hamyurtimiz AQSh da harbiy samolyotlarga uskunalar yasab, etkazib beradigan yirik zavodning egasi bo’lgan. Xorijga chiqib ketgan Buxoro shayxlarining avlodlaridan ikki vatandoshimiz AQSh da “Atlantik” nomli plastinka shirkatiga ega bo’lib, dunyoda mashhur qo’shiqchilarning qo’shiqlarini millionlab nusxada yozib chiqaradilar va katta foyda oladilar. Xorijdagi o’zbek vatandoshlar orasidan huquqshunoslik, turkshunoslik, texnika, adabiyot, til va tarix fanlari sohasida muvaffaqiyatga erishgan olimu fuzalolar, jurnalistlar, yozuvchilar hatto davlat arboblari etishib chiqqan. Bunday kishilar safiga medistina professori Shoxmurod Ilhom, doktor Murod Axmedov (Olmoniya), filologiya fanlari doktorlari Burxon al–Buxoriy (Suriya), Temur Xo’ja (Olmoniya), neyrobiolog olim Hasan Parves al–Buxori (Franstiya), jarroh Zuhiriddin Turkistoniy (Saudiya Arabistoni), vrach Abdul Latif Andijoniy, yozuvchi va shoirlardan Yassaviy, Sobir Sayhon (Turkiya), Shafiqa Yorqin, Azim Ashrafiy (Afg’oniston), Ergash Buloqboshi, Abdullo Chig’atoy (AQSh), qo’shiqchi Sobir Korgar (Turkiya) kabi ko’plab kishilarni kiritish mumkin. 1990 yil Makka va Madinada hajda bo’lib qaytgan yurtdoshlarimiz ma’lumoticha Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri, Madinadagi Jome’ bosh mudarrisi Oltinxonto’ra Muhammad al–Taroziy ham vatandoshlarimiz vakillaridan biri ekan.
Xorijdagi o’zbek vatandoshlar safida boshpanasiz, gadolik holatida o’ta qashshoqlashgan kimsalar aytarli yo’q. Keyingi paytlarda jumhuriyatimizda bo’lgan xorijlik o’zbeklar bilan qilingan suhbatlar, uchrashuvlar, hamda turli mamlakatlarda bo’lib, o’zbeklar bilan uchrashgan kishilar bu haqda deyarli bir xil ma’lumot berdilar. Xorijda yashagan Yo.Yakvalxo’jaev: “Xorijdagi o’zbeklar E.Vohidov yozganidek ko’p muhtojlikda yashamagan (E.Vohidov “Amerikalik o’zbeklar” “Yoshlik” jurnali 1989 y, № 6, 2–6-bet). Men o’zim, aqldan ozgan, emak ichmog’ini esdan chiqarib kiyim boshiga e’tiborsiz qarab yurgan parishonxotir, yurt farzand dog’ida kuyib majnunsifat tusga kirgan ko’p vatandoshlarni bilaman” – deb yozadi.
Uzoq bo’lmagan tariximiz eng ziddiyatli, murakkabliklar, munozaralarga boy bo’lgan davrlarida o’z ona yurtlarini tark etgan o’zbek vatandoshlarning har birini hayot yo’li, yashash uchun iroda bilan kurashishining o’zi bir asarga mavzudir. Ular yashayotgan mamlakatlarda oz yoki ko’p sonli bo’lishlaridan qat’iy nazar o’z mehnatlari irodalari va sidqidildan vazifalarini uddalashi o’ziga xos o’ringa ega bo’lishlariga sabab bo’ldi. Xorijdagi o’zbek vatandoshlar O’zbekistonga intilib yashadilar.



Download 81,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish