Musiqali va teatrlashtirilgan o‘yinchoqlar bolalarning musiqa- viy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi. Katta yoshdagi bolalar ertaklarni sahnalashtiradilar.O‘yinchoq-ovutmachoqlar harakatchan, ko‘pincha ovoz chiqaradigan bo‘ladi. Ular bolalarni o‘zlarining ajoyib xatti- harakatlari bilan quvontiradilar, syujetlari esa vaqtichog‘lik bag‘ishlaydi. Qo‘lbola o‘yinchoqlarni kattalar bolalar bilan birgalikda tay- yorlaydilar va turli ertak, hikoyalarni sahnalashtiradilar. O‘yinchoqlarni materialiga ko‘ra: hunarmandchilik, qo‘lbola usulida, fabrikada tayyorlanadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko o‘yinchoqlarning 3 turini ajratib ko‘rsatgan edi: tayyor o‘yinchoqlar, yarim tayyor o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari. Birinchi turi bolalarni buyumlar va narsalar- ning rang-barangligi bilan tanishtiradi, tasavvurini o‘stiradi. Ikkinchi turi boladan faol faoliyatni talab qiladi, mantiqan va aqlan o‘sishga yordam beradi. Uchinchi turi bevosita bolaning ijodiy faoliyatini ta’minlaydi. Bola tarbiyasida milliy o‘yinchoq va qo‘g‘irchoqlarning roli. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning aqliy ta- fakkurini shakllantirish turli xil vositalar orqali amalga oshiriladi. Av- valo tarbiyalanuvchilarning aqliy tafakkuri har xil faoliyatlar vosita- sida katta kishilarning mehnati bilan tanishtirish jarayonida (masalan, qo‘g‘rirchoq yasash ishi), har xil mashg‘ulotlar va mashg‘ulotlardan tashqari, ta’lim berish asosida, mustaqil topshiriqlarni bajarish bilan rivojlantirib boriladi. Bundan tashqari, har xil bayramlar, turli xil tadbirlar, shoir va yozuvchilarning tavallud topgan kunlarini nishon- lash jarayonlari, san’at vositalari, bolalar badiiy adabiyoti, tasviriy va amaliy san’at, o‘yinchoq va o‘yin materiallari, ommaviy axborot vositalari, kino va turli xil multfilmlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari bo‘lgan ertaklar, rivoyat va topishmoqlar, maqollar tarbiyalanuvchi- larning aqliy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu hamma vositalar- dan keng ravishda, izchillik va tizimlilik asosida foydalanib borsagina bolalar aqliy tafakkurining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalar tafakkur va bilimlarini faqat o‘yin-mashg‘ulotlarda yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Tarbiyalanuvchilar tomonidan o‘zlashtirib olingan aqliy tafakkur ja- rayoni tasavvur va tushunchalarni ongli ravishda tushunib yetishlari,
fikrlashlari dastlab mashg‘ulotlarda, keyinchalik o‘yin, mehnat, ay- rim topshiriqlarni mustaqil bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Ana shunday vositalardan biri maktabgacha yoshdagi (3–5 yoshli) bolalar aqliy tavakkurini shakllantiruvchi asos qo‘g‘irchoqlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |