- Ay, hammasi bepolezno! – dedi farrosh kampir shartakilik bilan. –
Pyanstvo yuq bo`ldi deymiz, araq sog`liqqa vredniy, deymiz… Azizning
kabinetidan kajdiy den butilka shig`adi! Qayoqdan pul topadi, araq parazitga.
Yuqoridagi misollarda chet tili so`zlarining o`zbek qahramonlari tomonidan
buzilib aytilish holatlari kuzatilgan bo`lsa, bu gaplarda esa, o`zga millat
vakillarining o`zbek tilida so`zlashish holati berilgan. Ko`rinadiki, adib yozayotgan
asarida xoh u o`zbek millatiga mansub bo`lsin, xoh boshqa millat vakili bo`lsin
ularning so`zlashuv tarzini bilsagina, sheva so`zlaridan xabardor bo`lsagina,
ko`zlagan maqsadiga erisha oladi. Har bir qahramonning individual xarakterini
ochib berishda ham, uning til xususiyati birinchi navbatda turadi. O`tkir Hoshimov
xuddi mana shunday xarakter ochib berishga juda usta adiblardadir. Bu esa o`zbek
tilida yanada sheva so`zlarining variantliligiga, lug`at sostavining yanada
boyishiga ham ba’zida sababchi bo`lmoqda. Bundan tashqari hikoya
qahramonlarining nutqida berilgan so`zlar orqali hikoyaning ta’sir obyekti
kuchaytirilgan.
1.2 Supersegment vositalarning stilistik xususiyatlari
Ma’lumki, nutqimizning mukammal bo`lishida fonetik jihatdan segment va
supersegment elementlar deyarli bir xil ishtirok etadi. Ammo ular nutqda
qo`llanishi jihatidan turlicha ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Intonatsiya, pauza va
urg`u kabilar supersegment elementlar bo`lib, ular o`ziga xos semantik-grammatik
va uslubiy xususiyatlarga ega. O`zbek tilshunosligida ularning bunday uslubiy
xususiyatlarini ilk bora Gulnora Yaxshiyeva o`rgangan. U o`zining ilmiy
tadqiqotida intonatsiyaning o`z ma’nosidan tashqari konnotativ ma’no ifodalashi
haqida fikr yuritgan: Nutqda supersegment elementlar, asosan, uchga bo`linadi:
intonatsiya, pauza, urg`u. Bularning har biri o`ziga xos semantik-grammatik va
uslubiy xususiyatlarga ega. Jumladan, fonostilistik jihatdan intonatsiyaning logik
yoki logik-ekspressiv hamda emotsional ekspressiv ko`rinishlari ahamiyatli bo`lib,
ular orqali so`zlovchining ruhiy holati, kayfiyati, hissiy tuyg`usi, sevishi, hayrat,
ajablanish, erkalash, qo`rqinch, g`azab, qayg`urish kabi qator konnotativ ma’nolar
ifodalanadi. Bunday qo`shimcha ma’no bo`yoqlari nutqni jonlantirish va ifodali
qilishga yordam berishini aytib o`tgan.
Nutq uslublarining deyarli barchasida intonatsiya asosiy vazifani bajaradi.
Ammo badiiy uslubda intonatsiyaning konnotativ ma’no ifodalash darajasi
nihoyatda kuchlidir. Og`zaki nutqqa xos bo`lgan intonatsiya, alohida bir sistemani
hosil qiladi. Bu sistemani nutq melodikasi va ritmi, nutq tezligi va tembri, logik
urg`u kabilar tashkil qilib, doimo nutq tarkibida yaxlitligicha yashaydi. Nutqiy
aloqa jarayonida intonatsiya asosan ikki vazifani bajaradi:
- nutq oqimining ma’no bo`laklarga ajratish va shu asosda yangi mazmun
ifodalash. Bunda nutqiy pauza ham muhim rol o`ynaydi.
- nutqda emotsional ottenkani ifodalaydi. Bu ottenkalar o`ziga xos uslubiy ma’no
kasb etadi
27
.
Bitta-bitta yur-e-eb talabalar shaharchasiga keladi. Trolleybusga o`tirib (
ertalab joy bemalol-da) O`rdagacha boradi. Ishiga. Oshxonaga. Kechqurun shu
Do'stlaringiz bilan baham: